Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
76 hid bor edi. Bu yerda hozirdayoq jannat hayotini yashayotgan, dunyoning turli lazzatlarini ko‘pdan unutgan, qabrida ma’naviy saltanat hukm surgan tolei baland saodat ahli, mo‘minlar bor. Yana bu sr chekkan azoblari zo‘ridan hayqirig‘i falakka qadar chiqqan sasi dunyoni to‘ldirguchi necha gunohkorlar borki, ko‘rganlar ularnp uyqudalar deb o‘ylaydilar. Har daqiqada o‘tgan-qaytgandan fotiha umid qilib dengizga tushgan nochor kishidek madad kutgan bu jamoat o‘qilgan fotihalar va qilingan duolardan so‘ng Munavvarxonim ko‘zlarini artdi va Mustafoga: — Ketaylik endi, — degandek qaradi. Mustafo o‘rnidan turdi. U oldinda, ikki ayol orqada, sekin-asta qabristonni tark etdilar. Og‘ir qadamlar bilan uyga tomon yurdilar. Uydan chiqqanlariga endigina kirq besh daqiqa bo‘lgan edi. Abdulloh beshikda tinchgina uxlamoqda edi. * * * Bayram hech bir kelin bilan qaynonani Munavvarxonim bilan Aminaning o‘rtasidagi samimiyat darajasida yaqinlashtirmagan. Mustafo hayit namozini o‘qib jome’dan qaytgach, Alloh bergan ne’matni, qullik vazifamizni bajarishda quvvat bo‘lsin degan niyat va duo bilan yegan oila dasturxonidan turgach, odatga ko‘ra bir-birlarni qutladilar. Munavvarxonimning qo‘lini ehtirom bilan o‘pgan Amina, so‘ng bir-birini quchoqlagan bu ikki ayolni, aslida qaynona-kelin ekanliklari hech kimning, hatto Mustafoning ham xayoliga kelmaydi. Tabriklagani kelgan bir-ikki qarindosh bilan diydorlashgandan so‘ng Munavvarxonim Mustafoga: — Mustafo, sen endi Yusuf afandinikiga bor. Qo‘lini o‘p. Salomimni yetkaz. Bayram bilan qutla. O‘ yerdai Aminalarnikiga o‘t, kechqurun borishimizni ayt. Undan keyin istagan joyingga bor, — deb, jo‘natdi. Uyda bayram shukuhi ichra ikki ayol va uyning quvonchi Abdulloh qoldi. Asrdan so‘nggi sarin shabada shoxlarni sekin-sekin qimirlatar ekan, Abdulloh uyqudan uyg‘onib, ko‘zlarini ochdi. Eshik taqilladi, Ali kelgandi. Yoshi ulug‘larni ziyorat qilgan, duolarini olgan, qarindoshlarga onasi va yangasining salomlarini yetkazgan, jajji Abdullohning sog‘ligi haqyda xabar bergan edi. — Ona, bugun yaxshigina charchadim, — der ekan, onasining uning boshini silagan qo‘lidan ushladi, takror-takror o‘pdi. Shu orada ularga qarab turgan Aminaning ko‘zlari uning bo‘ynidagi kuyishdan qolgan izlarga tushdi. Iztirobli xotira jonlandi. Yangasiga nisbatan yomonlik his qilmasin deb butun aybni o‘z bo‘yniga oltan, buni bugungacha biror kishiga sezdirmagan fazilat obidasi bo‘lgan onaning chizgan manzarasi bir lahzada ko‘z o‘ngiga keldi. Bu voqeadan so‘ng bir hafta-yuz tuban yotgan, tez-tez ingragan bu bolaning o‘sha paytdagi holini o‘yladi... — Ona, eshik taqilladi. Ali shunday deya eshikka yugurdi. Mustafo kelgan edi. — Ona, borgan joylarimda salomingizni yetkazdim. Aminalarnikiga ham kirdim. "Kechki ovqatda, albatta kutamiz", — dedilar. Nima deysiz? Munavvarxonim: — Juda ham yaxshi, taklif etishayotgan ekan, borish kerak. Amina, Abdullohni kiyintir, yo‘lga chiqaylik. O‘n besh daqiqadan so‘ng, quyosh botishga hozirlanar ekan, Abdulloh og‘zida so‘rg‘ich, bobosining qo‘lini o‘pish uchun buvisi quchog‘ida yo‘lga chiqqan edi. Cho‘rum shahri, 28.8.1969. Juma. Download 363.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling