Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
* * * Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi www.ziyouz.com kutubxonasi 75 Bu uyda Aminaning diniy, axloqiy bilimlari ham ortmoqda edi. Chunki juma va yakshanba oqshomlari Munavvar xonim Mustafodan: — O‘g‘lim, bugun imom jome’da nimalar dedi? Esingda qolganlarini gapir, biz ham biron narsa o‘rganaylik, — der, Mustafo xotirasida qolganlarini aytib berar edi. Hatto shu vajdan aytilganlarni jon qulog‘i bilan tinglar, uyda eshitganlarini anglatar, shu tariqa Munavvarxonimning ham Aminaning ham diniy va axloqiy bilimlari ortar edi. Munavvarxonim eshitish bilan qanoatlanmas, bularni qanday amalga oshirish haqida uzoq-uzoq o‘ylar edi. Avval aytganimizdek, uning insoniy tutumlarida eng buyuk hissa tushunchalariga oid edi. Ko‘rganlarini bir voqea-da, demasdan axloqiy jihatdan baholardi. Cho‘rumda Arafa kunlari qabristonlar ziyorat qilinadi. O‘tganlar ruhiga fotiha o‘qiladi. O‘sha kuni erta tongdan to kechgacha son-sanoqsiz erkak-ayol qabristonga kelib-ketadi. Maqsad ibrat olish bo‘lgani holda maqsadga erishish imkonsiz bo‘ladi. Munavvarxonim Mustafoga Arafadan bir kun oldin: — O‘g‘lim, bugun qabristonga borib, o‘tganlar ruhiga fotiha o‘qiylik. Asr namozidan chiqqach, kelib bizni olib bor. Mustafo: — Xo‘p bo‘ladi, ona, xudo xohlasa, — deb javob berdi. Keyin esiga tushib qolgandek so‘radi: — Arafa ertaga-ku, ertaga borsak-chi? — Ertaga hamma boradi, o‘g‘lim. Odam to‘lib ketadi. Bemalol ziyorat qilib bo‘lmaydi. Biz bugun boraylik. — Bo‘pti, ona. Nima desangiz shu. Mustafo tayinlangan vaqtda keldi. Munavvarxonim va Amina hozir edilar. Abdullohga qo‘shni ayol qarab turadigan bo‘ldi. Birgalikda yo‘lga chiqdilar. Munavvarxonim Mustafoni to‘xtatdi. Sekin shivirladi: — Shu yerda o‘qiylik, ko‘p ichkari kirmaylik. Mustafo ovozini chiqarmadi. Devor tagiga o‘tirib o‘qiy boshladilar. Bir daqiqadan so‘ng ko‘zlar yumilgan, ko‘ngillar go‘yoki dunyodan uzilgan edi. Qarshilarida tuproq va toshdan iborat bir uyum bor ediki, kechagina hayot bo‘lgan insonlarni ifoda etar edi. Bu yerda ne-ne mard yigitlar, qahramonlar dafn qilingan edilar. Oralarida fazilatdan boshqa narsadan qo‘l tortgai, yaxshilikdan boshqa yo‘lga biron odim otmagan hurmatli insonlar bor edi. Yana bular orasida umrnni yomonlik yo‘lida sarflagan, biror kishiga nafi tegmagan kishilar ham bor. Dunyo tegirmoni ularni shunday yanchgan ediki, har ikkalasidan ham oldin yashaganliklariga yagona guvoh bo‘lgap chirigai suyaklardai boshqa nom- nishon qolmagandnr. Ziyoratchilar fotihalarini o‘qir ekanlar, ko‘zlari o‘ngida achiparli manzara jonlangan edi. Ona sutiga to‘ymagan, hatto ona yuzini ko‘rmagan go‘daklar, dunyodan, dunyodagi hamma narsadan to‘ygap, yagopa istagi o‘lim bo‘lganlar xayollariga keldi. Kelinlar libosida dunyoga vido aytgan qizlar, bir daqiqa yashashi uchun xazinalar sarf etilgan nozanin vujudlar, yetim-esirlarini och-yalang‘och qoldirib kslgap bagri kuyik otalar, onalar qarshilarnda namoyon bo‘ladilar. Bir so‘z bilan dunsga hukmini o‘tkazgap sultonlarning egniga kiygani yamoq ko‘pligi ham bo‘lmagan faqirlar bilan ayni holdagi hazin ahvoli ko‘z oldilariga keldi. Zolim va mazlum, olim va johnl, sulton va qul bu yerda yonma-yon yotar edi. Dunyo bozoridan bir kafan olib kelgan, ikki yo‘qlik orasidagi o‘tkinchi borliqqa ishonib, mag‘rur yurganlarning yurti edi bu yer. Bu yerda bir hid bor edi. Hech narsada mavjud bo‘lmagan hid. Bu hidki; Robbiga qul bo‘lib yashagan, gulzorga kirayotgandek qabrga kirgan, nega qullik yo‘lida yana bir odim ota olmadim deb pushaymon bo‘lganlar bilan, oxiratni xayoliga ham keltirmasdan oxirat olamiga ko‘chgan, haqiqat olami kechgach nadomatdan g‘amga botganlarning tuprog‘idan qorishtirilgan hid. Bu tuproqda yaxshi yashagan xayrli insonlarnnn gullardan xushbo‘yroq, mushku anbardan ham muattarroq hid bilan yomonlikdan boshqa narsani bilmaganlarning jirkanch hidlariiing birlashishidan hosil bo‘lgan g‘alati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling