Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
— Nega onam alohida yeyishi kerak yoki nega biz birga yeyishimiz kerak? — dedim. 
— U ovqat yeyishni ham zo‘rg‘a eplaydi. Biz bo‘lsak ikkalamiz birgamiz, bittamiz. Birga 
yeyishimizda ma’no yo‘q. Nima bo‘lganda ham u boshqa, biz boshqamiz, shunday emasmi? 
Qanchalar ezilganimni so‘z bilan ifodalay olmayman. Dasturxon ham chirpirak bo‘lib 
aylanayotgandek edi nazarimda. Kelganiga o‘n besh kungina bo‘lgan xotinim menga xo‘jayin, ega 
chiqib, birgalashib onam bir chetta surib chiqaradigan bo‘ldik. O‘zimni tutdim va so‘radim: 
— Agar shu yerda mening emas, sening onang o‘tirgan bo‘lsa-yu, men uni bir tomonga ajratib, 
ikkalamizning birga ovqat yeyishimizni taklif qilsam, nima degan bo‘larding? 
— Mening onam senikidaymi? Shunday qilishga loyiq ayolmi onam? 
— Ya’ni, sening onang hurmatga loyiq, shundaymi? 
— Albatta. 
— Men uchun esa o‘z onam qadrliroqdir. Dunyoda undan qadrliroq ayol yo‘q. 
— Shu yuzi burishgan ayolmi onam deb sevganing, Orif? Bunday g‘alati gaplarni gapirma. Xafa 
bo‘laman. 
— Afsuski, ranjishing uchun yana bir bor takrorlayman. Qarshingdagi, sen xushlamagan keksa 
ayol men uchun dunyodagi jamiki ayollardan azizroqair. Men uning bir tola sochiga dunyoni beraman. 
Onam gap-so‘zlarimizni hayrat va hasrat bilan tinglamoqda edi. Menga: 
— Ug‘lim, kelin haq. Qo‘y, ikki kunlik umri qolgan bu kampir ovqatini alohida idishda yesin. Bu 
bilan bir narsa bo‘lib qolmaydi. Sizlar yaxshi bo‘lsangiz bas, — dedi. 
— Yo‘q, ona, — dedim. Men tirik ekanman bu uyda mening onam xo‘rlanmaydi: Hech kim 
mening onamni kamsita olmaydi. Bunga hech kimning haqqi yo‘q! 
Keyin xotinimga yuzlandim: 
— Bu birinchi va so‘nggisi bo‘lsin. Bu voqeani bir shart bilan bo‘lmadi deb hisoblayman. Bundan 
keyin onamga qarshi harakatingni zarracha sezmay. Agar shunday biror narsadan shubhalansam
o‘zingdan ko‘r. Hozir yana bir likop keltir. Faqat bu oqshom ayaohida idishlarda ovqat yeymiz. Ertaga 
bunday razolatni ko‘rmayin, — dedim. Shu bilan ish bitdi. 
Istirohat bog‘iga yetib kelgan edilar. Bir o‘rindiqqa o‘tirdilar. Orif davom etdi: 
— Mustafo, onam bu holdan qattiq ranjidi degan fikrdaman. Chunki u dasturxondan och turib 
ketdi. Meni yemayapti demasin deb qo‘li taomga borib kelardi-yu ammo ovqat hech kamaymadi. 
Yolvordim, majbur qildim, foydasi bo‘lmadi. 
Qornim och emas edi, — deb turib ketdi. Kechqurun xotinimga qattiq tanbeh berdim. 
Ko‘raylik-chi, nima bo‘lar ekan. Turmush qurganimizga bor-yo‘g‘i o‘n besh kun bo‘ldi. Hozirdan shu 
ahvol bo‘lsa, keyinroq nima bo‘ladi? Tongda onamning ko‘nglini ko‘taray dedim-u hali turmagan 
ekan. Uyg‘otgim kelmadi. 
Mustafo eshitganlaridan ta’sirlandi, qattiq ranjidi. Ammo nima ham qila olardi. Qo‘lidan biron ish 
kelsaydi, do‘sti uchun jon deb qilgan bo‘lardi. 
Kechagana kelin bo‘lib kelgan ayol bu holda bo‘lsa, keyinroq yaxshi bo‘ladi deyish soddalik bo‘lar 
edi. Sabr qil deya olmasdi. Onasining ezilishiga sabr qilishni tavsiya etish na unga yarashardi, na Orif 
bunga sabr qila olardi. Bu aslida sabr emas, zulmdan ko‘z yumish bo‘lar edi. Shunday zulmki, ezilgan 
onasi, ezgan xotini. Shu bilan birga uni yaxshilik bilan to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qilishini, 
nasihatlar, yaxshi gaplar bilan o‘git berishini Orifga maslahat berdi. 
Taskin berishga harakat qildi. Oxiri baxayr bo‘lishi uchun birgalikda duo qilaylik, dedi. 
Oqshom bu voqeani eshitgan Munavvarxonim juda ranjidi. Orifdek yaxshi yigitning boshida 
shunday savdolar bor ekanmi deb yig‘ladi, keksa ayol ko‘rgan zulm uchun ko‘z yosh to‘kdi, qo‘llarini 
ochib duo qildi. 
Bu voqeadan so‘ng uch kun o‘tgach Orif Mustafoga bundan-da qayg‘uliroq xabarni yetkazdi: 
— Uch kunki onam nonushtaga chiqmadi. Men uxlayapti deb o‘ylab uyg‘otgani ko‘zim qiymasdi. 
Bugun tongda yana turmagach ko‘nglimga shubha oraladi. Ajabo, onam uyg‘oq bo‘lsa ham yonimga 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling