Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
* * * Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi www.ziyouz.com
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
* * *
Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi www.ziyouz.com kutubxonasi 67 Yusuf afandi aytganidek, Mahmud og‘a qiznni «Yaxshi bir oilaga» tushishiga sababchi bo‘lgan birodarini duo qildi. Hurmati yanada ziyoda bo‘ldi. Goh Mustafoga, goh Munavvar xonimga nisbatan qizlariga ko‘rsatayotgan insoniy muomalalari uchun ko‘nglida mehr-muhabbat uyg‘ondi. Bir kun uyda xotini bilan suhbatlashayotib, gap Aminaning bir necha kun kelib uyda turishiga taqaldi. Onasi istardi buni. Bir-ikki kun ko‘z oldida bo‘lishini istardi: — Mustafoga aytsangiz, bir-ikki kun keltirib qo‘ysa, — dedi. Og‘aga bu fikr ma’qul kelmadi. — Nima qilarding, onasi, bu yerda turishidan bir foyda yo‘q. Uyida bo‘lgani yaxshi-ku. Uzoq emas, xohlaganda borib ko‘rasan. Haftada bir kelib turibdi. Xudoga shukr, shikoyat-hasratga o‘rin yo‘q. Erining uyiga ko‘ngli ilisin. — Otasi, u yer uyi-yu, bu yer uyi emasmi? Nega unday deysiz? — Shuning uchunki, Aminaning uyi bu yer emas. Bu yer ota-onasining uyi. Endi o‘sha yerda yashaydi, kun kechiradi, bu yerga faqat mehmon bo‘lib keladi. Biz uchun odatiy mehmonlardan emas, o‘z qizimiz sifatida keladi. Lekin uni tunab qolishiga ko‘ndirish uchun harakat qilma. — Sizning qizingizga mehr-muhabbatingiz bormidi? — Men qizimni yaxshi ko‘raman. Lekin uni qanday yaxshi ko‘rishimni bilmaysan. Mehr- muhabbat seningcha, bir xil bo‘lsa, menimcha yana boshqacha. Uch yoshli qizaloqni suyganday jonim, jigarim qilib erkalashimniistayman. Og‘a xotinining ko‘ziga bir qarab, davom etdi: — Men qizimni juda yaxshi ko‘raman, ammo qalban yaxshi ko‘raman. Masalan, uning bu yerda turishidan ko‘ra, erining uyida turishini istayman. Men uchun muhimi bu yerga kelib olishi emas, balki eri, qaynonasi bilan yaxshi yashashidir. Xudoga shukr, tinch. Mahmud og‘a gapining so‘ngida xotiniga Aminani tunab qolishga majbur qilmasligini uqtirdi. Faqat bu suhbatdan Aminaning xabari yo‘q. * * * To‘ydan so‘ng oylar o‘tdi. Shu kunlarda Aminaning ko‘zi yorishi kutilmoqda. Bir payshanba oqshomi xuftonni o‘qib yotdilar. Yarim kecha. Amina yengilroq sanchishdan uyg‘ondi. «Bismilloh»ni aytdi. Sanchish davom etmadi. O‘tib ketdi. Amina yana uxlash uchun ko‘zlarini yumdi. Endi uyquga ketay deganida ikkinchi sanchiq turib, ko‘zlarini ochishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng Amina uxlolmadi. Mustafoni uyg‘otib onasini chaqirishini aytdi. Mustafo bomdodni o‘qib uyga qaytganda, onasi uni ochiq chehra va mamnunlik bilan kutib oldi: — Muborak bo‘lsin, bolam, o‘g‘illi bo‘ldik. Beadad shukr, Alloh shu kunlarga yetkazdi, — dedi. Bir kun o‘tgach, Mustafo onasidan so‘radi: — Ona, nevarangizga qanday ism qo‘yasiz? — Munosib ko‘rganingni qo‘y, o‘g‘lim. Onasi bilan kelishib yaxshi bir ism topib qo‘yinglar. — Bu uyda bizning aytganimiz bo‘ladimi? — Bo‘lmaydimi, o‘tlim? Juda bo‘ladi. Xudoga shukr uylanding, farzandli bo‘lding. Uyning boshlig‘i sensan. — Xo‘p; men ismqo‘yish haqqimizni sizga bag‘ishlayman, ona. — U holda, shu to‘rt ismdan birini tanlang: Ahmad, Ibrohim, Abdulloh, Nuriddin. Bulardan qaysi birini qo‘ysangiz ham mening aytganim bo‘lgan bo‘ladi. — Endi Aminani bir ko‘rib chiq. Go‘dakka Abdulloh deb ism ko‘yildi. Download 363.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling