Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
65 O‘n to‘rt-o‘n besh yoshlarida onasi bilan qarindoshlarinikiga borishdi. Xotinlar alohida xonada. Uy bekasi: — Qizlar bu tarafga, — deb Munavvarni boshqa xonaga oldi. Ichkaridigilar yangi kelganga bir qarab qo‘ydilar. Yana suhbatlarida davom etdilar. Munavvar tanimaydigan kimdir xaqida gaplashdilar. Libos tiktirgani to‘g‘risida. O‘sha qizga qaralsa, yangi libosni kiyar-kiymas ulg‘ayganmish, hatto o‘tgan kun o‘ziga: «Olti oyki, doim bir kiyimni kiyadi», deganday qarab, labini burib o‘taverganmish. Qiz bularni dugonalariga aytgach: — Ixtiyor menda, xohlaganimni kiyaman. U nega aralashadi. U bir libos kiygach o‘zini odam sanay boshladi. Uyalmaydi. Bir kun sharmanda qilaman. Masxaralashni ko‘rsatib qo‘yaman. Ko‘rsatmasam, odam emasman, — dedi. Boshqa bir qiz aralashdi: — Shunga xafamiding? Seni qara-yu men esa aslo xafa bo‘lmayman. O‘tgan hafta yamoqli ko‘ylakda ichimizda ezilib turgan shu emasmidi?! Xohlasak, otamizga aytib, yangi kiyimlar oldirolmaymizmi? Yana shu mavzuda bir muddat suhbatlashdilar. Munavvarni tanigan bir qiz: — Sen nega jimsan, Munavvar? — deb so‘radi. — Siz gapirayotgan qizni men tanimayman-ku, — deb javob berdi Munavvar. Bir payt ochilgan eshikdan bir bola: — Opa, yuring, ketyapmiz. Onam chaqiryapti, — dedi. Gap majburan bo‘lindi. Boyadan beri dugonasining o‘ziga lab burganidan tortib, boshqa turli qusurlarini aytayottan qiz: — Menga ruxsat bering, dugonalar, — deb chiqdi. Oyoq tovushlari hali tinib ulgurmasidanoq qizlardan biri: — Ezma: Uning-buning kamchiligini gapirishdan boshqa ishi yo‘q. Tinmay gapiradi. Osmondan tushganday, kamchiliksiz dunyoga kelganday. Shu ishlariga jahlim chiqadi. Shular ham odam bo‘ldimi? Holbuki bu qizning o‘zi hozirgina ketgan qizni quvvatlab gapirgan edi. Ortidan g‘iybat qildi. Shunga ko‘ra, kim bilsin tag‘in Munavvar ketsa, u haqida nimalar deydi? Turib ketishni xohlardi. Bunday odobsizlar orasida siqila boshladi. Shularni o‘ylab turganida eshik . ochilib, bir xotinning boshi ko‘rindi; «Qani, ketamiz!» deganday ishora qildi. Birinchi bo‘lib ketganni yomonlagan qiz xotinning ortidan ergashdi. Ketayotib qolganlarni uyiga taklif etdi. Va’dalarini olib tashqari chiqdi. Endi yomonlanish navbati shu qizga keldi. Munavvarni taniydigan qiz so‘z boshladi: — Tarbiyasiz. Dugonasi ketar-ketmas ortidan nimalar demadi. O‘zi yaxshi bo‘lsa, har kimning ortidan gapiraveradimi?! Ertaga ko‘zi-ko‘ziga tushadi-ku. Jonajon dugonaday gaplashib ketadi. Inson do‘stining orqasidan shunday gapiradimi? Munavvar boshqa tinglamadi, turdi. Onasi o‘tirgan xonaga kirdi. Yoniga o‘tirdi. Bu yerda ham g‘iybat. Uning-buning ortidan gapirish... Onasi turishi bilan bu ko‘ngilsiz suhbatdan qutuldi. Shundan so‘ng Munavvar uy ishlarini bahona qilib bunday jamoatlarda qatnashmaydigan bo‘ldi. Munavvar madaniyatli qiz bo‘lish yo‘lida edi. Oila a’zolari bilan birga tamsil etmoq lozim bo‘lsa, bir gul g‘unchasini ko‘z oldiga keltirish kifoya. G‘uncha, bandi, novdasi, yaproqlari, tikanlari bir oilani tashkil etadi. Shoxchalar, yaproqlardan, tikonlardan murod g‘uncha — gul. G‘unchasiz qaralganda, mo‘lyasaldagi zavqli huzur hosil bo‘lmaydi. Shu gulg‘uncha go‘zalligi hurmatidan qo‘lga kiruvchi tikanlarga ham yomon nazar solinmaydi. Uning xushbo‘yli malhami tikan zahmini yengillashtirib, hatto unuttirib yuboradi. Yoki uning go‘zal, muattar hidlaridan atrofdagilar shu qadar mast bo‘ladilar- ki, hatto qo‘llariga kirgan tikandan xabarsiz qoladilar. Oilada Munavvar bir gulg‘unchaki, oilasy uning xush fe’li, go‘zal axloqi soyasida, kaftda, qo‘lda tutilar holga kelmoqda. Gulg‘uncha qayda bo‘lsa, u yerni xush bo‘yi bilan gulistonga aylantiradi. Bu muattar hidlardan ko‘ngillar entikadi. Atrof ham chiroyli holatga keladi. Munavvar gulg‘unchani qanday avaylashni yaxshi biladi. Kelini Aminaga ham gulbog‘ zavqini munosib ko‘rdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling