Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
masalani gaplashmoqchi. 
— Ona, siz bilan biroz gaplashib o‘tiraylik, — dedi. «Ona» so‘zi qaynonaga xush yoqdi. Kichik 
kelindan bunday so‘zni eshitish amrimahol. Ba’zan «qariya», ba’zan «kampir», deb kamsitadi, ba’zan, 
masxaralab «sevimli onajonim», deydi. Komilaning oldida Munavvarga chindan tan berardi. Dardli 
edi, dardli bo‘lganidan umidsiz edi. Uningcha hech iloj qolmagan. Suhbatdan ne naf? Boshini 
«Hayhot, hammasi tugadi», deganday tebratgach: 
— Nimani gaplashamiz, qizim? — dedi. 
— Uydan turmushning toti ketib qolmadimi ona! — dedi. Qaynonaning ko‘zlarida yoshlar 
yiltilladi. Ro‘molchasi bilan artdi. 
Nimalar dedingiz, qizim? Kanaqa turmush? Kundan-kunga kunlarimiz qiyin kechmoqda. 
Kundan-kunga battarlashmoqda. Ko‘rmayapsizmi, ona-boladay yashagan kunlarimiz qani? 
To‘g‘ri so‘zlardi qaynona. Ona-qizday yashadilar. Ammo o‘sha hayotda o‘ziga qanday foydasi 
tegdi. Agar kelini Munavvar sabr etmasa, ona-boladay yashashlari mumkin edimi? 
— Ona, birgalashib biror chorasini topamiz. 
Qanaqa chora topilardi, qizim? Ko‘rmaysizmi, nima desangiz, betga chopadi. Quloqsiz xilidan 
ekan. Gapni tinglamaydi. 
Ruxsat bersangiz, bu ishni o‘zim hal qilaman. 
— Qanday qilib qizim? Biror kimsa eplaydigan narsa emas. 
— U yog‘ini menga ko‘yib bering. Faqat bundan so‘ng indamang. Uni qil, buni qil demang. Nima 
qilishi kerak bo‘lsa, men bajaraman. Siz faqat kuzating. 
— Siz bilan urishsa, sizni ursa-chi qizim?! 
— Ursin. Meni urmasa, sizni uradi. 
— Mayli, bilganingizni qiling. 
 
* * * 
Bir kundan so‘ng... Kichik kelinning qovog‘i odatdagidek soliq. Har kungiday hozirlangan 
dasturxon atrofiga kelib o‘tirdi. Nonushtadan keyin doimiy odatiga ko‘ra bir-ikki soat qaytib 
chiqmaydigan bo‘lib xonasiga kirib ketdi. 
Bugun qaynona Munavvarning taklifiga binoan ishga aralashmaydi. Ikki kelin yuzma-yuz keladi. 
Yuvvosh Munavvar bilan badjahl, o‘jar Komila orasida maroqli tomosha bo‘ladi. Komila 
Munavvarning so‘ziga kirmasliga sababli janjal chiqishi aniq. Dasturxondan turib bir chetga o‘tib 
olgan qaynona hayiqardi. 
Munavvar ovqatini yeyar-emas, uyiga kirib ketgan kelin ortidan: 
— Komila bir daqiqa chiqasizmi? — deya chaqirdi. Qaynonaning xayoliga janjal keldi, sochlari 
yulingan kichik kelin ostida chirpingan Munavvar ko‘z oldiga keldi: 
— Ehtiyot bo‘ling, janjal qilmang, — deya yolvordi. Munavvar javob bermagan kelinni yana 
balandroq ovozda chaqirdi. 
— Komila, bir daqiqaga chiqing. Deraza ochildi: 
— Nima deysiz? 
Bir daqiqaga chiqing, sizga aytadigan gaplarim bor. 
Komila keldi... 
— Nima deysiz, mana keldim? Shu dasturxonni yig‘ishtirib qo‘ysangiz. Mening tashqarida ishim 
bor edi. 
— Xonim afandi aytadiganlari shumi? O‘zlarining tashqarida ishlari bo‘lsa, mening ichkarida 
ishim bor. Yig‘ishtirsinlarda, keyin tashqaridagi ishlarini bajarsinlar. 
— Hammaning ham ichkarida o‘ziga xos ishlari bor. Faqatgina sizning emas. Ammo ko‘ryapsiz-ki, 
bu ishlarni men bajaryapman, siz uyingizga kirib olyapsiz. 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling