Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 qaynonani himoya qilib, boshqa kelinga qarshi chiqqanmi?! Shuning uchun Munavvardan foyda yo‘q. Endi faqat o‘g‘li qoldi. Ammo o‘g‘il... uylanganiga bir hafta o‘tmasdanoq qorasini ko‘rsatmay qo‘ydi hisob. Faqat ishga ketayotib: — Xayr ona, — deydi, xolos. Xotinining qovog‘i uyulsa darhol: — Komila, nima bo‘ldi? Xastamisan, — deb tipirchilab qoladi. Vo ajab! Agar onasi xastalansa, shunday zahmat chekarmikan? Yaxshiyam xasta bo‘lib, ularning qo‘lida xor emas. Ilgari boshqacha edi bu o‘g‘il. Kelin gah deya qo‘liga qo‘ndirib oldi. Begona bir qiz kelib uni o‘ziga bo‘ysundirib olganini tushunolmasdi. Tunov kun bozorday bir to‘rvachada narsa keltirib, Komilaning qo‘liga tutqazdi. Keyin bilsa, uzum ekan. Ko‘rsatmasdan nelar qilishadi, nimalar yeymshadi? Kim bilsin? "Ona, sizga mana shuni olib keldim", deb biror narsa bermaydi. Qo‘lidagi narsalarni, xalta-to‘rvalarni Komilaga berar-bermas to‘g‘ri hojatxonaga shoshildi. Axir odam yorilib ketmaydi-ku. Besh daqiqa keyin borsa ham bo‘lar edi. Uyga olinishi kerak bo‘lgan narsalarni ham kelindan so‘raydi. Onadan so‘rash lozim emasmi? Ikki kun avval kelgan kelin oldida ne degan odam bo‘ldi? Odam o‘rnida ko‘rishmi bu? Oldin onaning hurmatini o‘rinlatish kerak emasmi? Onasining yoniga o‘tirib: «Qalaysiz, keliningiz bilan chiqishyapsizlarmi? Yo shikoyatingiz bormi? Odobsiz bo‘lsa menga bildiring, kulog‘ini cho‘zib ko‘yaman!» — demaydimi? O‘g‘il shu paytgacha hech bo‘lmasa, bir-ikki marta xotinini ozorlashi, ko‘z oldida musht o‘qtalib tayoq ko‘tarishi kerak emasmidi? «Aqlingni yig‘. Agar onam zig‘ircha igikoyat qilsa yoki qosh chimirsa, o‘zing. bilasan, ko‘radiganingni ko‘rasan», demaydimi? Ne o‘ylar, ne safsatalar aylanardi qaynonaning boshida. Endi uning yangi onasi bor. Kelgan- ketganida otilib turib: «Marhamat ona, buyuring ona!» deb joy ko‘rsatadi, qo‘lini o‘padi. Uning oldida o‘z onasi kim bo‘pti. Yillar bo‘yi yuvib-tarab o‘stirgan qizini bergan ayoldan qimmatli bo‘lisharmidi onasi?! Nega o‘g‘li kelinning qilmishlarini tekshirib ko‘rmaydi? Qisqasi, kelin o‘g‘lini xohlagan maqomiga o‘ynatadi. Kelinini qayirib olishga hech ko‘zi yetmasdi. Oh, bir oz yosh bo‘lsaydi, kuchi yetsaydi boplab adabini berardi-ya kelinning. Endi nima qilsin? Ba’zan ertalab chiqib ketib, tushgacha vaqtini qo‘ni-qo‘shnilarnikida o‘tkazadi. Ba’zan uyga kelganlarni qistab o‘tqizar, ketgani qo‘ymas, dardini to‘kib soladi. Lekin bir kuni bu ishi ham teskari natija berdi. Nari-beri so‘zlaganlarini g‘iybatchi xotinlardan biri keliniga yetkazdi. Kelin kelib og‘ziga kelganini shang‘illadi: — Yana bir bor men haqimda boshqalarga yomonlab gapirganingizni eshitadigan bo‘lsam, o‘zingizdan ko‘ring, — dedi. Ogohlantirdi. Bugungacha odobsizligi bilan jonini zada qilgay kelinidan har narsa kutsa bo‘ladi. Hozirgi qilig‘i holva. Uni pnsofga chaqirish yo‘llarini topolmadi. Yana bir urinib ko‘ray deb, ikki og‘iz gapirmasidan, so‘zi og‘zida qoldi. — Yana xo‘jayinlikmi? Nasihatingizni boshqa vaqtga qoldiring. Bugun jonim chiqib turibdi. Men sizga nasihat tinglaydigan vaqtni aytaman, o‘shanda boshlarsiz, — deya ermakladi. Bir gal qaynona sinab ko‘rish uchun: — Qiliqlaringning hammasini o‘g‘limga aytaman, nima qildirishimni ko‘rasan, — deyishi bilan kelin qahqaha otdi: — Bizning tilimiz yo‘qmi? Ayting, kim tayoq yeyishini o‘shanda ko‘ramiz, — deb javob berdi. Keyin biroz jiddiylashganday: — Sizga bir narsa aytaymi, sevimli onajonim? Bunday ishlarga yaqinlasha ko‘rmang. Agar erimdan bir gap eshitadigan bo‘lsam jazosini ortig‘i bilan qaytaraman. Aytganingizga pushaymon qildiramap, — dedi. Vaziyatdan o‘g‘lini xabardor qilmoqchi edimi? Yo‘q, buning imkoni yo‘q. Kelinga po‘pisa qilib qo‘ymoqchi edi, xolos. Lekin bu ham behuda ketdi. Katta o‘g‘liga ham bir narsa deyolmasdi. Desa- chi? Borib ukasinipg xotinini urmaydi-ku. Nari borsa, ukasiga aytadi, ukasi xotiniga, aylanib zarari yana o‘ziga qaytadi. Qaynona ne qilarini bilmasdi. Munavvar unga achinardi. Bir kuni kichik kelini eri bilan onasining uyiga ketgach, erkin nafas olayotgan qaynona yoniga Munavvar kelib o‘tirdi. Muhim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling