Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
tovlamasdan bajarishi kerak. Munavvar shunday edi. Ikkinchi kelinni ham Munavvarday egib, bukib 
olmoqni istardi. Bu uning tabiiy haqqiday, hatto boshqasini xayoliga ham keltirmasdi. Qiz bola ba’zan 
o‘z onasidan tanbeh eshitadi-ku, qaynonadan ko‘proq eshitishi tabiiydek edi go‘yo. Ne bo‘lsa-da, 
qaynonalikiing ham alohida, o‘zicha sharafi bor. 
Ikkinchi kelin kelganiga, oradan o‘n besh yigirma kun o‘tguncha qaynonasi shunday fikrda edi. 
Inson ko‘pincha yaxshilikning qadriga yetolmaydi. Unutadi. Lekin musibat, esini joyiga tushirib 
qo‘yadi. Shu jihatdap musibat rag‘batga loyiqdir! 
Munavvarning qaynonasi uchun ham bir musibat kutilgandek edi. Keldi. Qaynona xonim 
Munavvardan yaxshirog‘ini ko‘zlab yurganida, Munavvarning qadrini bildirib yangi kelin keldi. 
Qo‘lini o‘pish o‘rniga yuziga tupurilgan, salom berish yoki alik olish o‘rniga so‘kish eshitgan, 
haqoratlangan odam qanday holga tushsa, qaynona ham shunday holga tushdi. 
Qaynona dovdirab qoldi. Munavvar salomatga o‘xshasa, yangi kelin, yumshoq qilib aytganda naq 
xastalikning o‘zi edi. Sihatlik qadrlanmagan, uning o‘rniga xastalik bosh ko‘targan edi. Behalovat 
holat tinchlikning qadrini bildirib qo‘yadi. Munavvar qaynonasini har jihatdan mamnun etadigan bir 
fazilat egasi edi. Lekin noshukr qaynona undan mamnun bo‘lmagandi. Buning evaziga balo-ofat 
kelgan edi. Ko‘raylik-chi nima bo‘lar ekan? 
Munavvardan mamnun bo‘linmadi? Shundaymi? Yo‘q. Chunki tongdan shomgacha ish bilan 
mashg‘ul. Axloqidan shikoyat bormi? Bu masala ozgina tafsilga muhtoj. Aslida, agar o‘ziday yuzlab 
qaynonaning faqat yaxshi taraflarini yig‘salar ham bir Munavvar chiqmasdi. Ertadan-kechgacha mish-
mishdan, g‘iybatdan zavqlanadigan xotinlarda qanaqa fazilat bo‘lsin? Ulardagi qiymatli bir narsa — 
faqat onalik shafqati. Biroq bu shafqat hayvonda ham bor. Bu shafqat tufayli ona bolasini emizadi, 
asrab-avaylaydi. Qo‘y suruvdan ajrab daladan qaytarkan, yelinlariga to‘lgan sutni qo‘zichog‘i tezroq 
emsin deya yuguradi. Lekin bu xotinlarning bir xususiyati bor, o‘g‘li uchun atalgan mehrga sherik 
bo‘lgan kelinini raqibday ko‘rib, shunga yarasha muomala qilishadi. O‘zini g‘iybatchi xotinlardan 
himoya qilgan Munavvarga ham shunday qaraldi. Bu ayolning dardi nima? Munavvardan nima 
istaydi? Hech narsa istamaydi, Shunchaki vaysaqilik, ezmalik va ko‘ngil halovati. Negaki, ona-bola 
mehr-muhabbatiga sherik chiqib qoldi. Yanayam to‘g‘rirog‘i, o‘g‘limni mendan sovutadi, degan his 
shunchalikka olib keldi. Shu sabab kelgan-ketgan Munavvar haqida bo‘lar-bo‘lmas so‘zlar eshitar, 
Munavvar qanchalik ochiq chehra bo‘lmasin qanchalik qaramasin, bari bir uyulgan qovoqni ko‘rdi, 
yomon so‘z eshitdi. 
Ko‘raylik-chi, endi nima bo‘larkin? Yangi kelin ham shunday munosabatda bo‘larmikan? Qaynona 
xonim shu zavqli hayotini davom ettira olarmikin? 
Bu savolga kelinning dastlabki besh-o‘n kunlik turmushi javob berolmaydi. Ammo ishning 
chappasiga ketayotganini ko‘rsatuvchi alomatlar sekin-sekin namoyon bo‘lmoqda edi. Ilk kunlardayoq, 
qanday ish yuritishini tushuntirayotganda: "Hasbunalloh va ne’mal vakil", deganday bosh chayqab 
qo‘yishi shunday hollardan edi. Bu hol qaynonaning asabiga tegar, lekin bir oy o‘tmasidan g‘avg‘o 
chiqarmaylik degan o‘yda jim qolardi. 
Bu vaziyatda Munavvar o‘zini qanday tutdi? Bundan avval qaynonasining yomon muomalasiga 
yaxshi javob-hurmat ko‘rsatdi. Haqsiz gaplarni onaning qiziga aytgan samimiy tanbehlari deya qabul 
qildi. Lekin endi uyga boshqa kelin tushdi. Vaziyat yanada nozik, noqulay ko‘rinish oldi. Yangi kelin 
tishli-tirnoqli edi. Osongina taslim bo‘la qolmasligini, qaynona qahriga loyiq javob berishi 
mumkinligini sezdirdi. Kichik bo‘lsa ham, yoshiga yarashmagan g‘alati qaysarlik, qo‘rslik va o‘jarlik 
bor edi yangi kelinda. 
Bu o‘rinda Munavvar o‘zini bir oz tortib turishi, meni yoqtirmagan qaynonam endi bu yog‘ini totib 
ko‘rsin va o‘zidan ko‘rsin qabilida ish tutishi mumkin. Biroq: "Mana endi mening qadrimni biladi, 
qanday yaxshi bo‘ldi", degan fikr uning axloq daftarida yo‘q edi. Uning maqsadi — yaxshi turmush. 
Shu sababli yana fazilat yo‘lidan ketdi. Tez orada qaynona-kelin orasida chiqishi aniq bo‘lgan 
ko‘ngilsizliklarning oldini olishi yoki iloji boricha kechiktirishi kerak edi. Vaziyat shuni ko‘rsatib 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling