Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
55 Munavvar ham kelinlik hayotiga qadam qo‘ydi. Zamonaning og‘irligiga qaramay turli xarajatlar bilan qizlarini uzatayotganlar oldida Munavvarga ham nimalardir tayyorlandi deyishga til bormaydi. Bundai kuyinib. tashvishlangan onasiga Munavvar tasalli berdi: — Kuyinmang onajon, kiyimning, ziynat ashyosining nima qiymati bor?! Hozirgacha ularni taqdimmi? Endi taqarmidim? Siz meni yaxshi ko‘rasiz-ku, shuning o‘zi menga yetarli. Ko‘lingizda ne bo‘lsa, mendan ayamasligingizni bilmaymanmi? Duo qiling. Baxtli turmush ato etishini so‘rab Allohga yolvoraman. Sizdan oshiqcha narsa kutmayman, ona. To‘g‘ri gapirardi Munavvar. Otasi ne hasratda qiynalib olib bergan bir-ikki taqinchokdarini uydan tashqarida taqqanini hech kim ko‘rmadi. To‘yga ketarkan taqinchoqlarini bir chetga qo‘yar, kelgach otasi taqmaganiga xafa bo‘lmasin uchun yana taqib olardi. Hatto bir kun onasi: — Nega bo‘yningdagi tillo taqinchoqlarni olib qo‘yding, Munavvar, qayga qo‘yding? — deganida: — Ona, topgan bor, topmagan bor, biror faqirning ko‘ngli og‘rimasin, — deb javob berdi. — Qizim, hamma taqadi-ku, sen ham taqsang nima qiladi? — Har kim o‘ysiz taqib, o‘zini atay namoyon qilsa, men ham shunday yo‘l tutaymi? Bir insonning ko‘ngli ezilishiga men sababchi bo‘lmayin, ona. — Xo‘p, mayli sen aytganday bo‘lsin, — deya boshqa qistovga olmadi onasi. Agar bu ziynat ashyolari insonga bir fazilat keltirsa, Munavvar ularni uyda yetarlicha taqardi. Kibr va g‘ururdan boshqa ne foydasi bor?! Vaqti kelib bir ehtiyojini qondiradigan har narsa ziynat, lekin o‘ziga foydasiz oltin yo olmosning bezakdan boshqa ne nafi bor?! Bir yil avval otasining muhtoj kunida oltin taqinchog‘ini olib, uning oldiga qo‘ydi, otasi ololmayman deb qaytarganda: — Buni siz olgansiz. Hozir ehtiyojni ketkazing, keyin yana olib berasiz. Siz iztirob chekib yurasizu, men istirohat qilib taqib yuraymi, ota? — deya otasini ko‘ndirdi. Munavvar boy bo‘lishi, taqinchoqlarini taqishi mumkin, lekin bir shart bilan — qarshisida hech kimsaning ko‘ngli ezilmasin, molining ko‘pligi uni sevinch va g‘urur ko‘chasiga yo‘llamasin, qo‘lidan ketsa, g‘ussa va qayg‘u chekmasin. Faqat bunday bo‘lishi qiyin. Munavvar ota uyini kelin bo‘lib tark etgach, boshidan nimalar kechdi? U ham qaynona dardini tortdimi? Bu savollarga bir so‘z bilan javob berish mumkin emas. Chunki ba’zi narsalar kishilar va ularning dunyoqarashiga ko‘ra o‘zgaradi va tushunchalariga ko‘ra qiymat topadi, birining fikricha dard, boshqasining fikricha hech narsa emas. Bular Alloh tomonidan yuborilgan sinovlar-ki, sabr etganlarning maqomi yuksaladi. Kelin, ya’ni Munavvar borgan joyida rohat topmadi. Yomon so‘z eshitdi va haqsiz muomala ko‘rdi. Qilmagan ishi uchun aybdor sanalgan paytlari bo‘ldi. Rag‘bat o‘rniga tuhmatga qoldi, yaxshi so‘z o‘rniga tanbeh eshitdi. Samimiyat ko‘rsatib, iztirob chekdi. «Lekin bularni mendan ziyodaroq chekayotganlar bor-ku», deb ko‘p ham ahamiyat bermadi. «Shunday muomalaga loyiq bo‘lib, gap eshitganimda edi, bundan yomoni bo‘lmasdi», deya o‘ziga tasalli berdi. «Mening namozimga, ro‘zamga aralashmayaptilar, dinu imonimga to‘sqinlik qilmayaptilar, kufr keltirmayaptilar, axloqsizlikka tashviq etmayaptilar, bundan yomonrog‘ini ko‘rishim mumkin edi», deya ovunardi. «Parvardigorim oldida qancha qusurim bor, balki, bular shuning jazosidir», deya o‘ylar va sabr etardi. Bu ishlar kelajaqda asqotib qolishini o‘ylab, fikr suzgichidan o‘tkazar, yaxshi-yomonga, yoqimli- yoqimsizga ajratardi. Aslida yoqimlisi oz, hatto yo‘q deyishi mumkin. Faqat yoqimsizi bor. Munavvar shu o‘ylar bilan, harakat qilar, ta’bir joiz bo‘lsa, qaynona elagida elanib, tandrida pishib yetilardi. Turmushidan, qaynonasidan g‘iybat qilish uchun kamchilik axtarganlarning urinishlari behuda bo‘ldi. Bir oz dadilroq, dag‘alroq muomala qilib qaynonangga haddingni bildirib ko‘y, haqqingni ketkazma, iloji bo‘lsa qo‘lga olib ol deguvchi nasihatgo‘ylarga: — Qaynonam yomon deb sizlarga kim aytdi? U zot katta, men kichik, — degan javobni oldilar. «U kattaligini bilmaydi», dedilar. «Men kichikligimni bilaman», dedi. Hech bo‘lmasa, yomon so‘zlasa, javob qaytarishni nasihat qilganlar bo‘lardi. — Men bu uyga aytishish yoki g‘avg‘o chiqarish uchun kelmadim, — dedi va jim bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling