Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

 
* * * 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
Bu hodisa... Bunda Munavvarxonimning insoniyligi, vazminligi, oqila va oliyjanobligi qarshisida 
Amina dovdirab qoldi, hayratlandi. O‘yladi. Kechalar o‘yladi, kunduzlar o‘yladi. Qarindosh-
urug‘larini, onasining barcha tanigan ayollarini bir-bir ko‘z oldidan o‘tkazdi. Hech birining bu 
darajadagi oliy fazilatlarini eslayolmadi. Kelinining eng kichik qusurini ham har kelganga aytib, 
tillarda "doston" qilgan g‘alati qaynonalar oldida o‘z qaynonasi ulug‘lashib, buyuklashib, uning yuksak 
fazilatlari qarshisida o‘zining naqadar kichik ekanligini o‘yladi. Yana Munavvarxonim shu gapi shu 
yerda qolishini, kuyish voqeasini ikkisidan boshqa hech kim bilmasligi kerakligini uqtirdi. 
Amina ko‘p kutdi. Kunlar, oylar o‘tdi hamki, bir chetga chaqirib: "Bu xatoni o‘z bo‘ynimga oldim, 
boshqa takrorlanmasin" demadi. Amina shu so‘zlarni behuda kutdi. Qaynonasining qarashlarida, 
harakatlarida hech o‘zgarish sezmadi. Muomalasi ham xuddi ilgarigidek. 
Bir kun Amina qo‘lida paypoq to‘qir, Munavvarxonim tasbeh o‘girish bilan mashg‘ul, pok, 
nuroniy yuzidan yoqqan samimiyat Parvardigorga bo‘lgan taslimiyatini ifoda etardi. 
Amina qo‘lidagi ishini to‘xtatib nimadir so‘ramoqchi bo‘lar, lekin Munavvarxonimning holini 
ko‘rib, ma’naviy halovatiga to‘sqinlik qilishni istamas va yana ishida davom etardi. Oxiri: 
— Ona, — dedi. Munavvarxonim unga qaradi: 
— Labbay, marhamat, qizim, gapiring. 
— Ona, nega meni hanuzgacha jazolamaysiz, koyimaysiz? 
— Nima sababdan jazolashim kerak, Amina?! 
— Alini kuydirib qo‘ytanim uchun. 
— Bu gapni qaydan topdingiz? O‘tdi-ketdi. Bir yil bo‘ldi. Nega haligacha o‘ylab yuribsiz? 
— Men o‘ylamay kim o‘ylasin, ona? 
— Qizim, eslashdan ne naf? Xafa bo‘lsangiz, Alloh taologa yahshi qul bo‘lmayotganimizdan, 
yaxshi bandalik qilmayotganimizdan xafa bo‘ling. Siz aytgan ishdan emas. Yaxshilik qiling. 
Bilmasdan xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, ona sifatida bekitmog‘im lozim. Meni xafa qilishni istamasangiz
buni hech kimga aytmang, yodingizdan o‘chiring. Buni o‘sha kun ham aytganman. Bu gapni boshqa 
qo‘zg‘amang. Aks holda, kechirmayman, Amina. 
Bu gap shu tariqa yakun topdi. 
* * * 
Bir kuni Amina Munavvarxonimga shunday savol berdi: 
— Ona, siz ham qaynona dardini tortganmisiz? 
— Qaynonam vafotiga o‘n besh yil bo‘ldi, qizim. Amina kulimsiradi: 
— Har holda sal boshqacharoq tushundingiz, ona. Qaynonangiz qachon vafot etdi demadim, 
qaynona dardini tortganmisiz, deb so‘radim. 
— Bildim, qizim. Men ham sizga vafotiga o‘n besh yil bo‘ldi demadimmi? 
— Dedingiz. Ammo savolimning bu gapga aloqasi bormi? 
— Unda, tushuntiray. Bizning tarbiyamiz hatto tirik odamning ortidan gapirishni ma’n etadi. Uning 
dunyodan o‘tganiga o‘n besh yil bo‘ldi. Xatosi bo‘lsa, agar lozim kelsa, tirigida yuziga aytgan 
bo‘lardim. Endi aytadigan yagona so‘zim — Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin! 
Amina bugun qaynonasining odatini unutganday ko‘rindi. Uni gapirtirmoqchi edi. So‘zlashgisi 
keldi. 
— Agar meni yaxshi ko‘rsangiz, qisqacha bo‘lsa ham gapirib bering. 
Munavvarxonim gapirib berolmasdi. Bular bir imtihon edi. U o‘z aqidalarida sodiq va sobit. 
Aytolmaydi. Amina yolvorib so‘rasa ham, o‘lgan odamni yomonlab gapirolmaydi. Yo‘q. Agar sevimli 
do‘sti kelib, cho‘g‘ni kaftiga olishni taklif etsa, kim ham rozi bo‘lardi?! Munavvarxonimning fikricha
kuyishidan ham axloqsizlik zararliroqdir. So‘rovchini mamnun etish uchun beodoblik qilishga rozi 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling