Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
51 O‘sha kun Amina yuragi g‘ash bo‘lib uyg‘ondi. Ko‘ngilsiz tushlar ko‘rgan edi. Uni ochiq chehra bilan qarshilagan Munavvarxonim: — Bugun qalaysiz, qizim? — derkan undagi parishonlikni sezganday bo‘ldi. — Tuzukman, ona. — Alloh yanada yaxshi aylasin, qizim. Munavvarxonim boshqa hech narsa so‘ramadi. Lekin Aminaning ichini bir narsa kemirardi. Sabr etolmadi. Munavvarxonimning yoniga o‘tirdi: — Ona, sizga bir narsa aytmoqchiman. — Ayting, Amina. — Ko‘nglim g‘ash. Aloq-chaloq narsalarni tush ko‘rdim tongda, qo‘rqdim. — Yaxshilikdir, inshaalloh, Alloh xayrli o‘ng atasin. — Aytaymi? — Yo‘q qizim. Aytmang, qo‘rqinchli tushlar aytilmaydi, faqat Allohdan yaxshilik ato etish tilanadi. Hech kimga o‘sha tushni aytmang. Xayrli bo‘lishini Allohdan so‘rang. Darvoza qo‘ng‘irog‘i jiringladi. Amina borib ochdi: — Ona, pochtachi keldi. Lekin kelgan pochtachi emas, bir faqir edi. Biroz kutib turishini aytib, Amina ichkari kirdi. — Sadaqa berish yaxshi ish. Shunday tush ko‘rsang sadaqa berishni unutmang. O‘z oyog‘i bilan kelibdi, mamnun eting. — Nima beray, ona? — So‘rab o‘tirasizmi?! O‘zingizni faqir o‘rniga ko‘ying, nima berilsa mamnun bo‘lishini o‘ylab ko‘ring va o‘shani bering. Bu uyda siz yaxshilik qilaman desangiz, kim qarshilik etadi? Amina ichkaridan bir narsalar olib, faqirga berdi. Sadaqa behuda ketmaydi. Baloni qaytaradi, sadaqa — raddi balo. Oxiratda o‘n barobardan ziyodasi bilan qaytadi. Yana bu faqir duolar qiladi. Bugun Yusuf afandi amakilar kelmoqchi. Amina bu odamni juda yaxshi ko‘rardi. Avval sovchi bo‘lib borgani uchun xafa bo‘ldi, keyin bu uydagi insoniy muhit uni bu hisdan uzoqlashtirdi. Baribir turmushga chiqishi kerak bo‘lgan Amina uchun Mustafoday er, Munavvarxonimday qaynonani topish oson emas, albatta. Yaxshilikmi? Shuning uchun Amina Yusuf afandini amakisiday yaxshi ko‘rar va hurmat qilar edi. Ular peshindan so‘ng kelishmoqchi edi. Yusuf afandi kechki ovqatga qolmoqchi edi. Peshingacha ham ancha vaqt bor. Amina bir-ikkita kir-chirlarini yuvib-chayib olmoqchi bo‘ldi. Tashqarida alohida katta qozonda suv isitish zarurati yo‘q, shuning uchun uydagi qozonga suv ko‘ydi. Aslini olganda Munavvarxonimning ko‘ngli ham bir oz g‘ash edi. Tilovat qilar, Allohdan sabr tilar, yomonlikni to‘sib, yaxshilikka aylantirishni Parvardigordan so‘rardi. Eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi, kelgan Ali edi. Munavvarxonim unga: — Kel, onasining guli, qo‘zichog‘im, — dedi. Ali bir oz xasta ko‘rinardi. — Ona, tobim yo‘q. Yotgim kelyapti. — Xo‘p mayli, bolam, choyshab yopib qo‘yaman, yotaver. Ali yotdi. Onasi yoniga o‘tirdi, Qur’on o‘qidi, Allohdan shifo tiladi. Amina yuviladigan kirlarni tayyorlab, suv isiganiga qarash uchun ichkariga kirdi. Suv endi iligandi, yana bir oz kutish kerak edi, tashqariga chiqdi. Yarim soatlar o‘tib, tag‘in ichkari kirganida suv qaynamoqda edi. Issiq bo‘lganidan olish qiyin edi. — Qo‘lingiz kuymasin Amina, bir narsa bilan ushlang, — dedi Munavvarxonim. Amina qo‘liga qalinroq ikkita latta olib, ular bilan qozonni ko‘tardi. Tashqari chiqayotib, qaynisi yoniga kelganda negadir qo‘llari titrab, qozon uyqudagi Alining ustiga ag‘darildi. Munavvar xonim o‘qday otilib qozonni olarkan, ayni zamonda Aminani ham itarib yubordi. Bu bir lahzada bo‘ldi. O‘n uchlarga kirgan Ali sapchib uyg‘onganida, qo‘lida qozon. — Bolaginam, nima ham bo‘ldiyu, ag‘darib yubordim-a, — deya faryod chekayotgan onasi bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling