Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 — Ona! — Labbay, Amina! — Tongdan beri nima bo‘layotganini bilmay ovoraman. Boshimda bir narsa muzlab, qotib qolganday. Hech qutulolmayapman. Zehnim shu qadar toldiki, tushuntirib berolmayman. Nima qilishni bilmay hayronman? — Bu nimadanligini bilasizmi, qizim? Inson sog‘ paytida nima bilan ko‘p shug‘ullangan bo‘lsa, o‘ziga hokim bo‘lolmay xastalanib qolganida ham o‘y-xayollari majburan o‘sha narsa bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bundan keyin ko‘nglingizni Allohning zikri bilan nurlantiring. Xastalanganda o‘zingiz bilib- bilmay tilu dilingiz Uning zikri bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shunda holsizlanmaysiz. Uxlayotganda ham o‘z-o‘zidan uni eslaysiz, uyqungiz ham ibodatga aylanadi. Amina oqshomga borib o‘ziga kelganday bo‘ldi. Turayin dedi, ruxsat etilmadi, yana yotdi. Xastaligini oyoqda utkazadiganlar bor. — Kasal bo‘ladigan nima bor, yotishga balo bormi, noz qiladi-da, endi bir xizmatchi kerak bu kelinposhshaga, — degan so‘zlarni eshitadigan kelinlar ham bor. Bu xastalik Munavvarxonimning olijanobligini, qaynona bunday holda o‘zini qanday tutishi kerakligini va bu holda kelinga samimiy yordam ko‘rsatish yaxshi bir vazifa janini namoyon qildi. Bu jihatdan Amina baxtiyor edi. Chunki bu uyda insoniy muomala tufayli qaynonasini onasiday yaxshi ko‘rib qolgan bir kelin, bir umr Alloh rizosini topay deb harakat qilib yashayotgan sharafli bir qaynona bor. * * * Bir millatni mahv etmoq uchun izlab topilgan yo‘llarning eng tahlikali buzuvchisi moda, degan kishi yanglishmaydi. Moda ehtirosi, modaparastlik, moda tajovuzi millat ichiga vaboday kirib tarqalsa, bu yo‘l oxirida falokat bor, xolos. Amina xastaligining uchinchi kunida yon qo‘shnisi Soriya xonim, kelini, qizi hol so‘ragani kirishdi. Eski bilan yangini bir onda ko‘rishni istagan kishi Soriya xonim bilan qiziga nazar tashlasa yetadi. Soriya xonim sochining bir tolasi ko‘rinmaydigan shaklda munosib kiyingan, qizi esa boshi tamoman, qo‘llari tirsakdan yuqorisiga va oyoqlari tizzalarigacha ochiq holda. Ona qizining bu kiyimidan, qizi onasining eskicha qolganidan uyalishmoqda. Biri qizida odob va iffat tuyg‘usi qolmaganidan, qizi oila sharafini bir pulga chiqarganidan ma’yus va iztirobda. Boshqasi onasining eski tushunchalariga berilib, madaniy olamga munosib va muvofiq qadam tashlashda g‘ayrat ko‘rsatmagani uchun mahzun. Ona istaydiki, qizi ham o‘ziday o‘ransin, sotiladigan molday o‘rtaga chiqmasin. Qizi orzu etadiki, onasi xonanishin bo‘lib, uyda bekinib qolmasin va dunyodan bir oz bo‘lsada nasibasini olsin. Mehmonlar keldilar, o‘tirdilar. Amina endi o‘rnida yotmas, turib o‘tirardi. — Tuzukmisiz, Amina, xasta deb eshitdik? — Rahmat, Soriya xola, bir oz shamollabman. Xudoga shukr o‘tib ketdi. — O‘zingizga qarang, qizim, yaxshi qarang. Ehtiyot bo‘lish kerak. So‘ng Munavvarxonimga qaradi: — Bizning qizimiz gapga kirmayapti, so‘zimizni olmayapti, qo‘shnijon. Qizim bunchalik ochilma, shamollab qolasan desam, quloq solmaydi. Boshiga ro‘mol o‘ratolmayman. Ko‘ylagini tizzasidan baland kiyarmish. Moda bu yil shunaqamish. Shu yetmay turgandi o‘zi. Bu modasi qayoqdan chiqdi. Avvallar biz bunaqa moda-podani bilmasdik. Shundaymi, Munavvarxonim?! Qiz "portladi": — Siz onamga qaramang, quloq solmang, Munavvar xola. Eskilik sarkitlariga yopishib olganlar. Zamonga moslashaylik degan maqsad yo‘q. Qo‘llaridan kelsa, meni erli xotinlar, kampirlarday kiyintiradilar. Ro‘mol o‘rarmishman, tizzamdan bir qarich past libos kiyarmishman. Kinoga borish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling