Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 deya olmasdi. Ularning yomonliklari haqida eshittan har yomon gapni intiqomning bir turi sifatida qabul etar va ruhi bu so‘zlardan shifo topajagini o‘ylardi. Qolaversa, uning so‘zlari kunlar kelib asqotib qolishi mumkin. Qaydan kelib qoldi bu ayol? Har kuni kelsaydi. Har kuni suhbatlashsaydi. Unga dardini yorsa, biroz yengil tortarmidi? Besh daqiqa degan ayol ikki soat o‘tirib qolganini juda yaxshi bilardi. Buguncha shunisi kifoyaligini, vazifasini yetarli bajarganini, hali zamon uy egalari — qaynona va qaynsingil kelib qolishi sezgan ayol: — Vaqt kech bo‘ldi, bolam. Besh daqiqa deb shuncha qolib ketdim. Sizning hurmatingiz uchun, qizim. Yana kelaman, sizni yana yo‘qlayman. Hozir kelsalar nari-beri, past-baland gapirib yurishar. Yaxshisi ketayin. Kelganimni aytmang, hech narsa gapirmang, yaxshisi, — dedi. Turdi, ro‘molini oldi, eshikka tomon yurarkan, nogoh to‘xtadi, yodiga muhim narsa tushib qolganday kelinposhshoga nasihat qilishni unutmadi: — Sabr qiling, chirog‘im. Sabr bilan har ish hal bo‘ladi. Sabr qilsang, g‘o‘radan holva pishar deb bejiz aytishmagan. Bu dunyoga hech kim ustun bo‘lmaydi. Hamma ketadi. Bir kun; qarabsizki, eringiz bilan yolg‘iz qolibsiz.. Ikki kunda qaynsinglingiz uzatiladi. Uy o‘zingizga qoladi. Bir eringizni amallab idora qilarsiz. Darvoza tomon yurishdi. Shunda kelin: — Xola, aybga buyurmaysiz, qo‘lingizni o‘pishni unutibman, — dedi. — Unday demang, chirog‘im. Tushunmaymanmi?! Begona emasmanku, xolangiz hisoblanaman- a?! Falon-pismadon desangiz xafa bo‘laman. Qo‘l o‘pishga havasmandlar qo‘lini o‘ping. Meni qo‘yavering. Xayr, xo‘sh, Alloh yor bo‘lsin! Darvozani ochdi, asta boshini chiqarib, alangladi so‘ng birov ko‘rib qolmasin degan tarzda tez chiqib, yo‘rg‘alab qoldi. Kelinning ohistagina: — Yana kutaman sizni xola, boshqa keling, bizni unutmang, — deyishiga tasdiq ma’nosida bosh qimirlatib, uzoqlashdi. Ayol qay darajada samimiy edi? Albatta, kelin bu haqida o‘ylab ham ko‘rmadi, ayol o‘sha kun boshqasiga: «Kelini juda ahmoq. Bugun bordim o‘tirdim-o‘tirdim, to darvoza oddiga kelib xayrlashguncha qo‘l o‘pish esiga kelmadi» deb aytganlarini eshitsa, har holda o‘sha ayol kimligini darhol bilib olar edi. U ketishi bilan kelin eshikni ohista bekitdi. Necha kun-ki, o‘ziga hamdard bir do‘st topolmayotgan kelin tomonga ham sarin bir shabada esganday bo‘ldi. Chuqur nafas oldi, xo‘rsindi. Qaynonasi ketayotib aylanishga uni ham taklif etmagani uchun o‘zicha koyinib xafa bo‘lgandi, hozir esa bundan xursand bo‘ldi. Sabr qil dedi ayol, qarabsiz-ki, uyda bir er, bir xotin qolibsiz. To‘g‘ri aytadi. Sulton Sulaymonga qolmagan dunyo qaynonasiga vafo qilarmidi, u ham bir kun xayr-xo‘sh qiladi, dunyoga vido aytadi. U ketgach, o‘zi xon, ko‘lankasi maydon. Yolg‘iz qaynsingilning qo‘lidan nima ham kelardi. Bir-ikki yil o‘tsin, ketishmasa ikkisiga ham o‘zi bas keladi. Hozirning ushdanoq qaynsingil bilan yolg‘iz qolsa, uni cho‘qib tashlaydiganday kuchli his etardi o‘zini. Hatto o‘tgan kun qaynonasining bog‘chada yo‘qligidan foydalanib, ishga joylashmoqchi bo‘lgan qaynsingilga shunday tikildiki, so‘zsiz, umi chekinmoqqa majbur etdi. Qaynonasi bo‘lsa, bunday qilolmasdi, ammo unga ham navbat keladi. Zotan, opasi kelin bo‘layotganda unga: — Singlim, qaynona va qaynsingil shunday-ki, jim tursang, ular gapiradi, agar sen gapiradigan bo‘lsang, ular jim bo‘ladi. Ovozingni chiqarmasang boshingga chiqib oladi, bir oz dag‘alroq muomala qil, darhol bo‘yin egadilar, — degandi. Aytishicha, kelganining ikkinchi haftasidayoq qaynsinglisiga qo‘rslik qilgan edi: — Qani keting-chi, siz kimsizki mening ishimga aralashasiz?! Bu uyning kelinposhshosi menman. Ikki kun o‘tar-o‘tmas kimningdir eshigiga ketasiz, shu ikki kun erimning nonini yeyish uchun ishlarimga aralashasizmi?! Qorningizni to‘ydirganimiz yetmaganiday, endi gapingizniyam eshitamizmi?! Odobingizni tuzating, — dedi va qiz jimib kolgan edi o‘shanda... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling