Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 — Bu qanaqasi, Munavvarxonim, sizlar yaxshi yashamasangiz, chiqishmasangiz men nimaga ega bo‘lardim?! — Unday bo‘lsa, bunchalik so‘rab-surishtirishda qanday ma’no bor? Tushunolmayapman. Yaxshi yashasa sizga foydasi yo‘q, yomon bo‘lsa ham biror zarar ko‘rmaysiz. Tashvishlanmang, chiqisha olmasak, atrofga yoyilib ketardi, gapirishga hojat qolmasdi. Umuman, nega endi chiqisholmasligimiz kerak? U o‘zimning qizim, men esa onasiman. Hayron qoladigan joyim shuki, birov qizingiz bilan qalaysiz demasdi, keliningiz bilan qalaysiz deydi. Nega u ko‘pchilikni bunchalik qiziqtiradi: hech tushunolmayapman. Yana takror aytaman, men kelinim bilan yaxshiman. Bundan keyin ham Xudo xohlasa yaxshi yashaymiz. Kelinimning hozirgi ma’yusligiga kelsak, mening qizim bemor yonida o‘zini qanday tutishni yaxshi biladi. Albatta, bu yerda to‘y bo‘layotgani yo‘q. Allohdan bemorga shifo so‘rab, qalban duo etarkan, kulolmaydi, albatta, kulsa odobsizlik qilgan bo‘ladi. Yana ko‘p gapirishi mumkin edi, biroq o‘z dardi bilan ovora xastaning yonida noqulay. Zotan, bemorni xafa qilgan bu ayolga ozgina saboq berildi. Xastalar ziyorati haqida ham ozroq gapirsa bo‘lardi, biroq ayol allaqachon chiqib ketgan edi. U ketgach bemorning Munavvarxonimga birinchi so‘zi shu bo‘ldi: — To‘g‘risi, ahvolim shunchalik bo‘lib qoldimi? Demak, ancha yomonlashibman-da ? — Yo‘q, singlim. Xudoga shukr, yaxshisiz. Aytganimday, Allohdan umid uzmang. Shu yoshga kirdim, har yil nihollarning, daraxtlarning yozdan so‘ng qup-quruq bo‘lib qolganini ko‘raman. Ilk bahor kelishi bilan Alloh ularga yana hayot baxsh etadi, ular yana jonlanadi. O‘sha jonsiz quruq novdalar, shoxlar yoz kelishi bilan qancha odamga soya bo‘ladi, qanchasiga meva beradi. Siz ham shunday bo‘lasiz, singlim. Bu xastalik siz uchun, bahor yozdan so‘nggi bir mavsumdir-ki, daraxt yaproqlaridek gunohlaringaz to‘kilmoqda. Alloh nasib etsa, yaqinda onadan qayta tug‘ilgandek pokiza, beg‘ubor bir musulmon xonim bo‘lib oyoqqa turasiz. Uzoq yillar qanchadan-qancha odamlarga foyda keltirgansiz. Faqat sabr eting. Kelgan-kettanga ahvolingizdan shikoyat qilmang. Doim Allohni yodingizda tuting, unutmang, tilingiz tolsa, dilingiz bilan go‘zal ismini takrorlang, singlim. Xasta yonida uzoq qolmaslik lozim edi, birozdan so‘ng ketishga ruxsat so‘radilar. Bemor eshitgan so‘zlaridan mamnun edi. Yana bir oz o‘tirishlarini, yo‘qsa tez-tez yo‘qlab turishlarini iltimos qildi. Munavvarxonim so‘z berdi. Takror-takror shifolar tilab, Aminani yoniga olib xayrlashdi, o‘ziga aytalgan so‘zlardan farog‘at topgan, bir talay yaxshiliklar his etgan bir xasta vujud va bu vujudda iliq yoshlarga to‘lgan bir juft ko‘z bor edi. Download 363.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling