Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 yo‘q. Yana bir qancha mantiqsiz ishlar. Hech bu ham yosh, aylansin, ko‘ngil ochsin, yoshlik zavqini totsin demaydilar. So‘ng onasiga qaradi: — Ona, nima bo‘ldi o‘zi sizga?! Uyda gapirasiz mayli, endi bu yerda nimaga tinmaysiz?! Uyning gapini tashqariga chiqarishdan ne foyda? Hamma kulmaydimi? Bunchalik mutaassib bo‘lish to‘g‘rimi? O‘zingiz amal qilmaysiz, bizga xalal bermang, masxara bo‘lmaylik. Amina xastaligini unutdi. Ona-bola hol so‘ragani emas, bahslashgani, gurunglashgani chiqqanday. Soriya xonim qizining gaplaridan ko‘ngli og‘ridi. — To‘g‘ri aytasan qizim, hamma mendan kulmoqda. Qizini modaga o‘rgatdi, odobga o‘rgatmadi, axloqini unutdirdi, sotiladigan narsaning mazasi, hidini ko‘rsatganday qizining qo‘l-oyog‘ini ochib qo‘ydi, deb mendan kulishmoqda. Qarang qizimga, ochiq joylarini ko‘rib qo‘ying, shunga ko‘ra baho bering, deyayotganlar bu holga tushganim uchun kulsalar o‘rinli, qizim. Mening otam: «Xotinim, qizim nomusli bo‘lsin, hayo bilan yashasin, yo‘qsa o‘laman», deb dushman bilan urushdi, shu yo‘lda shahid bo‘ldi. Men uning vasiyatiga amal qilib, shu kungacha bir tola sochimni nomahramga ko‘rsatmadim. Faqat sen meni xor qilding, naslingga tortmading. Nima, soyangni sotasanmi, hammaga ko‘z-ko‘z qilasan? Onasi o‘rtanib, yuragi yonib-yonib, ko‘zlari yoshlarga to‘lib so‘zladi. Kizi bu so‘zlarni miyig‘ida kulib tingladi. Onasi: «Sen meni xor qilding, naslingga tortmading», deganda qah-qaha otib kuldi. So‘ng jiddiy tortdi. — Nimalar deysiz, ona, faqat o‘ranganlar nomusli bo‘ladimi? Nomus insonning ichidagi bir tuyg‘u. O‘zimni jiddiy tutsam, kim menga nima deydi? Ochilganimiz uchun xor bo‘larmishmiz. Naslu nasabimizga tortmayotgan emishmiz. Naslimizga tortamiz deb, nima, uyda qamalib o‘tiramizmi? Keyin Munavvarxonimga qaradi: — Munavvar xola, onam bunchalik iskanjaga olmasin. Aytib qo‘ying. Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq demaydilarmi? Bir oz aqlni ishlatish kerak-da. Bunchalik qilishlari ayb emasmi? Munavvarxonim, bir tarafdan bu qizning hayosizligini, odobsizligini, ikkinchi tomondan yosh qizlarning, hatto onalarining sekin-asta ochilib borayotganini, uyat tuyg‘usidan uzoqlashayotganini o‘ylardi. Qizning «Munavvar xola» degan murojaati o‘ylarini tarqatib yubordi. Bechora qiz yordam umidida murojaat qilardi. — Qizim, keling, men sizlarga bir orachilik qilay. Ona-bola bahslashib, bir-biringizni xafa qilishingizning asosiy sababini aytay. Bu, bir suhbatda yechilib, hal bo‘ladigan masala emas. Bularning bir asosiy manbai bor. Masalan, sen bir gazmol olsang uni tikish yoki tiktirish uchun darhol bir andoza izlaysan, shundaymi? — Shunday, xola. — Andoza kitoblarni olib takror-takror qaraysan, nihoyat bittasiga o‘xshatib tikasan. Ya’ni sening doimiy bir mo‘ljallagan, o‘rnak oladigan nusxang yo‘q. Bugun bir turlisini, ertaga boshqa bir turlisini tiktirasan. O‘tgan yili modangiz tizzadan pastda edi. Bu yil tizzaga chiqdi, men aminman-ki, kelgusi yil tizzadan balandda bo‘ladi. Kelajak yillarda bir qarich yana yuqori ko‘tarasiz va bundan uyalmaysizlar. Men yana aminman-ki, bir kun keladi-ki, uyat joylaringizni ham ochasiz, uyatli joylaringizni ham ko‘rsatib yurish sizlar uchun sharaf va obro‘ga aylanadi. Moda tufayli kimdir qo‘liga qaychi olib, libosining oldini qirqadi, yirtadi va modaning yangi shaklini, joriy etadi. Moda deb sizlarni kimlardir barmog‘ida o‘ynatadilar, aylantiradilar, xohlagan kuylariga soladilar. Kimlar bular? Bir pullik, nasli-nasabining tayini yo‘q kimsalar emasmi? Barcha o‘y-maqsadi sodda xalqni aldamoq, oila nomusini toptamoq, musulmonlar sharafini yo‘qqa chiqarmoq, mo‘minlarni ham o‘zlariga o‘xshatmoqchi bo‘lgan buzg‘unchi kimsalar ishi emasmi bu? Boshlaringiz, sochlaringiz, har oy har tusga kiradi, qo‘llaringiz, yelkalaringiz ochildi. Ertaga ko‘ksingiz ochilmog‘i amr etiladi, keyin yana bir kun keladi-ki, onadan tug‘ilgandek qip-yalang‘och kezmoqdan nomus qilmay qo‘yasiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling