Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 Yolg‘iz qolib ortiqcha totli xayollar surolmadi. Eshik ochilganday bo‘ldi. Derazadan qaradi. Keldilar. Qahva idishlarini yig‘ishtirmagani yodiga tushib, tezlik bilan saranjomladi. So‘ng: "Xush keldingiz", deya ularni kutib olmoq uchun tashqari chiqdi. * * * Har kelin xonasiga kirib, o‘zlaricha taftish o‘tkazib, xotinlarga g‘iybat qilish uchun axborot to‘plash havasida bo‘lganlar Aminaning xonasiga kirish imkonini topa olmadilar. Lekin bari bir gap topish ilinjida kelinga "Qalaysiz?" deyishni unutmadilar. U haqida yomon gap eshitmagan, hatto Munavvarxonimning mish-mish, g‘iybat qilmasligini bilsalar ham, har duch kelganda bu savolni takrorlaydiganlar bor edi. Bir kun xasta qo‘shni xotindan hol so‘ragani ketishgandi. Bemor og‘riq va iztirob ichida edi. Bir xilda yotolmay behuzur bo‘lar, goh o‘ng, goh chap yoniga ag‘darilardi. Munavvarxonim sog‘ayib keting, deb shifolar tiladi. Ayol chekayotgan azob qarshisida iztirobga tushmoqda edi. Shu sabab xastalikdan qutulolmasligini so‘zlardi. — Hech bo‘lmasa, o‘lib qutulsam, — derdi. Munavvarxonim tasalli berdi: Noumid bo‘lmang, singlim. Alloh buyukdir. Xastaligingiz uning mag‘firati uchun balki bir kafforatdir. Hali tuzalib qolasiz. Alloh taoloning o‘zi bir kun ichida shifo berishga qodir. Hech narsa ko‘rmaganday bo‘lib ketasiz. Shifo bergani uchun shukr etib, yaxshi ishlar qilasiz. O‘limni orzu qilish yaxshi emas. Hammamiz o‘lamiz. Biroq qanday? Bo‘sh qo‘l bilanmi yoki oxirat uchun yig‘ilgan sarmoya bilanmi? Gap shunda. Allohdan shifo so‘rang. Xayrli umr so‘rang. Bu orada qo‘shnining tobi qochganligini eshitgan boshqa bir xotin ham kirib keldi. — Hoy qiz, judayam mazangiz yo‘q. Nima buldi? Xabar yubormabsiz. Kelib ko‘rardik. U-bu narsa kerakmi, yolg‘izlikdan siqilmayapsizmi, ahvolingiz qalay? Qarang, qaboqlaringiz, chakkalariigiz cho‘kib ketibdi. Odam sal o‘ziga qaramaydimi? Bir ustixon bo‘lib qolibsiz. U bir oz shunga o‘xshash gaplarni vaysagach, Munavvarxonimga qaradi. — Qalaysiz, Munavvarxonim? Yaxshimisiz? — Xudoga shukr, yaxshiman? — Kelin ham yaxshidir, inshaalloh. Ie, shu yerdamisan, qalaysan qizim? — Rahmat, yaxshi xola. Oradan besh daqiqa sassiz sadosiz kechdi. Faqat bemor ayolning ingroqlari eshitilib turdi: Munavvarxonimga qaradi. — Bir oz suv... Amina darhol suv keltirish uchun tashqari chiqdi. Xastaning to‘qqiz yoshlardagi qizi hovli supirish bilaya mashg‘ul edi. Onasi suv so‘rayotganini eshitib ichkari kirdi. Bir ozdan so‘ng Amina Munavvarxonimning qulog‘iga yaqin qilib sekingina: — Ona, hovliga chiqmoqchiman, — dedi. Munavvarxonim bosh qimirlatib tasdiqladi va Amina tashqari chiqdi. Bu orada haligi xotin bemor yonida o‘rinsiz so‘zlarini davom ettirdi. Bu gal Munavvarxonimga: — Kelin bilan yaxshisan, inshaalloh, shundaymi? — dedi. Bu birinchi, ikkinchi yoki beshinchi so‘rashi emas edi. — Xudoga shukr, yaxshimiz, — degan javobni oldi. — Kelin biroz yotsiraganday, g‘alatiroq ko‘rindi. Yuzi ham tundroq bugun, bir gap bo‘ldimi deyman? Kelgandan beri xastaga xastalik, dardiga dard qo‘shgan, ozgina yashash umidi bo‘lsa shuni ham so‘ndirgan bu ezma xotinga ne kerak o‘zi? Nimaga erishmoqchi? — Masalan, kelinim bilan yomon bo‘lsam, bunga biror chorangiz bormi yoki bu bilan biror narsaga ega bo‘lasizmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling