Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
40 — Menga qarang, siz mening ishimga aralashmang. Har holda sizchalik bilsam kerak. Siz kimsizki, menga aql o‘rgatasiz? Go‘yo kelinlik vazifangizni do‘ndirib bajarib qo‘ygandek menga nasihat qilasiz. O‘zingizni bilmasangiz, bildirib o‘zingizga keltirib qo‘yadiganlar, bor. Ja-a bizday yuvosh qaynsingillarning boshiga chiqib olyapsiz. Aslida ayb o‘zimizda, insonday muomala qildik, — dedi. Gapni cho‘zmadim. Vaysayotgan qaynsinglimga biroz tikilib turdim. Inson zoti shu qadar orsiz bo‘lishini shu kungacha bilmasdim. So‘zlarini javobsiz qoldirganim uchun qayrilib ketdi. Qozonga masalliq solib, boshqa ishalr bilan mashg‘ul bo‘ldim. Orada ovqat tagiga olmasin, deb suviga qaradim, ta’mini ko‘rdim. Olovni past baland qildim, qani bu kech nima deyisharkin? Menimcha ovqatning hech kamchiligi yo‘q. Lekin qaerdadir kamchilik qilganday, yana gap eshitadiganday tuyulaverdi. Haqiqatdan ham kutganimdek bo‘lib chiqdi. Erim birinchi qoshiqni olar olmas yuzini burishtirdi. “ey, voh endi u ham kamchilik axtara boshlaydi” Yuragimni urushi tezlashdi. Ajabo, nima bo‘lyapti? Qaynonam ko‘zlarini menga tikdi. Bir narsalar demoqchi bo‘ldi. Indamadi. Balki erimning so‘z boshlashi uni to‘xtatdi. Erim to‘g‘ri qaynsingillarimning oldiga borib so‘radi: — Kim pishirdi bu ovqatni? — Men pishirdim. Ulardan avval javob berdim. Erim mulohazakor: — Unday bo‘lsa bir qoshiq sen ham ol. Ko‘r, qanday bo‘libdi. Tezda bir qoshiq oldim. Mening ham yuzim burishdi. Yeyishning hech ilojisi yo‘q edi. Sho‘r, juda ham sho‘r edi ovqat. Yuzlarim qirmizi tus oldi, lekin bu xatolik uchun emasdi. Kapalaklarday bir burchakka o‘zini urgan qaynsingillarimdan keyin qaynonam ham qo‘zg‘oldi. Erim ham qo‘liga non olib o‘rnidan turgach: — Hasbunalloh va ne’mal vakiyl, — deb jo‘nab qoldi. Dasturxon atrofida mendan boshqa hech kim qolmadi. Men ham turaymi-turmaymi, deb taraddudlandim. Nima qilishimni bilmay xayron qoldim. Tursam o‘ziyam yeyolmadiku deyishadi, qolsam, bilmadim yana nima balolar deyishadi. Baraka topsin erim: — Dasturxonni yig‘ishtir, har kim topganini yesin, — dedi va dasturxonni o‘rab olib qo‘ydim. Yotish oldidan erimga so‘z ochdim: — Agar musulmon bo‘lsangiz so‘zimga ishoning. Taom sho‘r emasdi. Oqshomgacha necha marta suvini ham, tuzini ham ko‘rdim. Dasturxonga qo‘yishdan oldin ham hammasi joyida edi, — dedim. Bu gaplarim erimni hayron qoldirdi. — Tushunolmadim, taomning tuzi yaxshi edi dedingmi? — Ha, yaxshiydi. — Xo‘sh, unda qanday qilib sho‘r bo‘lib qoldi? — Mana, shunisini bilolmayapman. Bilganim shuki, men buncha tuz solganim yo‘q. Erim o‘ylanib qoldi. So‘zimga ishonsinmi? Bir to‘xtamga kelolmasdi. Juda sof, pok va beg‘ubor yigit edi. Singillari shu xiyonatni qilishlari xayoliga ham kelmasdi. — Men endi bunday hiylalarga chidayolmayman. Yodingizda bo‘lsin, ertaga taomga umuman tuz solmayman. Ko‘raylik-chi, nima bo‘larkin? — dedim. Erim hayratlanib so‘radi: — Nima bo‘ladi? — Bilmadim. Lekin shuni biling-ki, ertangi taomni tuzsiz pishiraman. Gap shu yerda to‘xtadi. Lekin erim hanuz asabiy holda edi. Turib yuzini yuvdi. Derazani ochdi, uyga salqin shabada kirdi. Yarim soatcha shunday turdi. Men mayda-chuyda ishlarim bilan band edim. Ko‘nglimda: — Yo Robbiy, meni uyaltirganlarni, o‘zing parishon qil, xor qil, yuzlarini qaro ayla, — deya duoyibad qildim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling