Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
37 Muhimi ham shu – ichki go‘zallik, qalb go‘zalligidir. Men kelinimning tashqi chiroyidan ziyodaroq ichki go‘zalligi, odobi va tarbiyasi uchun oldim. Mayli, mening kelinim qoramag‘iz, bug‘doyrang bo‘lsinu, go‘zallik boshqalarga qolsin. Bug‘doyrang chirkinlik alomati emas-ku! Birov oqni, birov sariqni yaxshi ko‘radi. Men esa qoramag‘iz, bug‘doyrangni yoqtiraman. Amina kirishi bilan Munavvarxonim gapini to‘xtatdi. Maqtashni lozim ko‘rmadi. Birovning yonida kelinining kamchiligini aytishni yoqtirmaganidek, maqtashni ham xush ko‘rmadi. Xotinlar ketishga chog‘landi. Keksaroq bir ayol Aminaning qulog‘iga pichirladi: — Qizim, qaynonagga e’tibor ber. Umring bo‘yi Allohga yolvorsang ham, ehtimol bundan yaxshi, bundan go‘zalroq bir qaynona topolmas eding. Qadriga yetgin. * * * Uch eshik naridagi qo‘shnilarga kelin tushdi. Kelinni uyini mahalla kezuvchi xotinlar obdon tekshirdilar. Zarur gaplar aytildi. Ketar chog‘i qaynsingil kelinga eshitilmaydigan tovushda: — Xomroq chiqdi, opa. Qaynota uchun aqalli bir sochiq ham qo‘ymadi. Bir juft paypoqqa ham loyiq emasmi? Uyalib ketdim. O‘zim qo‘ydim. Eshitsa qiyomatni boshlaydi. Nechora boshga tushganni ko‘z ko‘radi, — dedi. So‘ngra xo‘rsinib qo‘shib qo‘ydi: — Bilmay qoldik, bilolmadik. Yana gapirilajak nimalar bor? Ikki kun ichida mish-mishga arzirlik qanday voqealar ro‘y berdi? Kelinni ko‘rib, uning kamchiliklarini atrofga yoyish uchun kelgan, bundan zavq oladigan xotinlar uchun hozirgi voqea ham g‘iybatlari uchun yetarli xom ashyodir. Ular to‘g‘ri o‘z uylariga bormaydilar, avval qaysidir dugonalarinikiga kirib, ostonadayoq voqealarga o‘zlaridan qo‘shib, navbatdagi dugonanikiga shoshadilar. Axir vazifa juda og‘ir, shoshilish kerak. G‘iybatni tarqatish kerak. Bu orada yo‘lda tanishi to‘xtatadi. — Qayoqqa bunday shoshilyapsiz, Zakiya xonim? — (…)nikidan kelyapman. Kelin ko‘rgani borgan edim. — Qanday ekan? — Bilmadim, oxiri baxayr bo‘lsin. Har holda yaxshi emas. Chiqayotganimizda qaynsinglisi bir ikki gapni aytdi. Fursat bo‘lganida kim biladi yana nelarni so‘zlardi. Ikki kun ichida shuncha gap, bilmadim oxiri nima bo‘ladi? Yana birovlarga gapirib yurmang, egachi. Oilasi buzilib ketsa bizlardan ko‘rishadi. Yaxshi bo‘lsa ikki kunda shuncha qabohat toparmidilar? Bu mening kelinim-ku, deb yomonini yashirib yaxshisini oshirardilar. So‘ng xo‘rsinib: — Kelinga achinaman. Qiz ne niyatlar bilan kelgan bu uyga. Qanday qilib uyalmasdan o‘zlarini o‘zlari maqtaydilar. Hech kimga bildirmasdan ikki kunda kelinni keltirdilar qo‘ydilar. Men bilsaydim, qarab turmasdim, bermang bularga qizingizni, deb dunyoni ostin-ustun qilib yuborardim. Menga nimayam qilishardi? Ko‘rasiz ko‘p o‘tmay kelinni qay ahvolga solisharkin? Fursatini topib bularning kimligini kelinga bildirib qo‘yarman. Bilsin-da bu qizcha, hech bo‘lmasa shunga yarasha oyog‘ini, qadamini ular bilan tang tashlasin. Suhbatdoshi bosh tebratadi: — Avvalgi kelinga nimalar qilishmadi bular. E, egachi siz bulardan insoniylikni qidirib yuribsiz. Tag‘inam kelin bardoshli yaxshi kelin ekan, ikki yil sabr toqat qilib yashadi. Qutuldi, ammo dunyosidan kechib qutuldi. Suhbatlasharkanlar yo‘l o‘rtasida ekanliklarini, oyoqlari tolganini his etishib, qo‘llari bilan o‘taylik deganday ishora qilishib, yo‘lning chetiga o‘tib olishdi. Xotin takror so‘z boshladi: — Nima deyapgan edim? Ha… biznikilar sudlariga borishdi. Hakam: «Qizim, eringni deysanmi, otangni?» deb so‘rabdi. Qiz: «Hakam afandi, men na erimni deyman, na otamni deyman. Meni bularni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling