Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
g‘aroyib tuyg‘ular og‘ushida mashinaga, shu besh-o‘n kun ichida taniy boshlagan bir ikki ayol orasiga 
o‘tirdi. Ulov yo‘lga tushdi. Aminani bir uyga tushirdilar. Unib-o‘ssin deyildi. Ustidan tanga pul 
sochdilar. Erkaklar chekingach ilk bor Munavvaxonim uning yoniga bordi. Aminaga: 
— Qaynonangni qo‘lini o‘p, — deyishdi.
Munavvarxonim ularga qayrilib qaradi: 
— Yo‘q, bu mening qizim, onasining qo‘lini o‘padi, — dedi va qo‘lini tutdi.
Amina yillar bo‘yi faqat yaxshilik uchun ochilgan, faqat yaxshilik uchun cho‘zilgan gullardek pok 
ozoda qo‘lni o‘pdi va ko‘ziga pshonasiga ohista bosdi. Uyga qadam tashlashi bilan aytilgan bir jumla 
so‘z beran ishonch unga kifoya. Go‘yo g‘ariblik va yolg‘izlik hislari tumandek tarqab ko‘ngli oftobli 
osmondek charaqlab ketdi. Munavvarxonimning: «Xush kelding, bolam!» deb ochilgan quchog‘i 
Aminaga orom va huzur bog‘idek tuyuldi.
* * * 
Oqshomgacha kelib ketuvchilar ko‘p bo‘ldi. Kechgacha uy ayollarga to‘ldi. Oqshom 
yaqinlashgach, erkak mehmonlar kela boshladi. Yusuf afandi uy sohibi sifatida kelganlarni kutib oldi. 
Azon aytilgach, jome’ga borildi. Shom namozidan keyin taom tortildi. Taklif etilan ikki hofiz Qur’oni 
Karim o‘qidi. Amina xonasida ilohiyni tingladi: 
Xos bog‘ingga kelganlar,
Gullaringni terganlar,
Xabar berdi ko‘rganlar,
Nuri Qur’on ichinda.
Bu hikmatlar barchaning ko‘zlarini yoshladi. Ma’no maqomi bilan ko‘ngillarda huzurbaxsh 
tuyg‘ular uyg‘otardi. Hofiz afandi Faxri Koinot s.a.v. uchun yozilgan bir na’t ham o‘qidi: 
Sevarmiz sunnatingizni sizdan asar, iz deyaroq,
Eslarmiz ismingizni har on Sarvarimiz deyaroq,
Uzoq tushmasak sizning lutfingizdan, shohi Rasul,
Tortarmiz sharbati mavtni, qo‘rqmasdan Alloh deyaroq.
Tilarmiz: qolmaylik hech sizni sevmoqdan yiroq,
Ummatingiz mahsharga yetgay shafoat deyaroq.
Oxiri mahalla imomi duo qildi. So‘ng Mustafo imomdan boshlab ulug‘larning qo‘llarini o‘pdi. 
Do‘stlari bilan qo‘l siqishib ko‘rishdi. Keyin onasining oldiga kirdi.
— Bolam, Alloh seni ikki dunyoda mas’ud etsin, — deya duo qildi Munavvarxonim. Mustafo 
onasining qo‘lini o‘pdi. Kelinning xonasiga, Aminaning oldiga kirdi. 
* * * 
Yusuf afandi qarindosh ayollarga taom yeyilgan dasturxonlarni, kosa tovoqlarni tozalashni 
buyurmoqda. Mehmonlar xufton namozi uchun jome’ga ketisharkan, azon ovozi eshitildi. Bu azon har 
kimga — uylangan Mustafoga ham Allohning bandasi ekanini, farzini ado etish vaqti kirgani va shart 
ekanini eslatardi.
Ichkari kirarkan Mustafo tahoratli bo‘lgani uchun: 
— Qani, Amina avval namozni o‘qiylik, bandalik burchimizni ado etaylik, — dedi. Joynamozlar 
yozildi va Mustafo «Allohu akbar!» deb namozni boshladi. Amina umr bo‘yi itoat etmoq qarori bilan 
unga ergashdi.

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling