Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 Kel, undan kech, qaynona”. Shu to‘rtlikni kuylab yana aylana boshladi. Munavvarxonimnig chap tomonida bir ayol o‘tiribdi. Yuzida hech kulgu, tabassum yo‘q. Munavvarxonim uni ilk ko‘rganini, uyiga kelganini esladi. Ayol uni ko‘rishi bilan uyalib, biroz ortga chekingandek bo‘ldi. Lekin Munavvarxonim o‘zini hech narsani bilmagandek, u ayolni tanimagandek ko‘rsatdi. To‘y davom etgan ikki-uch soat ichida ayolni xijolat qilmaslik uchun u tarafga biror marta ham qaramadi. Keyin ham bu ayol, Aminaning qarindoshidir, ora-sira Munavvarxonimga ro‘baro‘ keladi. Bir kuni yolg‘iz qolganlarida uzr so‘rash uchun bu mavzuda og‘iz ochsa Munavvarxonim: «O‘tmishdagi yomonliklarni faqat tavba qilish uchun eslaylik», deydi albatta. Munavvarxonimning oldidan o‘tar ekan boshlagan ashulasini nihoyasiga yetkazdi: “Men boshqa dard istamam, Qaynona dardim bor mening”. To‘yga kelganlar, ayniqsa qaynonadan kuyganlar, yuragini oldirib qo‘yganlar, o‘z dardlariga sherik bo‘lgan qizni telbalarcha olqishladilar. Vaqt allamahal bo‘lib qoldi. Mehmonlar birin-ketin tarqala boshladilar. Amina bu so‘nggi kechada ota-onasi bilan uyda yolg‘iz qoldi. * * * Bugun Mustafolar xonadoniga kelin keladigan sevinchli bir kun. Lekin vaziyat boshqacharoq. Mustafoga kelinning kelganligi xushxabarini beriladigan peshin vaqti. Shu mahalda katta jome’ hovlisida Mustafoning ko‘zlaridan yosh quyilmoqda. Shu onda Amina ota uyini tark qilayotganini o‘ylamoqda Mustafo. O‘ziga omonat sifatida topshirilayotgan bir ayolning haqlariga ko‘ngildagidek rioya etolmaslik qo‘rquvidan ko‘z yosh to‘kmoqda. Uch kun avval onasi aytgan nasihatlarni esladi Mustafo. Kechki ovqatdan so‘ng onasi shunday nasihat qilgandi. «O‘g‘lim, Alloh nasib qilsa uch kundan keyin kelin keladi. Uyimizga bir qiz ota- onasini tark qilib keladi. Ahil bo‘laylik, kelganiga afsus chekmasin. Shafqatli, marhamatli bo‘lib, unga insoniy muomala qilishingni istayman. Hech qachon uni xafa qilmasligingni so‘rayman. Seni har kimdan ziyoda yaxshi ko‘raman. Lekin Alloh omonat sifatida bergan kelin, agar o‘g‘limdan norozi bo‘lsa, men kelinni emas, o‘g‘limni aybdor deb bilaman. Bir kun Alloh huzuriga sen bilan chiqamiz va kelin haqqi rioyasining hisobini beramiz. Uni hurmat qilganing meni hurmat qilganingdir. Uni xafa qilsang, men battar xafa bo‘laman. Men uning qaynonasi emas, o‘z onasiman. U ham mening kelinim emas, qizimdir. Hamma oila ham bir xil emas. Unga o‘z uyining odatlarini tark etish qiyin kechishi mumkin. Sen va menga nisbatan kamchilikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Bundan xafa bo‘lma. Inson ba’zan Allohning yo‘liga yura olmay xatoga yo‘l qo‘yadi. Bu bandaga nisbatan ham bo‘lishi mumkinligini o‘ylab, tasalli top, tinchlan. Xom sut emgan banda, lekin u ham vijdon sohibi, sekin asta xonim bo‘lar, yaxshilik yo‘lini tutar. Doimo Allohga duo qil. Yaxshilik va yaxshi turmush ato etishini so‘rab yolvor o‘g‘lim. Seni uylantirdim, meni uyaltirma! Mening sutimni emganingni, meni o‘g‘lim ekaningni isbotla. Alloh seni shod etsin, ikki dunyoda yuzingni yorug‘ qilsin. Munavvarxonim shunday deb ikki qo‘lini Mustafoning yelkasiga qo‘yib: — Menga so‘z ber, Mustafo, qo‘lingdan kelganicha, kuching yetganicha, aytganlarimni bajar. Yaxshi turmush kechirish uchun sabr matonat bilan harakat qilishga so‘z ber. Musulmon so‘zidan qaytmaydi, so‘z ber o‘g‘lim, — dedi va Mustafoning va’dasini oldi. Mustafo katta jome’ hovlisida ana shularni esladi. Koshki bergan so‘zim yolg‘on chiqmasaydi, deb o‘ylar edi. Osmon tiniq, quyoshli, sarin shabada esib turgan bir kunda Amina ko‘z yoshlari sel bo‘lib, ota uyi bilan xo‘shlashdi. Ulug‘larning qo‘llarini o‘pdi, duolarini oldi. Yangi uyga bormoq uchun murakkab, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling