Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
41 Nihoyat erim derazani yopdi: — Qani. Endi uxlaylik, — dedi va uxladik. Ertasi kunni bu ishni qanday amalga oshirish kerak degan o‘y bilan o‘tkazdim. Kecha hech narsa bo‘lmaganday ko‘rindim ularga, ochiq chehra bilan muomala qildim. Biron narsa so‘raganda, yaxshi javob berdim. Aytganimday taomni tuz qo‘shmay pishirdim. Kechqurun erim jome’dan qaytib keldi. Dasturxon tuzadim. Bu gal qanday bo‘larkin, deya hayajon bilan kutardim. Natija, yana avvalgi kechagidek bo‘ldi: ilk luqmadanoq burishgan yuzlar, tark etilgan qoshiqlar, yuzimga g‘azabla tikilgan ko‘zlar va yana birin-ketin dasturxondan uzoqlashishlar. Bu gal ulardan oldinroq men so‘zladim: — Nega ovqatlanmayapsizlar? — dedim, — Bu gal o‘zingizga havola deya hech tuz solmadim, yana xatolik bo‘ldimi? Mana o‘zingiz istagancha solib oling, — deb yonimdagi tuzdonni oldilariga qo‘ydim. — Mashaalloh, qizim. Demak, sizningcha tuzsiz shunday bo‘ladi, to‘g‘rimi? Bu ovqatni bir ko‘ring, agar umringizda zahar yemagan bo‘lsangiz, zahar qanaqa bo‘lishini bilib olasiz, — dedi qaynonam. Bir qoshiq oldim. Yutishning iloji yo‘q. Tuz og‘usi deysiz. Holimni o‘zgartmadim. — Men bugungi taomga bir chimdim ham tuz qo‘shmadim. Kim qo‘shgan bo‘lsa, Alloh qo‘lini sindirsin, razil-rasvo aylasin, — dedim. — Sizning qo‘lingizni sindirsin, aybni o‘zingiz qilib birovga to‘nkaysiz, suvdan quruq chiqmoqchimisiz?! Uyalmaysizmi-a!? Bu so‘zni aytgan Nigor edi. O‘zini oshkor qildi. Erim endi tushunganday bo‘ldi: — Nigor, nega bunday qilyapsan? Aybmasmi singlim? Kecha taom sho‘r bo‘ldi, yemadik, to‘kdik. Bu oqshom yana shunday. Menga osonmi, singlim? Sizlar bu yerda ovqatni yeyolmaydigan darajaga keltirar ekansiz, men bir kunlik ovqat pulini topish uchun oftobda ter to‘kaman. Yuk ko‘tarib qiynalaman. Sizlar yordam berish o‘rniga, bunday ishlar qilasizlar, Alloh rozi bo‘larmikin, singlim?! Nigor boshini egib qoldi, hech narsa demadi. Erim ham so‘zini cho‘zmadi. Qaynonam ham jim edi. Erim xuftongacha odatdagidek "Taborak" o‘qidi... Vaqtliroq uyquga ketdik. Ertalab oshxonada yolg‘iz edim. Nigor keldi. Devorga suyandi, oyog‘ini chalkashtirib turdi. Meni bir past kuzatib turgach: — Kennoyi, judayam ma’rifatlisiz, — dedi kinoya bilan. — Siz ham yaxshisiz, g‘ayratlisiz, — dedim. Balki mendan bu so‘zni kutmagandi. Uningcha, uzr so‘rashim kerakmidi, yo‘qsa nima qilishim kerakligini bilmasdim. Bu so‘zimdan so‘ng gapirmay chiqib ketdi. Yana nimalar bo‘lganini aytsam, katta bir kitob bo‘ladi. Har qalay ko‘p o‘tmadi, bir yildan so‘ng Nigor uzatildi. Tushgan joyida baloday bir qaynsingil mening haqimni ziyoda qilib olibdi. Zulm qilgan zulm ko‘rishi aniq. O‘z turmushi to‘g‘risida mening oldimda so‘zlamasdi, ammo men sezardim. Nigorning uzatilganiga bir yarim yil bo‘lgan edi. Bir kun uyda yolg‘iz edim. Qaynonam kichik qaynsinglim bilan aylangani ketgan edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi, ochdim. Nigor va qaynonasi. Nigor kirgach, qaynonasi: — Men xolamlarnikiga kirib chiqaman. Biror soatda qaytaman. Siz o‘tiravering, — dedi va ketdi. O‘tirib birpas suhbatlashdik. Dardli edi Nigor. Nimalardir demoqchi bo‘lar, lekin istihola qilib, ochilib gapirolmas edi. Oxiri: — Yanga, sizga bir narsa aytmoqchiman, mendan rozi bo‘ling, — dedi. Nigorning goho "kelin oyi", ko‘pincha "kelin poshsho", "kelin xonim" deyishiga o‘rganib qolgandim, hozir "yanga" deyishiga hayratlanganday bo‘ldim. Ko‘nglida po‘rtanalar, dovulu bo‘ronlar qo‘zg‘algandek to‘lqinlanar va chekayotgan vijdon azobidan xalos bo‘lishni istayotgani ko‘rinib turardi. Ko‘nglim zirqirab ketdi, unga achindim. Mehrim tovlab samimiyat bilan: — Nigor, men roziman. Nima bo‘ldi? — dedim. Ko‘z yoshlarini artib dediki: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling