Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 Munavvarxonim bir oz sukut qilgach: — Hozir mehmondorchilikda ayol-erkak aralash-quralash o‘tiradi, shundaymi? To‘g‘rimi? — dedi. So‘zlarini qiziqish va hayratlanish bilan tinglayotgan qiz: — Ha, shunday xola, — dedi — Xo‘sh, ular birga o‘tirishganda ayol-erkakning bir-biriga ko‘zi tushmaydimi, ko‘zlarini urishtirmaydimi? Ertaga bir bahona bilan bir-birlariga yanada yaqinroq kelmaydilarmi? Hozir yangicha to‘ylarda bir-birlarining xotinlari bilan tansaga tusha boshladilar. Munavvarxonim so‘zlayotganda sekin-sekin peshonasida va yonoqlaridan chiqqan terlar bu nuroniy yuzni yomg‘ir tomchilariday yuvib, go‘yo bir gul holiga keltirayotgandek edi. Kizning bir oz avval onasiga nisbatan masxaromuz qarashi jiddiylasha boshladi. Va masala ham jiddiyroq tus oldi. Chunki qarshisida turgan ayol onasi emas, va onasiga o‘xshab «Biz shularni ko‘rdik, sen ham shunday bo‘l», demayotgandi. Munavvarxonim bir oz hayajonlandi. Bir muddat hayajoni bosilishini kutib, sukut qilgach, davom etdi: — Biz bunday emasmiz, qizim. Sen moda deya bir yo‘lga kiryapsan. Bu modaning yetakchisi kim, boshqaruvchisi qaysi imonsiz bilmaysan. Imonsiz deyapman, mening ta’rifim shu so‘zda mujassam. Butun bir mamlakatni buzdilar, yuz minglarcha insonni odob-axloqidan judo qildilar. Nomahramdan arslondan qochganday berkingan ayollarning qizlarini fohishalar kabi yalang‘ochladilar. Dengiz qirg‘oqlarida xammomda yechinganday yechinib, erkaklarga aralashib yurganlar akasining yonida tizzasini ochishdan uyalgan ayollarning qizlari edi. Yana nimalar qiladi? Qaysi dushman bir millatga bundai kattaroq yomonlik qilgan yoki kilishi mumkin? Shunday qizim, sizning modalaringiz sizga shularni o‘rgatmoqda. Bu yashash shakli sizningcha nomusli, fazilat to‘la bir turmush tarzi emish. Bilmadim. Bo‘lishi mumkin. Bir narsa deyolmayman. Munavvarxonim qattiq hayajonlanar, ovozi ko‘tarilib borar, ko‘tarilgan sayin qiz ezilardi. — Bizning ham andozalarimiz bor. Bizning ham o‘rnak oladigan ulug‘larimiz bor, qizim. Faqat ularni yaxshi bilmaysizlar. Sizlar amrini bajo keltirganlaringiz, bir kuni kelib sizlarni har kimning ayoliga aylantirajak, zotan vaziyat shuni ko‘rsatmoqda. Biz amrini tutgan buyuklar esa bizga faqat erlarimizga qarashli ekanimizni, ulardan boshqa hech kimning oldida ochilmasligimiz kerakligini bildirmoqda. Ochiq-sochiq yurganlar qimmatli hayosini yo‘qotdilar, biz esa, Xudoga shukr, bugungacha nomus bilan yashadik. Ota-bobolarimiz shu yo‘lda jon berdilar. Bizning birgina "moda"miz bor qizim, lekin u bugungacha o‘zgarmadi, qiyomatga qadar o‘zgarmaydi, inshaalloh. Bu "moda" sohibiga sharafdan boshqa narsa keltirmaydi. Bizning "moda"chilarimiz sha’n va sharafni boshlariga toj qilgan, har kim ularni o‘z onasiday ko‘rgan, o‘z onasiday hurmat etgan, yoshu qari ehtirom bilan tilga oladigan xonimlardir ular. Sizning modachilaringiz tonggacha mayxonalarda, qimorxonalarda begonalar qo‘ynida safolat bilan ovunadilar. Biznikilar esa fazilatli turmushi bilan ko‘ngillarda taxt qurganlar, har bir harakati Allohdan qo‘rquv hissi bilan to‘la, har ishi Alloh rizosi uchun bo‘lgan, sharafli hayot kechirgan ayollardir. Munavvarxonim so‘zlari farosatli bir inson uchun kifoya ekanligini o‘ylab to‘xtadi. Qiz parishon bo‘lib qoldi, umridagi eng kuchli zarbani oldi. Shu bilan birga ko‘nglida bir maroq, bir qiziqish paydo bo‘ldi. Kim ekan bu Munavvarxonimlarning «moda»chilari? Nega shu paytgacha hech kim eshitmagan ularni. Sekingina so‘radi: — Kechirasiz, Munavvarxonim, kimlar sizlarning modachilaringiz? Nega hech kim bilmaydi, nega hech kim eshitmagan? Siz aytgan moda qay bichimda? — Qizim bizning «moda»chilarimiz, Xadicha onamiz, Oysha onamiz va Fotima onamizdir. Biz ularning andozasiga ergashamiz. Bu yuz, qo‘limizdan boshqa joylarimiz yopiq bo‘lishi, nomahramga ko‘rsatmaslik, nomahramlar bilan birga o‘tirmaslik, yolg‘iz holda ham uyatli bir qiyofada qolmaslikdir. Mana, hammasi shu. Bu ulug‘ millatlarni tiklagan, ma’naviyatlarni saqlagandir. Bu ulug‘ zot ayollarni eshitmaganligingiz masalasiga kelsak, ko‘pgina yoshlarnint quloqlari ochig‘u, jon qulog‘i, qalb ko‘zi berkilgan. Aksincha bo‘lsa, yaxshi, edi. Ya’ni, inson qulog‘ini turli zararli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling