Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

 
VIII 
1966 yil. Bahorning oxirgi kunlari... Havo bir salqinlab, goh isiydigan kunlar... 
Bir kun Amina o‘rnidan holsiz turdi. Vujudida bir lanjlik sezdi. Munavvarxonim odatdagiday: 
— Xayrli tong, qizim, qalaysiz? — der ekan uning holsizligini darhol bildi. 
— Xayrli tong, ona! 
— Nega holsiz ko‘rinasiz, Amina? 
— O‘tib ketadi, ona, unchalik og‘irmas. Munavvarxonim qo‘lini uning peshonasiga ko‘ydi, 
harorati baland edi. Dam olishi kerak. 
— Amina, dam oling, bolam. Issig‘ingiz baland. 
— Hozir o‘tib ketadi, ishlarim bor, ona. 
Ishingizni qarang-u, bir-ikkita kir-chir bilan bir uyni supurish ish bo‘ptimi?! Yaxshi bo‘lgach, 
qilasiz. 
Amina majburan yotdi. Boshi qattiq og‘rirdi. Munavvarxonim sochiqni ho‘llab peshonasiga bosib 
qo‘ydi. 
— Alloh shifo bersin, qizim! 
Amina ko‘zlarini yumdi. Munavvarxonim zo‘rlab yotqizmasa bari bir bir-ikki soatdan so‘ng o‘zi 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
ham yotishga mayasbur bo‘lardi. Butun vujudi pichoq sanchganday og‘rirdi. Qo‘li qaeriga tegsa, igna 
kirganday his etardi. 
Oradan yarim soat o‘tdi. To‘shagida bir o‘ngga, bir chapga ag‘darilib, to‘lg‘anib yotgan Amina, 
eshik ohista taqillab, sekin ochilganini eshitdi. Bir-ikki lahzadan so‘ng 
Munavvarxonimning past ovozda: 
— Amina, Amina! — deganini eshitib ko‘zlarini ochdi. Amina turishga harakat qildi. Bu orada 
qo‘lidagi la’li patnisni qo‘yib, Munavvarxonim yordamga yetib keldi. Yelkasiga ikki yostiqni tayab 
qo‘ydi, jun choyshab bilan yaxshilab o‘radi, so‘ngra jo‘ka guli qaynatmasi to‘la istakonni og‘ziga tutdi. 
— Qo‘ying, ona, ovora bo‘lmang, o‘zim ichaman. 
— Yo‘q, qo‘llaringiz sovuq qotmasin, o‘zim ichiraman. 
— Uyaltirmang, ona! 
— Uyati yo‘q, qizim. Bir ona bemor qiziga xizmat etsa, nimasi uyat?! Men xasta bo‘lsam, siz 
ichirmaysizmi? Qani, «Bismilloh» deng. 
Amina «Bismilloh»ni aytib ichdi. Yutum-yutum, ho‘plam-ho‘plam ichar, har ichganda onasiga 
minnatdor boqib qo‘yardi. Har bir qaynona kelinga shunday muomalada bo‘larmikan? Ustma-ust 
ichirgach, yana o‘rniga o‘rab-chirmab yotqizdi. 
— Issiqlab ketdim, deb ustingizni ochib yubormang, qizim. Terlang, inshaalloh shifo topasiz, — 
dedi Munavvarxonim. 
Amina yotdi. Noma’lum bir narsa boshidan aylangandek bo‘ldi. Bu tushuncha, bu fikr, bu hodisa 
bir, besh, o‘n besh bor o‘tdi kallasidan. Miyasi zirqiraydi. Qutulmoq istaydi, ammo imkon yo‘q. Hech 
bo‘lmasa boshida tasmaday davomli aylanayotgan narsaning nimaligini bilsa edi. Goho o‘ziga 
kelganda zehn charchoqligini his etdi. Boshidagi nima ekanligini bilgani yo‘q. Ba’zan Munavvarxonim 
eshikni asta ochib, uning parishon yotganini kuzatib ohista chekinardi. 
Ikki soatlardan so‘ng Aminaning peshonasida ter donalari paydo bo‘ldi. Tashqarida ishlarini bitirib 
kelgan Munavvarxonim uning bosh tomoniga o‘tirib, yetti bor "fotiha" o‘qib, Alloh taolodan shifo 
tiladi. 
Amina isitma ta’sirida choyshabdan qo‘lini tashqari chiqardi, endi-endi terlayotganini ko‘rgan 
Munavvarxonim uni o‘rab qo‘ydi. 
Orada goh Aminaning peshonasini artardi. Yarim soatcha Amina rosa terga botdi. So‘ng ko‘zlarini 
ochdi. Boshi ustida qaynonasini ko‘rdi. Dudoqlarida holsiz bir kulimsirash paydo bo‘ldi. 
— Qalaysiz, qizim? 
— Terlabman, ona. 
— Ha, terladingiz, qizim. O‘tib ketadi, inshaalloh. Munavvarxonim turdi, kiyim keltirdi. Tezda 
almashtirib yana o‘rniga yotqizib qo‘ydi. 
O‘sha kuni Amina yana bir necha bor terladi. Butun tanasi har gal jiqqa-jiqqa terlarga botdi. 
— Ona, juda holsizman, miyam chaqnaganday bo‘lyapti. 
— Sabr eting, Amina. Bunday deyishdan foyda yo‘q, qizim. Juda qiynalganingizni bilyapman. 
Agar sabr etsangiz Alloh ko‘p ajru savob beradi. Sabr etib dardingizni Allohdan boshqasiga shikoyat 
etmasangiz, bu ter gunohlaringizni ham yuvib yuboradi. Pok-pokiza, gunohlardan forig‘ bo‘lasiz, 
Amina. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sabr etgan xastaning gunohlari kuzgi daraxt yaproqlaridek to‘kilishini 
marhamat qilganlar. 
Munavvarxonim asr vaqti Aminaning kiyimlarini qayta almashtirdi, ustidan yechib olganlarini 
ko‘tarib tashqari chiqarkan Aminaning: 
— Ona, kiyimlarimni bir chetga qo‘ying, turgach o‘zim yuvaman, — deganini eshitib: 
— Xo‘p, qizim, endi dam oling. Men namozimni o‘qib kelaman, — deb tashqariga chiqdi. 
Namozini o‘qidi, kirlarni yuvib, ilib qo‘ydi. So‘ng Amina uchun tahorat suvi olib kirdi. 
— Amina, qani tahorat qilib, namozingizni o‘qib oling, — deb uni turg‘azdi. Yordamlashib tahorat 
oldirdi. Amina namozini o‘qib, yana yotdi. 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling