Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- * * * Munavvar xonimning yoshligi, kelinligi
www.ziyouz.com kutubxonasi
54 emasdi. — Qizim, sizni yaxshi ko‘raman, ammo bu boshqa masala. Siz uchun, nomaqbul bir ishni qilish esa yana boshqa gap. Siz so‘ragan masalangiz yuzasidan suhbatlashishimni xohlaysiz, mening Janobim esa sukut saqlashimni istabdi. — Sizning Janobingiz kim, ona? — Payg‘ambarim. Devorda osig‘liq Ravzai Mutahhara suvratiga qaradi. Shunda Amina Munavvarxonim har on bir ulug‘ zot qarshisida turib odob saqlaganday ohista so‘zlashining sababini endi angladi. Demakki, bu xonimlar xonimi har on o‘zini Payg‘ambarlarning huzuri poklarida sanaydi. Amina bu maqsadiga yetolmadi. Yetolmasdi ham. Munavvarxonim uni qanoatlantirish uchun: — Amina, siz bir insonning zarariga sabab bo‘lsangiz, masalan, bir bolani aldab ishontirib o‘g‘rilik qildirsangiz, bir necha kun o‘tgach, sir ochilsa va bola jazolansa, bundan xafa bo‘lasizmi? Bu ham shunga o‘xshash. Savolingizga javob bermaganim sizni ham xuddi o‘zimday o‘ylaganimdan, tushundingizmi, qizim?! — Tushundim, ona. Uzr so‘rayman. * * * Munavvar xonimning yoshligi, kelinligi 1942 yil... Olmon harbi shiddat bilan davom etayotgan yillar. Qahatchilik. Qiyinchilik. Qimmatchilik. Ocharchilik. Bir kilo bug‘doy narxi osmonda. Non, yog‘ chek bilan olinadi... Mana shunday davrda uch bolali, nochor oila. Bizga tanish bo‘lgan to‘ng‘ich qiz endi o‘n sakkizga qadam qo‘yayotir, boshqa bolalarning biri o‘n ikki, biri o‘n yoshlarda. Faqirlik — hayot sinovi, mashaqqatli bir holdir. Bu o‘n sakkiz yashar qiz faqirlikning tor tuynukchasidan dunyoga bo‘ylagan, ta’bir joiz bo‘lsa, insoniylik va hayot maktabining tirishqoq tolibasidir. Chek bilan olinadigan non bir odamga judayam kamlik qiladi. Ko‘proq olishning aslo imkoni yo‘q. Non yopish uchun esa bozorda bug‘doy juda ham qimmat. Pullari yetmaydi. Bug‘doy topilmaydi ham. Tirik qolishning birdan bir chorasi chek bilan olinadigan nonga qanoat qilish. Boshqa iloj yo‘q. Chek bilan non sotilishining ilk haftasi edi. Dasturxondagi nondan birinchi bo‘lib qo‘l tortgan to‘ng‘ich qiz bo‘ldi. — Nega olmaysan, Munavvar? — Yetarlicha yedim, ota. — Yaxshi to‘ymading qizim, qara, noningning yarmi qoldi. — Ko‘p yemoqchi emasman. Siz oling, ota, menga qaramang. Otasi to‘g‘ri aytdi, Munavvar to‘ymagandi. Shugina nonga odam to‘ymaydi. Zotan, necha kunki o‘z ulushini yemaydi, bari-bir to‘ymadi Munavvar. Ikki kichik ukasi-chi? Ular ham o‘ziday och qoladi. Munavvar chidaydi, ammo ular-chi? Shu sababdan dasturxondan qo‘l tortdi. Qolgan nonni ikki bo‘lib ukalariga uzatdi. Kichigiga: — Bakr, mana buni ham yeyaolasanmi? — dedi. Bolaning ko‘zlari porladi. Sevinch bilan ha deganday bosh qimirlatdi. — Unday bo‘lsa, ko‘raylik-chi, yeb qo‘yaolasanmi? — Yeb qo‘yaman, opa. Bolalar ham to‘ymayotgandi. Uchovi och qolgandan ko‘ra, ikkovi picha to‘ygani ma’qul. O‘sha kundan e’tiboran Munavvar opalari o‘z ulushining yarmidan ko‘pini yemadi. Onasi bir kun iltimos qildi, qistadi, och qolasan, dedi. — Och qolsam yemasmidim, ona, och qolishni istaymanmi? Bir oz keyin o‘n sakkizga to‘lgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling