Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
56 Yillar davomida kelinlik hayotidan shikoyat qilganini birov ko‘rmadi, hech kim eshitmadi. Bu uyga janjal uchun emas, yaxshi turmush uchun kelganini barcha xatti-harakatlari bilan isbot etdi. O‘rnak bir qaynona bo‘lib yetishganidek, avval namunali kelin bo‘lib yashadi. Yomonlikka qarshi yaxshilik, turli muomalalarga nisbatan hurmat, teskari gapirganlarning, mish- mish tarqatganlarning foydasini o‘ylab so‘zlash fazilati u kelin bo‘lgan uyda kunlik hodisalar orasida o‘rin oldi. Har qachon, har mahallada bo‘lganidek, jag‘i ochilgan vaysaqi xotinlardan biri qaynonasidan eshitganlariga bir talay gaplarni qo‘shib-chatib, unga aytib berish, to‘g‘rirog‘i, chaqish uchun chiqdi. Munavvar bir pasda uning umidini puchga chiqardi. — Xola, men uning qiziman, bundan ortiqroq tanbeh berishga haqqi bor. Siz nega bekorga zahmat chekyapsiz? Uzoqda emasman-ku, chaqirib yuzimga aytar. Bunday ishlar uchun o‘zingizni urintirmang. Yoshman, ularchalik tajribam yo‘q. Albatta, qusurim bor; ular gapiradilar. Agar ular gapirib, o‘rgatmasalar holim ne kechadi. El-elatga sharmanda bo‘lmaymanmi? Eshitgan tanbehlari o‘z-o‘zini tarbiyalashga, kamchiliklarini yo‘qotishga yordam berardi. Avval o‘ylab ko‘radi: «Men haqiqatan ham shundaymanmi?» Shunday bo‘lsa, bu fe’ldan voz kechtiradigan choralar axtaradi. Aksincha bo‘lsa, Allohdan qaynonasini afv etishini so‘raydi. Munavvar qaynonasi ayblagandek soxtakor emasdi. Hiyladan, ikki yuzlamachilikdan nafratlanardi. O‘zini bir muddat soxtakor emasman deya ovutdi. Lekin bir kun ro‘y bergan hodisa sababli o‘z- o‘zidan uyaldi. Muhim bo‘lmagan bir narsa xususida ikki ayol suhbatlashardi. Zotan, banogoh uchrashib qolgan ikki xotin qanday muhim gapni gaplashardi. Dindan, Allohdan, fazilatdanmi?! Munavvar bunday mish-mishlarni tinglashni xush ko‘rmasdi. Lekin, uyiga kelgan bu ikki mehmon ayolni tashlab ketib bo‘lmasdi. Ikkisi ham nimadir to‘qir, gaplashishni ham unutmasdi. Biri to‘qiyotgan narsasining tugunlarini sanay boshladi. Qarshisidagi xotin bundan xabarsiz edi. — Ertaga, Fotima xonimlarnikiga kelasizmi? — dedi. Javob bo‘lmagach, boshini ko‘tarib qaradi, tugun sanamoqda. Savolni takrorladi. Ayolning fikri hisoblash bilan band edi. Tugatib qaradi: — Bir narsa dedingizmi, ish bilan bo‘lib yaxshi tushunmadim, uzr, sanayotuvdim-da, — dedi. To‘g‘ri. Hisoblayotganda tinglayolmaydi, tinglasa hisoblayolmaydi. Bir insonning fikri-zikri, kasbi bir onda ikki narsaga mashg‘ul bo‘lolmaydi. Biri bilan mashg‘ul ekan, boshqasini unutishga majbur. Munavvar mana shu fikr ustida to‘xtalib qoldi. Shu paytda soxtakor ekanini yaxshi angladi. Ha, Munavvar soxtakor edi. Namozda tili zarur, lozim bo‘lgan oyat, takbir, tasbehlarni takrorlar, dili esa namozga mutlaqo aloqasiz narsalarga mashg‘ul edi; uy supurar, kir yuvar, ovqat pishirar, liboslarining so‘kiklarini tikar, namozidan tashqarida bo‘lardi. Ajablanarli tomoni bu ahvolni namoz o‘qish hisoblab, Munavvar o‘zini aldardi. Mana, shu soxta namoz. Demak, bunday namoz o‘quvchi kim bo‘lishi ma’lum. Alloh huzurida turib hushsiz o‘qigan namozlaridan uyaldi. Necha yillar bu ma’naviy huzurdan bebahra qolganidan o‘kindi. Natijada uni soxtakor atab, bilmasdan o‘zini o‘ziga tanitgan qaynonasini duolar qildi. Munavvardagi axloqiy o‘zgarishlar asosan shundan boshlandi. Noto‘g‘ri ishga qo‘li, noto‘g‘ri so‘zga tili bormay qoldi, bunga ko‘ngli rozi bo‘lmas, qandaydir ichki his jilovlab turardi. Bir soat avval Alloh huzurida turganini, bir-ikki soat keyin yana turajagini o‘ylar, ko‘nglini bir soat avvalgiga nisbatan kirli ko‘rsatishga Parvardigordan uyalar, buni muruvvatsizlik hisoblardi. Bir kun Parvardigori: — Senga pokiza qalb ato etdim, nechun dog‘ tushirdint? Ne uchun omonatimga xiyonat etding? — deya hisob-kitob qilajagini o‘ylar edi. Munavvar bularni o‘ylar ekan, ko‘nglida yolg‘on so‘zlash, mish- mishga o‘rin qolmadi. Munavvarda g‘ayriinsoniy harakatlarga nisbatan insoniy muomala bilan javob qaytarish, uyga ikkinchi kelin kelishi bilan boshlandi. To‘g‘rirog‘i, qaynonaning fikricha, uning istagini kelini bo‘yin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling