Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
* * * Munavvarning butun hayotiga qaralsa, kichikligidan o‘rnak oladigan ayol ekanligi namoyon bo‘ladi. Xo‘sh, bu yetuklik, kamolot manbaining ildizi qaerda va nimada? Maktab va ta’lim-tarbiya insonni nimalarga erishtirishi mumkin, nimalar berishi mumkin? Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi www.ziyouz.com kutubxonasi 64 Ba’zilarga ko‘p narsa, kimlargadir hech narsa. Munavvar maxsus tarbiya beradigan bir maktab ko‘rgan emas. Diniy tahsil ham olmagan. Chunki zamonning diniy tahsil bilan hech qanday aloqasi yo‘q edi. Hatto bir kun muallim sinfda: — Qani bolalar, Allohdan qand so‘ranglar-chi, berarmikan? — degan, hamma qand so‘ragan, bir ish chiqmagan, so‘ngra, — qani endi mendan so‘rab ko‘ringlar-chi, — degan, bolalar undan so‘ragach, qand tarqatgandi. Shu orada bolalardan bir qo‘lini ko‘tardi. — Nima deysan? — Muallim, onam menga qand yegizmaydi, tishing chiriydi, deydi. Qand o‘rniga menga olma bersangiz... Muallim shoshib qoldi. Uning maqsadi bolalarga, qand tarqatmoqdan tashqari Allohning borligi va yo‘qligi xususida bir-ikki so‘z aytmoq va natijada: «Mana undan qand so‘rasangiz bermaydi, men berdim» demoqchi edi. Lekin muammo chiqdi.Uning oldini olish uchun: — Senga ham ertaga olma keltiraman, — deb masalani yopdi. Ammo endi ikki qator oldindagi bir qiz qo‘lini ko‘tardi. — Nima deysan, Munavvar? — Dugonam qand yemayapti. Boshqa hamma yeyapti. Men ham yemayman, u yolg‘iz qolmasin. Ertaga ikkimiz olma yeymiz. Masala cho‘zilib ketmasligani istagan muallim «mayli» dedi. Ammo olma so‘rab ololmagan bolaning xafaligi oldida, ko‘pgina do‘stlariga qand tarqatgani holda, bir bolaga olma berolmagan muallimning ko‘zbo‘yamachiligi sezildi. Ana shunday qiyofali maktab bolalarga yaxshi axloq berishi mushkul edi. Diniy tarbiyani uyda olish ham ancha qiyin edi. Lekin onasidan Qur’on va namoz o‘qishni o‘rgandi. Ozgina bo‘lsa ham diniy ma’lumot oldi. Munavvar, tug‘ma — fitratan pokiza edi. Fazilatlarining manbai va ildizi mana shu. Agar iste’dod yaxshi tomonga yo‘naltirilsa, bebaho inson bo‘lib, kamolotga erishadi. Shu yo‘l — Munavvarning hayot yo‘lidir. Yaxshi-yomonni nozik fahmlagani uchun shunday voyaga yetdi. Masalan, otasi oqshomlari horib-charchab qaytganida onasi noxush qarshilardi. Xo‘sh, onasi o‘zini otasining o‘rniga ko‘yib qarasa-chi? Qanday kutib olishini istardi? Bir kun bu savolga go‘zal javob topdi. Bog‘larida tut bor edi. Shu sabab qushlar, ayniqsa, chumchuqlar ko‘p bo‘ladi. Hatto yon devorga uya qurgan, in solgan qushlar ham bor edi. Munavvar ularni derazadan bemalol ko‘ra olardi. Bu uyalarning birida ertalabdan-kechgacha onasi va onasi keltiradigan yegulikni kutishdan boshqa narsaga yaramaydigan ikki polapon bor. Nogoh boshqa chumchuqlar sayrog‘i aro ularning ham shiddatliroq chirqillashi eshitilib qolar, bu onalari kelganidan ishorat edi. Va uyasidan oshib tushgudek talpinib: «Ona, menga bering, menga bering, ona», degandek bo‘lardi. Og‘izlar shu qadar katta ochilib ketadi- ki!.. Ona naridan-beri to‘plab og‘zida olib kelgan yegulikni bo‘lib berib, tag‘in ularga rizq axtarmoq uchun uchib ketadi. Munavvarning otasi ham yaxshi kutib olinishi, bemalol dam olishi uchun sharoit hozirlab, birga sevinib, birga dard chekib insoniylik ko‘rsatilishi lozim emasmi?! Onasi qovog‘i soliq holda kutib oladi, otasining ko‘nglini Munavvar ko‘tarolmaydi. Xech bo‘lmasa ochiq chehra bilan kutib olsa, otasining boshi osmonga yetmaydimi? Bir kun devor chetida o‘rgimchakning to‘r to‘qishini kuzatdi. Tartibi yoqdi. Shu kundan boshlab uyga boshqacha bir fayz, o‘zgacha bir tartib kirdi. Boshqa kun katakdagi ikki tovuq, bir xo‘rozga don sochdi, ajabo, xo‘roz qichqirib tovuqlarni chaqirdi va ular to‘yguncha don cho‘qimay turdi. O‘zidan kichiklarga yaxshi muomala qilish, o‘zidan avval ularning g‘amini yeyish lozimligini o‘shanda chuqur angladi. Shu tariqa atrofidagi voqealardan kerakli xulosalar chiqarib, o‘z hayotiga tadbiq qilish Munavvarxonimning odatiga aylandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling