Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
59 qaynonaga yolg‘ondan cho‘ri bo‘lib, meni ham shu ko‘yga tushirmoqchimisiz? Haddingizdan oshmang. Bugungacha jim yurdim, sabr etdim. Munavvar bu surbetlik oldida jim turishni ma’qul ko‘rdi. Lekin kelinning og‘zi hali zamon yopiladiganga o‘xshamaydi. Dag‘al ohangda amr etdi: — Bugundan boshlab bu uyda biror ishga aralashmaysiz. Sizga birinchi tanbehim shu. Nima demoqchiligini Munavvar anglay olmadi: — Tushunmadim, Komila... — Tushunmaydigan joyi yo‘q. Bugundan boshlab bu uyda ishlamaysiz. Vo ajab! Shu kungacha qo‘lini sovuq suvga urmagan Komila barcha ishni o‘z zimmasiga olmoqchimi? Yo‘q, ololmaydi. Uyning butun ishlarini unga yuklab, o‘zi bir chekkaga chiqib o‘tirish xonimning qo‘lidan kelmaydi. Darhol e’tiroz etdi: — Bo‘lmaydi. Barchasini sizga topshirib, o‘zim qarab turolmayman. Birga bajaramiz. Bu gapni yangi kelin anglamadi: — Qanday qilib, barcha ishni menga qoldirarmishsiz? — Men ish qilmasam, barcha ish sizga qolmaydimi? Kelin qahqaha otdi. — Tentak, ikkimiz ham ish qilmaymiz. — Unda kim, bajaradi? — Qaynonam. So‘ng masxaraomuz qo‘shib qo‘ydi: — Ya’ni sizning onangiz. — Yo‘q, bunaqasi bo‘lmaydi. — Shunaqayam bo‘ladi-ki!... — Siz ishlamoqchi emassiz, shundaymi, bir chetga chiqib turmoqchisiz? Ammo men ishlayman. Mendan yigarma yosh katta odamni ishlatib qo‘yib, qarab turolmayman. Xudoga shukr, vijdonim bor. — Vijdoningizni qarang-u! So‘ng buyruq ohangida dedi: — Men ortiqcha nozu karashmani ko‘tarolmayman. Nima desam, shuni bajarasiz. O‘zingizga zarar bo‘lishini istamasangiz, so‘zimni ikki qilmaysiz. Yo‘qsa, o‘zingizdan ko‘ring. Kelinning surbetligi oshib borardi. Yaxshilikni anglamagani yetmaganidek, birovni ham yo‘ldan urib, zo‘ravonlik qilib izmiga solmoqchi. Yoshi kichik bo‘lsa-da, Munavvardan sal bo‘ychanroq edi. Janjal-to‘polon ichida o‘sganga o‘xshaydi. Munavvar yana past kelib, gapni uzoqdan boshladi, yumshoq ohangda dedi: — Men bu uyda shunga o‘rgandim, boshqacha ish tutolmayman. Kelinning ko‘zlarida g‘azab chaqnadi. Hayqirdi: — Tutasan dedim, tutasan! Munavvarning yuziga shapoloq tushirdi. Uch shapoloq yegan Munavvar nima qilarini bilmay dovdirab qoldi. Bir odim chekindi. — Nima bo‘lyapti, Komila. — Nima bo‘lyapdi deydi-ya, tag‘in! Shunday deya shiddat bilan qaytadan qo‘l ko‘tardi. Munavvar chaqqonlik bilan uning qo‘lini tutib, to‘sqinlik qildi. O‘zini zo‘ravonlik bilan yo‘ldan urmoqchi bo‘lgan bu ayoldan tayoq yeb, jimgina ketaverish har qalay insoniylik alomati emas. Unga saboq bermoq kerak, chunki nasihat bilan, yaxshilik bilan qabul qilmadi. Hamma ishni qaynonaga qoldirishni buyurdi, Munavvar ko‘nmagach urushga otlandi. Xudo biladi, qo‘yib bersa, ikkinchi-uchinchi galda qaynonasini urishga buyruq berar, e’tiroz etsa, yana kaltaklashga tushar?! Shu sababdan ushlab olgan qo‘lini qo‘yib yubormadi va: — Odob saqlang, — dedi. Kelin qutulmoq uchun tipirchiladi: — Qo‘yvor, keyin dabdala qilaman seni! — deya baqirdi va ikkinchi ko‘li bilan urmoqchi bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling