Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
turardi. Oldini olsa-ku yanada yaxshi, hech bo‘lmasa, yengillatishga, yaxshilashga urinib ko‘radi. 
Ovsin bilan birga qilinadigan yumushlarni Munavvarning o‘zi jimgina bajaraverdi. Tongda har 
kungidan va kelinposhshadan bir oz oldinroq turib bog‘ni supurdi. Nonushta qilar-qilmas bir gap 
bo‘lmasin deya idish-tovoqlarni, kir-chirlarni yuvdi. 
Bu holni ko‘rgan qaynonasi: 
— Munavvar, navbat bilan yuvinglar. Bir kun sen, bir kun Komila yuvsin, — dedi. 
— Mayli, ona. Bugun men boshlayveray-chi. 
Lekin har kun navbat uniki edi. Va bu holdan u xafa bo‘lmadi. Bu ne ko‘rgilik, faqat men 
ishlayman, demadi. Bir kun qaynonasi Komilaga: 
— Qani, Komila, mana buni yuvib qo‘ying, — deyishi bilan janjalning birinchi pardasi 
ochilganday bo‘ldi. Kelin xonim: 
— Men qiladigan ishni sizdan o‘rganmoqchi emasman. Qilmoqchi bo‘lsam, o‘zim turib 
qilaveraman, — deb gap qaytardi. 
— Xo‘sh, bo‘lmasa nimaga qilmayapsiz? 
— Buning sizga aloqasi yo‘q. Nima qilishni o‘zim bilaman. 
— Menga aloqasi bo‘lmasa, kimga aloqasi bor, qizim? Bu uyga nima uchun keldingiz? 
— Har holda sizga cho‘rilik qilish uchun emas! Ishning bunday tus olganini ko‘rgan Munavvar: 
— Ona, bugun mening navbatim. Komila, ertaga qilar, dedi. 
— Qizim, har kun navbat sizniki bo‘lmaydi-ku. Hammasini siz bajaryapsiz. 
— Mayli, ona. Bugun men boshlayveray... Gap to‘xtadi. Munavvar barcha ishni o‘zi qildi, 
janjalning oldi olindi. 
Asrdan keyin qaynona qo‘shnilar uyiga chiqib ketdi. Ikki kelin uyda qoldi. Komilaga bir oz nasihat 
qilish maqsadida: 
— Komila, bugun janjal chiqishiga sal qoldi-ya, ehtiyot bo‘ling, singlim, — dedi Munavvar. 
— Chiqsa nima bo‘pti? Ko‘rqarmidim undan?! Munavvar sekin davom etdi: 
— Maqsad — yaxshi turmush, janjal emas, bu inson bizning onamiz. Kattadan yomonlik 
chiqmaydi. Sizga yaxshilikdan boshqa narsa istamaydi. Ona qiziga baqiradi, yaxshi-yomon so‘z aytishi 
ham mumkin. 
Komila kelin bu uyda istaganini ko‘rmadi, izlaganini topmadi. Bir kelin borligini eshitgach, 
qaynonani qayirib olamiz, degan o‘yda edi. Munavvarning fe’li bu o‘yga muvofiq emasligini ilk 
haftadayoq tushundi. Bu gal ikkisining haqlarini birdan berib qo‘yishni mo‘ljalladi. Faqat qaysi biridan 
boshlash kerak? 
Munavvar sokin va xotirjam ohangda so‘zladi. "Ishni bundan keyin boshlash ma’qul". Munavvarni 
ortiq tinglamadi. 
— Qayoqdan bizning onamiz bo‘lsin?! Qaynonaning ona deyish odat bo‘ldimi deyman?! 
— Odat emas, singlim. Agar turmushingiz yaxshi bo‘lishini xohlasangiz, ona deb bilasiz. Menga 
quloq solsangiz, sabrli bo‘ling. Yomonlik qilganga yaxshilik qiling. Insondan yaxshilik, insoniylik 
qoladi. Albatta kelin bo‘lish oson emas. Ota uyidagi rohat borgan joyda topilavermaydi. Qovoq solsa, 
kulib qarang. Dag‘al gapirsa, yumshoq javob bering. Hiyla qilganga, yaxshilik qiling, oxiri baxayr 
bo‘ladi. 
— Xo‘sh, siz shunday qildingizmi? Qaynona qo‘pol muomala etganda siz uni ona bildingizmi, sabr 
etdingizmi? 
Munavvar bu savolga javob bermadi. Sukut saqladi. Kelin davom etdi: 
— Boshqaga o‘rgatish oson. Ammo amal qilish qiyin. O‘zingiz amal etmagan ishni menga qil 
deyishga uyalmaysizmi? Siz oqlovchimisiz? Ikkingiz bir bo‘lib meni ezmoqchimisizlar? Men 
hayvonday ishlarmishman-da, xonimlar istirohat qilmoqchi emishlar. Yana ona-bola bo‘larmishmiz. 
Ovoz balandroq ko‘tarildi: 
— Menga qarang! Hushingizni yig‘ing! Men o‘zimni ezdirib, xor qilib qo‘ymayman. Shunday 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling