Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 — Ko‘p haqqingiz bor menda, yanga. Sizga ko‘p haqsizliklar qildim. Bir kun o‘zimga qaytishini o‘ylamadim. Bugun jazoyimni olayapman. Bunchalik qiyin, achchiq bo‘lishini bilmagan ekanman. Bir yarim yilki, tortmagan azobim qolmadi, bo‘g‘zimga keldi. Endi chidolmayman, yanga. Nigorning ko‘zlaridan jaladay ko‘zyoshlar to‘kildi, ro‘molchasi ho‘l bo‘ldi. Davom etdi: — Faqat qaynsingil dardi, qaynsingil balosi bo‘lsa chidardim, sabr etardim. Ikki kundan so‘ng egalik bo‘lib ketadi derdim. Lekin er dardi undan oshib tushdi. Har oqshom ichib keladi. Kunim mastni ovutish, so‘kish eshitish bilan o‘tmoqda. «Gapir, — deydi, — gapir, men yaxshimanmi?» «Yaxshisiz, hammadan yaxshisiz!» deyman. «Men yaxshiligimni sendan so‘rab bilamanmi? Sen kim bo‘lding-ki, mening yaxshiligimni ta’riflasang», dey baqiradi. Uyat so‘zlar aytib so‘kinadi. Jim turish ilojsiz, yomonsan desang bu ham bo‘lmaydi. Qusadi. Ertalab libosini iflos holda ko‘rib, aybni menga ag‘daradi. Nigor shu tariqa gapirib, ko‘nglida borini to‘ki bo‘shatdi: — Sizga qilganim ortig‘i bilan qaytdi, yanga. Oh, bir qutulsaydim, — deb so‘zini tugatdi. Tasalli berdim: — Xafa bo‘lmang desam, foydasiz, ammo nachora, sabrdan o‘zga chora yo‘q. Dunyo rohat dunyosi emas. Hammaning bir dardi bor. Bir kun siz ham huzur ko‘rasiz, — dedim. Shu yerda so‘zimni bo‘ldi: — Mening dardim boshqalarnikidek emas. Bu ketishda faqat o‘lim huzuriga boraman, — dedi va ko‘zlarini yumdi. Ko‘z yoshlari duv-duv to‘kilarkan, diqqat qildim: Nigor bir yarim yil avvalgi Nigor emas, xarob bo‘lgandi, o‘n yoshga qarigandek edi. Avval o‘chim oshig‘i bilan olindi deb o‘yladim, so‘ng yana achindim. Bechora mendan ham ko‘proq aziyat chekibdi. Ayol hikoyasi so‘nggida yana shularni aytdi: — Mana, shunday, qizim. Seplaringni ko‘rdik. Dunyo keltirmaysan-ku. Kuching nimaga yetsa, qo‘lingdan nima kelsa shuni ado etasan. Qani nimalar deyisharkin deya bir yo‘qlab qo‘ygim keldi. Ular yonida bir-ikki og‘iz gapirdim, siz ham bor edingiz. Chiqayotganimda qulog‘imga nimalar demadi. Sochiq, paypoq keltirib oldilariga qo‘ymabsizmi-ey... Yana nima balolar. Bunday qilish uyat. Buni gapirib yurish insonga yarashmaydi. Tarbiyali odam bunday izzattalab bo‘lmaydi. Yana to‘yning ikkinchi kuniyoq kelgan-ketganga bularni gapirib yurish yaxshimas. Shundaymasmi, bolam?! Mashaalloh, go‘zalsiz, odoblisiz, ko‘lingizdan ish keladi. Ko‘rdim, uyni tartibga keltiribsiz. Yana nima kerak? Uyga bir ko‘z yugurtirib chiqqach: — Siz kelguncha iflos bo‘lib yotardi bu uy. Hamma narsa ostin-ustun, ayqash-uyqash edi. Nachora, bolam. O‘z boshidagi kalini ko‘rmaganlar, boshqaning sunbul sochidan ayb axtararkan. Dunyo shunday, teskari dunyo, teskari aylanmoqda. Kelinning dardi qo‘zg‘aldi. Haqiqatdan ayol aytgandek emasmi?! Ne qilsa, yoqtirishmaydi. Mehmon oldida izza qiladi, kiygan kiyimigacha gapirib kamsitadi: «Buni kiyib bo‘lmaydi, qizim, borib pushti ko‘ylak kiyib keling», deydi. Boshqa mehmon oldida boshqacha gapirishadi. «I-e, qizim, har kelganning yonida bu kiyilavermaydi-ku, ayb bo‘ladi. Tez o‘zgartirib, boshqasini kiyib keling. Qo‘limni o‘pishni unutmang». Buyruq beraverishadi. Istasa unisini, istamasa bunisini kiydirgizishadi. Har kelgan mehmon uchun alohida libos kiymoq kerak, degan xulosaga kelgan holda ertadan kechgacha kiyim almashtiradi. Kelin bugun o‘ziga bir hamdard (aslida dardiga dard qo‘shuvchi) topgandi. Uning hikoyasi dardiga malhamday ko‘rinsa, aslida tuz, undan ham battar bir zahar edikim, ikki tomonni — qaynona, qaynsingil va kelinni jiqqa musht qilishga, oila va ayniqsa kelinning dardini kuchaytirishga bemalol yetib ortardi. Bechora kelin tushuna olmasdi. «Men bu yerga turmush qurgani keldim, g‘avg‘o uchun emas» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling