Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 Tishlari kemtik qaynona, O‘g‘ling yegulik keltirmish, Sensiz yedik qaynona. ” Munavvarxonimga qarab sizga aytyapman, degandek bo‘lardi. Yoshi o‘ttiz beshlar atrofida ko‘ringan bu ayolning yo qaynonasi yo‘q, yo uning og‘zini ochirmaydigan holga keltirgan. Yana kim bilsin, o‘z uyida kelinidan mag‘lub, o‘g‘lini uylantirganidan, shu o‘y boshiga kelganidan pushaymon, har kun kelinidan yomon so‘z eshitadigan, kaltak yeydigan qancha-qancha qaynonalar bordir-ki, bu so‘zlar ularga balki ignadek botib borardi. Boshlariga musht tushgandek bo‘lardi. Qorindor ayol yetarlicha o‘ynadi. So‘ng tishlarining bir qismi tushgan, bir qismi chiriy boshlagan o‘n olti o‘n yettilarga kirgan bir qizni terlarini artib, bir tarafdan qiz sening qanday hunarlaring bor, degandek kulimsirab o‘rtadagi qizni kuzata boshladi. Qiz agar boshqasi taklif etmasa, o‘zi o‘rtaga otilib chiqadiganlar xilidan edi. Ba’zilarning uyala-uyala, bir aylanib-qoqilib, o‘tirib qoladigan o‘yingohni zavq va hayajonla kezishlari butun mahoratini namoyon qilib ustaliklarini ko‘rsatardi. Tishlarining xunukligiga qaramasdan nihoyatda xush ovoz edi. “Onajonim, jigarni mushuklar yedi, Oh, shu mushukni tutib olsam… Shu mushukning tuklarini yulib olsam, Etlarini dudlab qoq qilsam, Qaynonamga, qaynsinglimga yedirsam…” Shu zaylda kuylab hammani kuldirar, to‘yni qizdirardi. Faqat u o‘ylab ko‘rmagan balki o‘ylasa-da beparvo qaraydigan bir narsa bor edi. Balki bo‘lajak qaynonasi hozir uni tinglayotgandir. Na qadar xunuk bo‘lsa ham, bitli yosmiqqa ham bir ko‘r xaridor topiladi. Unga: «Eh, bir qo‘limga tushsayding», deb tish qayraganlar bilan birga: «Alloh sendan o‘zi qarasin, hozirdan shunday desang, kim bilsin borgan joyingdagilarning boshiga ne savdolar, ne kunlar solasan. Alloh bo‘lkaj qaynonagga sabr bersin», deguvchilar ham bor. Tajribali kelinlar uning bu so‘zlaridan kelajak hayotini tasavvur qilayotgandek, achinayotgandek bo‘lishardi. Shulardan birining ko‘zlari unga: «Dunyo neligini tezda bilarsan va bu so‘zlarinng pushmon qilarsan», degandek boqib turardi. Munavvarxonim hammasini tinglar, atrofni vazmin va ohista kuzatib yurardi. U bu xil qaynonalardan bo‘lmoqchi emas. Bo‘lmaydi ham. Buning uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. Uning sabri bir kun, bir oy, bir yillik emas. Toshlarni chatnatib, eng marhamatsiz, eng vijdonsiz kimsalarni tiz cho‘ktirajak bir sabr bu! Hach bir qaynonaga nasib bo‘lmagan tengsiz bir sabr! Munavvarxonim kechirimli, bu xislatni keliniga ko‘rsatadi. Har kun qusurli ish qiluvchi, har kun qabih bir yomonlik etadigan kelin kelsa ham uni kechiradi. Yaxshilik yomonlikni ketkazishini biladi. Yaxshilik dushmanlarni do‘st aylashiga ishongan bir azmu qaror ila avf etadi. Faqat odamlar: «Munavvarxonim kelinini yaxshi idora etdi», deyishlari uchun emas, Alloh rizosi uchun va hurmati uchun kechiradi, sabr etadi. Munavvarxonim shunday to‘yga tarafdormidi? Yo‘q. Qo‘lidan kelsa yanada sodda va samimiy bir to‘y qilardi. Faqat turli odatlarga ko‘nikkan jamoatni qanday qilib birdaniga ko‘ngildagidek to‘yga ko‘ndira oladi? U zimmasiga tushgan vazifani qo‘lidan kelganicha ado etdi. Masalan, ayollar orasiga erkak cholg‘uchi kirgizmoq u yoqda tursin, har biri erkaksifat, ayollik odobidan yiroq behayo cholg‘uchilarni ham yaqinlashtirmadi. Ammo bu mahrumiyat ichida ham o‘zicha bir ko‘ngilxushlik tartibi tuzib olganlarga uddaburon ayollar har to‘yda topiladi. Qolaversa to‘y ham bir ko‘ngilochar dilxushlik bo‘lgani uchun bundaylar, agar Allohga isyon darajasiga bormasa, yaxshi kutib olinishi kerak. Kemtik tishli qiz qorindor ayol namoyish etgan maqomlarni davom ettirdi. U maromiga yetkaza olmagan o‘rinlarni qoyillatishga harakat qilardi, oyoqlarini kuyga mos tarzda o‘ynatar ekan: “Qozonda pish qaynona, Tilarga tush qaynona, O‘g‘lingni senga qoldirmam, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling