Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
* * * Mustafo bu paytda o‘g‘lining otasi bo‘lish nash’asi ichida edi. Hayotidan behad mamnun edi. Munavvarxonim kabi bir ona, Amina kabi bir xonim sohibi bo‘lmoq va uch yildan beri na onasidan, na xonimidan kichik bir shikoyat eshitmaylik, buning ustiga samimiyat ichida yashashlarini ko‘rmoq bu ko‘hna Cho‘rumda necha kishiga nasib bo‘lgan ne’mat edi?! Agar bir begona odam ularning turmushini bir-ikki hafta kuzatsa, Munavvarxonim Aminaning onasimi, qaynonasimi — bilii qiyin edi. Gul tikansiz demoq, haqiqatdan yuz o‘girmoqdir. Amina bir gul. Tikani ham bor. Tikanchalik Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi www.ziyouz.com kutubxonasi 69 bo‘lsin og‘riqlari, qusurlari bor. Bular Mustafonint fikricha, arzimas narsalar. Ammo bir kun Mustafo onasiga aytmoqchi bo‘ldi. Masalan, o‘tgan kun tuflisini tozalamabdi. Ikki kun avval ovqatni sho‘r qilib yubordi. Falon kun kiyimining tugmasini qadab qo‘yishni unutdi. Shunga o‘xshash bir-ikki kamchilik... Shularni gapirmoqchi edi. Munavvarxonim darhol: — Mustafo, o‘g‘lim, sen har holda dunyoda turib jannatni talab qilayotganga o‘xshaysan. Shu ham gapmi? Senday er yigitga bu yarashmaydi. Bunday kamchilik har kimda bo‘lishi mumkin. Amina jannatdan kelgan bir farishta emas-ki, istagan narsangni istagan shaklda, istagan vaqtingda bajarsin. Yoki bunday mayda-chuyda gaplarni senga onang o‘rgatgan edimi? Sen gapirmading, men eshitmadim. Agar shularni gapirib, qizimni xafa qiladigan bo‘lsang, men ham seni xafa qilaman, — dedi. Shu bilan gap tugadi. Aslida Mustafo bu gaplarni shikoyat uchun aytmagan edi. Qani onam nima derkin, oldidan bir o‘tib quyayin qabilida ish tutgan edi. Onasining bunday fikrini bir ne’mat bilib, shukronalik bilan qabul qildi. Chunki hamma joyda azaldan kelib, abadga o‘tayotgan bir dard bor edi. Odamning ilk uylanishi bilan boshlangan va so‘nggi uylanganning uyida ham shu zaylda davom etayotgan bir dard... Har kun yangilanuvchi va boshqa bir yerdan yorib chiquvchi, kamayish o‘rniga ortib boruvchi bir dard. Qaynona-kelin murosasi dardi... O‘rtadagi erkak esa o‘zi ishtirokchisi bo‘lmagan jangaing tomonlarini mamnun eta olmagan nohaq hakam... Shunday hukm berilishi bilan ish bitarmidi? Ya’ni nohaqligi aytilgan tomon haqiqatni tan oladimi? Qarshi tomondan uzr so‘rab, ahvolni yaxshilashga harakat qiladimi. Aslo! Haqiqat shuki: tushunchasi mulohazasiz tor qaynona bilan tarbiyasiz kelin orasida krlgan erkakdek mushkul ahvolga tushgan hakam bo‘lgan emas. Hakam nimaga asosan, kimning so‘zlarini e’tiborga olib hukm chiqarsin? Bir tomonda yigirma yil zahmat chekib o‘g‘shsh o‘stirgan, cheksiz huquqi bo‘lgan ona, ikkinchi tomonda butun umidm eridan bo‘lgan o‘ziga omonat sifatida berilgan rafiqa. Ikkalasi ham norozi, ikkalasi ham o‘zini haqli deb biladi, ikkalasi ham mazlum qiyofasidagi zolim yoki zolim ko‘rinishidagi mazlum. Hali hech bir erkak bu ikki azaliy va abadiy raqib o‘rtasida chiqargan hukm bilan ikkala tomonni xursand qila olgan emas. Chunki zolim hisoblangan aslida mazlum deyilganning zulmi bilan mazlum, mazlum ko‘ringan esa zolim bo‘lib chiqaveradi. Bular ikki raqibdirlar: biri sharqda, boshqasi g‘arbda bo‘lsa ham janjal uchun bir-biriga eng yaqin, lekin yonma-yon bo‘lsalar tinchgina yashashlari uchun koinot qadar keladigan, masofagarni oshishi kerak bo‘lgan darajada uzoqlar. Mustafo shularni ko‘nglidan o‘tkazar ekan, turmushida yana-da mamnun bo‘lardi. Do‘sti Orif uylanganiga o‘n besh kun bo‘ldi. Kecha tushdan so‘ng aylanib kelish uchun istirohat bog‘i tomon yurarkan uning ilk dardini tingladi. G‘amgin ko‘rinar edi Orif. Biroz yurdilar. Litsey qarshisiga kelgan edilar, Mustafo: — Orif, bugun xafaroqsan? — dedi. Orif bosh irg‘adi. — Ha, afsuski, xafaman, Mustafo. — Nima gap, biron nima bo‘ldimi? — Bir nima bo‘lishi ham gapmi Mustafo? Kecha oqsho janjal bo‘ldi. — Tinchlikmi? — Tinchlikka o‘xshamaydi, oshna. Kecha sen bilan xayrlashgach uyga bordim. Dasturxon tayyor ekan. Ikkita likop qo‘yilgan. Alohida idishlarda ovqat yeyishga o‘rganmaganimiz dan hayron bo‘ldim. Ko‘ray-chi nima bo‘lar ekan deb kutdim. Bir mahal rafiqam qozonni keltirdi, likoplardan biriga oz, boshqasiga ko‘proq ovqat soldi. — Nima gap? — deb so‘radim. Javob berdi. — Endi alohida likoplarda ovqat yeymiz. — Xo‘sh, yana bitta likop qani? Ikkita keltiribsan. — Ikkita yetadi. Onang ana u likopdan, biz ikkalamiz bunisidan yeymiz. Shunday deb ko‘proq ovqat solingan likopchani oldimizga tortdi. Siqildim: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling