Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

 
* * * 
Aminaning o‘g‘illi bo‘lganini eshitgan qarindoshlar va qo‘shnilar: «Muborak bo‘lsin, qutlug‘ 
bo‘lsin, unib-o‘ssin», deya duolar qilib, tabriklab birin-ketin kela boshladilar. Mezbonlar: «Rahmat. 
Qulluq, qulluq» deb kutib olishdi. Shundan so‘ng birinchi savollari shu bo‘ldi: 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
— Ismini nima deb qo‘ydingizlar? 
Abdulloh ismini yoqtirganlar, juda yaxshi bo‘libdi deyishdi. Mahalla imomining xotini: 
— Payg‘ambarimizning (s.a.v.) otasining ismi ham Abdulloh ekan. O‘tgan kun biznikilar 
Payg‘ambarimizning (s.a.v.): «Ismlarning eng yaxshisi Abdulloh va Abdurahmondir», deganlarini 
kimgadir aytayotgan edilar. Yaxshi bo‘libdi. Bundan yaxshi ism bo‘lmaydi, — dedi. 
Boshqa biri: 
— Endi ishlar teskarisiga kstdi. Xayolga kelmagan ismlarni qo‘yishmoqda. Hayvonlarning nomlari 
bilan atashmoqda, ism qilib qo‘yishmoqda. Bir oy avval opam nevarali bo‘ldi. Otini nima qo‘ydingiz, 
desam kelin darhol: 
«Oltoy qo‘ydik, xolajonim. Qanday, yaxshimi?», deydi. 
«A? Qanday yaxshi bo‘lsin, qizim? Xech bo‘lmasa Bo‘ztoy demaysizmi?», dedim. Kelin 
poshshaga gapim yoqmadi. Lekin hech narsa demadi. Xafa bo‘lgani yuzidan bilinib turardi. Darhol eri 
ko‘shildi. 
«Xolam-a ja hazilkash, Evo, hazillashdilar, — dedi. So‘ng menga qarab, shundaymi, xola? Qarang 
Evo xafa bo‘ldi, ko‘nglini oling». 
«Hazil bir yoqda tursin-u, ammo, bu ishda o‘zing hazil qilmagin, o‘g‘lim. Rostdan ham bolaning 
oti Oltoymi?» 
«Oltoy, xola. Yo sizga yoqmadimi?» 
«Yoqdi desam, yolg‘on bo‘lsa. Toy deb otning bolasini aytishadi. Qo‘yar ekansiz, hech bo‘lmasa, 
Qirtoy qo‘ying, el bo‘ladi, otlarning ola-qizil ranglisidan ko‘ra bo‘z bo‘lgani yaxshiroq», dedim. Yigit 
ham bir oz ranjidi. 
Ranjisa ranjisin, menga nima?! Oltoydan ham ism bo‘ladimi? Bugun Oltoy deydi, ertaga Bo‘ztoy, 
indinga, Xudo bilsin, qanday toy deydi. Bir kun kelib, otlar ham qolib, boshqa hayvonlar xayollariga 
keladi. Kelinning ismi ham Evo emish. Yetti pushtimda yo‘q. O‘zini Istambuldan topib keltiribdi. 
Opamdan so‘radim, kimlardan dedim, u ham yaxshi bilmaydi. Musulmonmi, boshqami?... Yigit menga 
bir balolarni tushuntirgan bo‘ldi. Oltoy qaylardagi bir tog‘ning nomi emish, avval bobolarimiz u yerda 
yashaganmish, qahatchilik, ocharchilik bo‘lgach, bu yerga kelganmish, falon-piston dedi, ammo koshki 
quloq solsam. Endi navbat tog‘larga kelibdi. 
Boshqa bir xotin: 
— Bizning bolalar qo‘ygan ismiga aql yetmaydi, singlim. Mening ham ikki nevaram bor. Er-xotin 
bir bo‘lib, yaxshi ism qo‘yamiz dedilar. Biriga Tongut deyishdi. 
— Ikkinchisiga to‘g‘ri, durust bir ot qo‘yinglar, — dedim. O‘g‘lim: «Bu bizning ishimiz, o‘zimiz 
bilamiz», — dedi. Bunisini Oykut ko‘ydilar. Kattasini Tahsin, kichigini Oliya deya boshladim. «Bolani 
hozirdan boshqa ismga ko‘niktirmang, o‘rganib qolmasin», deb jahllari chiqdi. Men ham endi bir narsa 
demaydigan bo‘ldim. Tilim kelmaydi, ularning ismiga, ayb emasmi, singlim. 
Munavvarxonim bu suhbatlarni tinglab o‘tiribdi. Allohga shukr, o‘g‘li ular aytgan xilidan emas. 
Kelini ham ko‘nglidagidek. To‘rt ismdan birini qo‘ying deganida: «Yo‘q, men bunaqasnni 
istamayman», deyishi mumkin edi. Deya olardi. Qaynonani biror ishga aralashtirmaslik hozirgi 
kelinlar uchun odat holiga keldi. Shunday bo‘lmagani uchun, Allohga shukronalar aytdi. 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling