Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
73 menga: — Ruxsat bersang, Sarob bilan xonangizda gaplashsam, deb o‘rnidan turdi. Sarob qovoq-tumshug‘ini osib uning ortidan ergashdi. Yarim soatcha gaplashdilar va qaytib keldilar. Qaynotam menga: "Masala hal", — degach, qiziga: — Takror aytaman, qizim. Inson yaxshilik qilgan paytida insondir. Sendan bu uyda inson bo‘lishingni kutaman. Sen bu insoniy harakatni bajarishga, kattalarni hurmat qilishga, eringga itoat etishga majbursan. Qilasan. Yaxshilik bilan qilmasang, qanday yo‘l tutishimni juda yaxshi bilasan. Sen bugun qaynonangga yomonlik qilsang, ertaga sening boshinga undan yomoni keladi. Kelmaganda ham ertaga Alloh sendan bularning hisobini birma-bir so‘raydi. Sen bu yerda yaxshi yashasang, mening ko‘nglim ko‘tariladi, xursand bo‘laman. Bizning uyimizga kelgan kelin sening qilgashiringni onangga qaytarishni istasang sen ham davom ettiraver. Lekin shuni unutmaki, qizimning boshi majaqlansa ham qaynonasining dili og‘rishiga rozi bo‘lolmayman. Bundan keyin shunga ko‘ra ish tut. Qaynotam shundan so‘ng qiziga: — Oldimga tush, onangning qo‘lini o‘pib uzr so‘rab, yarashasan, — dedi. Turdik. Birgalikda onamning xonasiga kirdik. Qo‘lini o‘pdi. Qaynotam qizining ishlaridan hijolatda ekanini, bundan keyin bunday odobsizlik qilmasligiga kafil ekanligani, qizining otasini uyaltirmasligini aytdi, ruxsat so‘rab xonadan chiqdi. Orif: — Mana og‘ayni, bu ikkinchi voqea. Turmush qurganimizga o‘n sakkiz kun bo‘ldi. Ko‘raylik-chi, otasining bu tanbeh, nasihatlari kor qilarmikin, — deya so‘zini tugatdi. Oqshom cho‘kayotgandi. Ular o‘rinlaridan turdilar va yo‘l bo‘ylab pastga tusha boshladilar. X Ramazon oyining ilk kuni, Abdulloh ikki oylik bo‘lgan edi. Munavvarxonim bu ikki oy ichida yeng shimarib ishga sho‘ng‘idi, ta’bir joiz bo‘lsa, uyning keliniga aylandi. Aslida Aminaning oy-kuni yaqinlasha boshlagach, ishlarni birgaliqda bajarishar, hatto ba’zi kunlar: — Bo‘ldi, Amina, sen bugun biroz dam ol, urinib qolma, — deb biror ishni bajargani qo‘ymas, uning: — Ona, hamma ish sizga qoladimi? — degan so‘zlariga e’tibor bermas: — Sen bugun qaynonasan.. Qaynonalar ish qilmaydilar. Sen o‘tir, «Qur’on» o‘qi, o‘tirgan joyingda qiladigan ishing bo‘lsa qil, — deb o‘tqazib qo‘yardi. Bola tug‘ilganidan so‘ng tunlari uxlay olmagan Amina Munavvarxonimning sharofati bilan kunduzi uxlab olar edi. Uydagi ishlarni birga bitirishgach: — Amina, navbatni menga ber. Sen kechalari uxlolmayapsan, — deb Abdullohning beshigi yoniga o‘tirar, gul yuzli nabirasining beshigini Alloh, Alloh deb tebratar edi. Bu orada Amina tungi b,edorlik o‘rnini to‘ldirishga harakat qilar edi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Munavvarxonimning bu insoniy harakatlari, Aminani kelin emas, qiz o‘rnida ko‘rishlari, doimo tushunishga harakat qilishlari Aminani aslo taltaytirmadi. Uning bu ezguligidan yomonlik yo‘lida foydalanishni xayoliga ham keltirmadi. Hamma ham shunday yo‘l tutadimi? Ko‘rgan yaxshilitaga yaxshilik bilan javob qaytaradimi? Yohud har bir kelin qaynonasidan yaxshi muomala ko‘rsa, qaynonasi unga o‘z onasidek munbsabatda bo‘lsa, buni qadrlab, onasiga ko‘rsatadigan hurmatni qaynonasiga ham ko‘rsata oladimi? Hamma kelinlar shunday bo‘ladi, deya olmaymiz. Yaxshi, osuda hayot emas, naqadar foydali ekanin minglab qizlar idrok etsa, minglab oila huzur-halovat topadi. Amina ona shunday qizlardan biri. Agarda Amina Munavvarxonimdek emas, uning naq aksi bo‘lgan qaynona qo‘liga tushsa nima qilgan bo‘lardi? Unga ham Munavvarxonimga qilgan xonimligini, olijanobligini ko‘rsatib, bugungi Amina bo‘la olarmidi? Bunga javob berish mushkul. Unda har bir qizni borgan yerini gulzorga aylantirgan Munavvar deb tasavvur qilish kerak. Qizligida, kelinligida, qaynonaligida, har holida gullar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling