Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
bilasanmi?
— Hey, otasi, siz meni nega masxara qilyapsiz? Vafotini so‘raguncha, qachon tug‘ildi, qachon 
sunnat qilindi, qaysi kun uylandi, nechta bolasi bo‘lgan, qanday yashagan, deb so‘ramaysizmi? Tavba. 
Men maktab-madrasa ko‘ribmanmi? Qachon o‘lsa o‘lsin. Birov o‘laman desa, bu kishi kulaman 
deydilar. Hozir shuning o‘rnimi? Nega meni kalaka qilyapsiz?
Og‘a arqonni yanada uzunroq tashladi. Past keldi. Yanada pastroqdan keldi. Xotining tizzasiga 
yengilgina urib qo‘ygach: 
— Qachon o‘lganligini bilmasligingni bilaman. O‘zim ham qachon yashab, qachon o‘lganini 
bilmayman. Faqat ko‘p qadim zamonlarda yashab o‘tganini bilarsan, — dedi.
— Bilaman, xo‘sh?
— Eshit. Bir kuni Afandining yoniga kelib eshagini so‘rashibdi. Xo‘ja eshagi uyda emasligini 
aytishi bilan, eshagi hangrab qolibdi.
— Xojam, oppoq soch-soqolingiz bilan uyalmaysizmi yolg‘on gapirishga? Eshak hovlingizda 
ekan-ku.
Afandi darhol javob qaytaribdi: 
— Oppoq soch-soqolim bilan mening gapimga ishonmay, eshakning gapiga ishonasanmi? — 
debdi. Xulosa shuki, Xo‘ja Nasriddin o‘lganiga ko‘p bo‘lgan, ammo so‘zlari qimmatli. Sen ham 
shunday. Bir xonimni maqtab gapirgan elning so‘ziga quloq solmaysan, bir tayinsiz, bir 
bo‘xchachining gapiga kirasan, ishonasan. Uyatmasmi? Men qizim borayotgan oila yaxshi chiqishini 
xohlamaymanmi? Yomon joyga tushsa mening ko‘nglim to‘ladi deb o‘ylaysanmi? Qizim falokatga 
tushsa, men saodatga erishamanmi? Yo qizimni faat faqat sen yaxshi ko‘rasanmi? U ayolni hali 
ko‘rmadingku? Ko‘rib, tanib uyalarsan, bu ishingga pushaymon bo‘larsan. Inson duch kelganga, 
ayniqsa, fisq-fasodchiga ishonib ketaveradimi? Bir emas, besh uyda so‘rading. Biriga ishonmading 
boshqasiga bording. Yaxshiligini aytganlarga ishonmasdan, yomonligini so‘zlagan allaqanday 
notayinga ishonasanmi? Men ham senga o‘xshab ishonib, ishni buzsam, nima bo‘ladi? 
Munavvarxonim biz eshitganlarimizdan ortiqroq fazilatli ayol bo‘lsachi?
Og‘a so‘zlarini aytayotib qanday ta’sir qilayotganini bilish uchun xotinining yuziga qarab qo‘ydi.
— Bugun ular biznikiga kelisharkan. Vazmin, sipo bo‘l. Mehmon ekanliklarini unutma. 
Mehmonlarga munosib izzat ikrom ko‘rsat. O‘zing o‘yla, haqiqat avvalgi eshitganlaringmi, 
bugungismi rosti… Inshaalloh oxiri xayrli bo‘lar.
Yarim soatlardan keyin darvoza taqqiladi.
* * * 
Sodda, lekin toza kiyingan bir xonim. Vazmin. So‘zlashi ham, sukut saqlashi ham o‘rinli. Har holi 
hurmatga sazovar fazilat sohibasi. Mahmud og‘a aytganidek, ikki soat ilgari aytgan so‘zlari uchun 
xotinini xijolat chektiradigan, uyaltiradigan yetuk xislatlarga ega bir ayol. Aminaning ko‘ngliga bu 
kecha ishonch hislari to‘ldi. Uni ko‘rishi bilan yuragi huzurlandi. Odamlar shunaqa. Mehri ko‘zidan, 
yaxshiligi yuzidan bilinib turadi. Bir xillari borki, qancha harakat qilinsa-da, yuzi-ko‘zini ko‘rib so‘zini 
eshitib, aslo yaxshi ko‘rib bo‘lmaydi. Shunday odamlar borki, ularni ko‘rishing bilan, ko‘nglingda 
yaxshilik qilish tuyg‘ulari tuyuladi. Ular ta’sirida latif hislar og‘ushiga kiradi inson. Yuzlarida nur bor, 
iliqilik bor. Alloh ular ko‘ngliga muhabbat bilan nazar solgan, ularning yuzlari Allohning zikri bilan 
nurlangan qalblari aks etgan oynadir. Odam ularning yuzlarida qalblaridagi samimiyat va ixlos go‘zal 
insoniy tuyg‘ular aksini ko‘rib darhol mehri ortadi. Azaldan taniydigan, biladigandek bir-biriga el 
bo‘lib qoladi.
Munavvarxonim Aminada shunday taassurot qoldirdi. Amina yiroqdan kelgan xolasi qarshisida 
turgandek his etdi o‘zini. Uning dona-dona so‘zlari, so‘zlayotib ma’nolarga to‘la mas’um ko‘zlari bilan 
Aminaga qarab qo‘yishlari ko‘ngliga orom berardi. Yarim soat avval koshki kelmasalar edi deya 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling