Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
Ona bola shu tariq uzoq gaplashishdi, dardlashishdi. Amina turmush qurmaslikka chora yo‘qligini 
tushunib yetdi.
— Mayli, ona, agar borgan yerimda behuzur bo‘lsam, aroqxo‘r, qimirboz, axloqsiz bir kimsaga 
uztsangiz, ikki qo‘lim yoqangizda bo‘ladi, — deya so‘zini tugatdi...
O‘tgan bir-ikki haftalik vaqt Mustafo va Munavvarxonimni bilish uchun yetarli bo‘ldi. Mahmud 
og‘a Mustafoni oldindan tanir edi. Onasi-chi? Onasi qanday ayol? Buni o‘rganmoq kerak. Mustafo 
qanchalik yaxshi bo‘lmasin, onasi muammo chiqaruvchi bo‘lsa, oilada tinchlik bo‘lmaydi, kelin-kuyov 
bir-birga qarshi bo‘lib qolishadi. Mahmud og‘a: «O‘g‘li yaxshi ekan, deb tanimagan qaynona qo‘liga 
qizimni berolmayman», degan xotiniga tan berdi. Munavvarxonim haqida orqavarotdan so‘rab 
surishtirildi.
— Pokiza ayol. Yomonligini ko‘rmaganmiz. Shuncha yillik qo‘shnimiz, birov bilan urushganini 
bilmadik. Ortidan yomonlagan ham bo‘lmadi. Unga havasimiz keladi, — dedi qo‘shni ayol. Boshqasi: 
— Munavvarxonimmi? Nimasini aytasiz? Odobli, xush axloq. Sasi sadosi yo‘q. Ishi ibodat va zikr. 
Uyini bir ko‘ring. Hammayog‘i toza, sarnjom sarishta. Har kuni ertadan kechgacha uyini 
yig‘ishtiradimi, deysiz. Bir hafta avval ularnikiga boruvdik, bittasi: 
— Vo ajab, Munavvarxonim, uyingizda xuddi bo‘yi yetgan qiz borga o‘xshaydi, qachon kelsang
qachon qarasang toza, tartibli. Mening uyimda qizim, kelinim bor, yana o‘zim ham yordamlashaman. 
Bari-bir sizning uyingizdek sarishta bo‘lmaydi. Mayli qiz, qiz. Lekin kelinim tinib-tinchimydi.
Buni eshitib Munavvarxonim kulimsiradi: 
Tongda uyni saranjomlab, narsalarni joy-joyiga qo‘yib, tartibga keltiraman. Olingan narsalarni 
yana qaytarib o‘z o‘rniga qo‘yaman. Shunday qilsangiz izlagan narsalarngizni o‘z joyidan topasiz. 
Supurgini joyida bo‘lmasligi ishni qiyinlashtiradi. Lozim bo‘lganda izlab ovora bo‘lasiz. Holbuki, men 
tunda turib chiroq yoqmasdan izlagan narsamni topaman. Buni sizga ham tavsiya qilaman. Ortiqcha 
ovora bo‘lmaysiz.
— Munavvarxonim shunaqa ayol. O‘zimiz u kabi bo‘lmasak ham, shunday qo‘shnimiz borligidan 
xursandmiz.
Bir kun o‘tirib suhbatlashar ekanlar, Yusuf afandi Mahmud og‘aga Mustafo bilan Aminani 
munosib bir tarzda ko‘rishtirish kerakligini aytdi. Og‘a bu taklifni yaxshi qabul qildi: 
— Juda o‘rinli gap, Inshaalloh, ertaga juma namozini o‘qigandan keyin Mustafo bilan biznikiga 
keling. Alloh nasib etganini baham ko‘ramiz. Bu orada yoshlar ham bir-birlarini ko‘rishadi, — dedi.
— Ammo biz uchun ortiqcha tashvish qilmang. Uyda har kuni ne bo‘lsa shu. Undan ortig‘iga biz 
rozi emasmiz.
— Hijolat bo‘lmang. Samimiyatimiz bunaqa narsalarda ustun. Qirq yillik do‘stmiz-ku axir. 
Hammasi joyida bo‘ladi, inshaalloh.
Juma namozidan chiqib, oyoq kiyim ipini bog‘layotgan Mustafoni ko‘rgan odam qattiq hayajonda 
ekanini sezish qiyin emasdi. Hatto Yusuf afandi ham shunga yaqinroq holda edi. Hozir u ham o‘zining 
uylanganligi va xonimini to‘y kechasiga qadar ko‘rmaganligini o‘yladi: «Biz ham o‘shanda 
ko‘rishganimizda nimalarni his etgan bo‘lardim, o‘zimni qanday tutardim».
Uch kishi dasturxon atrofida o‘tirdilar. Dasturxonda mehmon kutilganini bildiruvchi alohida 
tayyorgarlik yo‘q.
— Xudoga shukr, bundan ziyodaroq ziyofatga ham qurbimiz yetmaydi desak, noshukrlik qilgan 
bo‘lamiz. Alloh bergan ne’matni inkor qilgan bo‘lamiz. Faqat dasturxon atrofiga o‘tirganimda 
mahalladagi fuqaro ko‘z oldimga keladi. O‘rta holdan ziyoda yeydigan bo‘lsam, xuddi ularning 
haqqini tanavvul qilayotgandek bo‘laman. Shu sabab siz kabi samimiy do‘stlarim bilan shu tarzda 
taomlanaman. Bu gapni ham ilk bora sizlarga aytyapman. Boshqa birov eshitsa, namoyishkorlik 
hisoblaydi. Bizlar esa ko‘pdan bir-birmizni bilamiz, yaxshi tushunamiz. Ovqatdan keyin eshik ohista 
taqqiladi. Amina qo‘lida qahva bilan ichkariga kirdi. Yuz-qo‘lida boshqa joylari yopiq. Mehmonlarga 
qahva uzatarkan: 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling