Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
16 Qaynonam bularni gapirib bo‘lgach, kerishib: — Eh-he, qayda qoldi u eski qaynonalik davri. Shunday holat yuz bersa, eri bor demay qozonni naq boshiga kiygizib qo‘yadi. Bunday holatlar bo‘lib turadi, bolam. Qani yeylik, bo‘lar ish bo‘libdi. Bu yerda bir anglashilmovchilik borga o‘xshaydi. Chunki ovqat pishishi bilan mazasini tatib qo‘ygan edim. Yaxshi edi. Balki qaynonam kunduzi aytgan gaplariga pushaymon bo‘lganmikin? Menga gap tegmasligi uchun bunday insoniylik namunasini ko‘rsatayotganmikin? Tun bo‘yi bunday savollar menga tinchlik bermadi. Biroq saharda idish tovoqlarga qarar ekanman, turgan joyimda qotib qoldim. Men kuygan qozonni yaxshilab yuvmagan ekanman. Qozon ichida qolib ketgan kuyik qoldiqlari bir qoshiq bilan yaxshilab qirib olingan edi. O‘zimcha o‘yladim: ovqatdan o‘z-o‘zidan kuyik hidi kelsa, kuygan qozonni birov tozalab qo‘ysa... Buning mohiyatiga aql yetmaslik uchun ahmoq bo‘lish kerak xolos. Tishimni tishimga qo‘yib, sabr qildim. Ovozimni chiqarmadim. Oradan bir necha kun o‘tdi. Kunduzlari menga dushmandek tashlanadigan qaynonam, o‘g‘lining yonida onamdek mehribon edi. Uning bu munofqiligi menga shunday alam qilardiki, bir necha bor bu ishini yuziga aytmoqchi bo‘ldim. Uni sharmanda qilib ichimni bo‘shatib yengil tortay dedimu, o‘zimni tiydim. Kunlarim shu zaylda xafagarchilik bilan o‘tdi. Erim so‘raganda «tobim yo‘q» dedim. Ishondi, surishtirib o‘tirmadi. Bir kuni kayfiyatim yaxshi edi, to‘planib qolgan kirlarni yuvayotgan edim. Charchab dam olgan kezlarim daraxtdagi qushlarni tomosha qilardim. Bu orada ikki chumchuq urishib qoldi. osmonda bir-biriga urilib, keyin novdadan uzilib yerga tushgan ikki olmadek, yerga tap etib tushardi. Yerda ham go‘yoki, bir-birini yer edi. Atrofida boshqa qushlar chug‘urlashib ularga qo‘shilar, ehtimol ularni ajratmoq bo‘lib aralashar edilar. bu orada to‘dadan ajragan ikki qush yana osmonga ko‘tarilin yonma yon uchib urushar edilar. Shu qushlarning ham bir-biriga shu qadar shafqatsiz ekanliklari meni hayron qoldirdi. Ular nimani talashadi? Axir bu dunyo ularniki emas-ku? Yuvgan kirlarni qurishi uchun dorga osib quriganlarini yig‘ar edim. Qaynonamning kiyimlarini diqqat bilan yuvib daraxt ostiga osgan edim. Bir mahal qarasam, qushlar iflos qilibdi. Darhol qayta yuvishga kirishdim. Agar bu holdan voqif bo‘lsa qaynonam yana allanimalar deb yulib olishi aniq edi. Qayrilib ikki qadam yurib yurmay uning yoqimsiz ovozidan cho‘chib tushdim. Derazadan baqirardi: — Kazbon, ko‘ylagimni nega oldingiz. Yolg‘on gapirgim kelmadi. Hojat ham yo‘q edi. Tabiiy hol deb o‘yladim. — Qush iflos qilib qo‘yibdi. Boshqadan yuvmoqchiman. — Daraxt ostiga ossangiz qush iflos qiladi-da, chang tushadi. Boshqa bo‘ladi. Nega o‘zingiznikini u yerga emas, ochiq joyga ildingiz. Tabiiy, xonim afandining liboslari toza, bizniki esa ne bo‘lsa bo‘lsin. Qaynonam yana shunga o‘xshash so‘zlar bilan o‘yib oldi. So‘ngra: — Onangiz o‘rnida onangizman. Lekin siz onangizdek ko‘rmaysiz, uni hurmat qilgandek qilmaysiz. Buning uchun hali Alloh huzurida javob berasiz, Allohdan qo‘rqing. Qilgan ishingiz onaga zulm emasmi? — desa bo‘ladimi. Tepa sochim tikka bo‘ldi. Kelinlikning ham bir chegarasi, haddi bordir dedim. O‘zimni tutib turolmadim. Ko‘nglimni bo‘shatdim: — Qanday qilib onam o‘rnida ona bo‘lasiz? Bunday so‘zlarni dushmanga ham aytmaydilar-ku. Qanday qilib onam o‘rnida ona bo‘lasiz? Xato qilsam onam meni kechirganlar. Sizdek o‘yib olgan emaslar. Yoki siz qizingizga menga gapirgandek gapirasizmi? Nechun kun bo‘yi turli jafolar qilib, oqshom o‘g‘lingiz kelganida o‘zingizni sipo tutasiz? Shumi ona o‘rnida ona bo‘lganingiz? Uyalmaysizmi? Allohdan qo‘rqmaysizmi? Kelganimdan beri yegan-ichganimni zahar qilib, jonimdan to‘ydirdingiz. Onadan tug‘ilganimga pushaymon bo‘ldim. Bu yolg‘onlar, bu zulmlar uchun siz Alloh oldida javob bermaysizmi? Miyamga qon quyildi. O‘zimni yo‘qotgan edim. Baqirib-chaqirish va yomon so‘zlar aytishni ko‘tarolmas edim. Qaynonam nimalar dedi, men nimalar dedim bilmayman. Qaynonam so‘zini tugatar-tugatmas men boshlardim. Tilimga kelganini aytardim. Birozdan keyin ikkimiz ham shunday holga keldikki, na u, na men aytayotgan so‘zimizni bilmasdik. Bir mahal bexosdan bir juft boshni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling