Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
muxlat bersangiz. Uydagilarga vaziyatni tushuntiray. Chunki turmush qiladigan Amina.
— To‘g‘ri og‘a, aslida qiz va xotindan so‘ramay maslahatlashmay, o‘zboshimchalik bilan qizini 
duch kelganga berib yuborishga men ham qarshiman. Bu dinimizga zid. Ba’zilar puliga, mol-davlatiga 
qarab qizini uzatadi va ikki kun o‘tar — o‘tmas ish mahkama eshigiga taqaladi. Qiz bormayman deb 
qarshilik qilishiga qaramay ota qaysarlik qilib turib oladi. Natijada qiz bir oliyjanob yigit bilan qochib 
ketadi. Ikki kundan keyin esa majburan nikoh o‘qiladi.
Ular bu mavzuda uzoq suhbatlashib o‘tirdilar. Yusuf afandi oqshom yaqinlashgani uchun og‘aning 
qistoviga qaramasdan o‘rnidan turdi: 
— O‘tirsam bo‘lar edi, ammo kech qaytishimni uyga aytmagan edim...
* * * 
Amina otasi bilan kelgan birga kelgan mehmonning maqsadini bilmaydi. Tashqarida qo‘ylarini 
sog‘moqda. Ayni paytda ichkarida ota-onasi uning turmushga uzatilishi huzusida 
maslahatlashayotganidan ham xabari yo‘q. Oradan biroz vaqt o‘tgach, shom namoziga chorlagan 
muazzining tiniq ovozi yangradi. Otasi qo‘liga hassasini olib xonasidan chiqdi. Oyoq kiyimlarini kiydi
odatdagidek nimalarnidir pichirlab bog‘ eshigiga qarab yurdi. Amina qo‘lida sut chelakni 
ko‘targanicha har diomgidek: 
— Alloh qabul qilsin, — deyishni unutmadi. Otasi: «Rahmat, sog‘ bo‘l, qizim!», degandek bosh 
qimirlatib qo‘ydi. Hech narsadan xabarsiz qiziga mehr va iztirob bilan qaradi. So‘ng jamoatdan 
kechikmaslik uchun qadamini tezlatdi. Namozda va namozdan so‘ng, agar bu turmushga chiqishning 
oqibati xayrli bo‘lsa osonlik va saodatlar ato etishini, yo‘qsa, o‘rtaga bir to‘siq chiqarishini har ishga 
Qodir Allohdan so‘radi.
* * * 
Shu kuni taomni biroz vaqtliroq tanavvul qilib, ertaroq uyidan chiqqan Mahmud og‘a ko‘ngliga 
orom beradigan masjid burchagida jimgina o‘tirgandek ko‘rinsa-da, aslida Allohning uyida ekanini
Uning uyida zikr bilan mashg‘ul bo‘lish kerakligini yaxshi biladi. Yana biladiki, mehmonni 
e’zozlashga buyurgan bir din sohibi Alloh, jome’larda mehmondorchilik odobiga rioya etgan mo‘min 
qullarni mutlaqo mamnun etajak.
Til jim. Faqat dil yo‘li Allohga ochilgan, o‘z istagini o‘zidan yaxshi biluvchi Parvardigori huzuriga 
chiqqan, arzi hol aylagan. Yillar shamolida to‘zimas ixlos bilan qilingan ibodatdan, oppoq nurga g‘arq 
bo‘lgan soqol ham qalbdan qo‘zg‘alib ko‘zdan oqqan yoshlar bilan nam bo‘lmoqda.
Bu orada masjid minorasidan bir sado eshitildi. Qarshi binolarda aks-sadolar berib yangradi. 
Ko‘ngildan chiqib, ko‘ngillarni to‘ldiruvchi nido. Allohning buyukligini e’lon etuvchi fig‘on. 
Yuksaklik, ulug‘lik, kamol Allohga oidligini anglatuvchi nola: «Allohu Akbar! Allohu Akbar!». 
Mo‘minlarni Allohning uyiga chorlov. Mo‘minlarni Allohning uyiga mehmonga, ma’naviy 
ziyofatlarga chorlovchi eng go‘zal, eng dilbar tovush! Yangroq navo. Bu sas oyoqni tolg‘in, tazzaru 
holidan umidli holatga keltiradi. Buyuk Alloh uyida qilingan so‘rovni qaytarmasligi va huzurida 
samimiyat ila ko‘tarilgan qo‘llarni bo‘sh qo‘ymasligi ko‘nglida bir qanoat hosil etadi. Namoz ibodati 
shu qanoat va huzur ichida ado qilinadi...
* * * 
Uyda ona bilan qiz yolg‘iz. Onasi Aminani yoniga chorladi. «Qizim, senga gapim bor». Ona so‘z 
boshladi: 
— Amina, bugun biznikiga kelgan kishi bor-ku...


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling