Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Shunchalik achchiq so‘zlar aytib ko‘nglimni og‘ritgach: «Xafa qilardimu, shukr eting», degani-chi. 
O‘yladiki, men xafa bo‘lmadim. Uning meni xafa qilmadi, shunchaki nasihat qildi. Ko‘rgulik deya 
o‘yladim, ko‘rgulik. Haqoratni fazilat deya sanaydigan ayol bilan yashaymanmi? Ko‘rgulik emasmi? 
Bunday achchiq gaplarni umrimda eshitmaganman. Ota-onam menga bunday so‘zlarni aslo aytgan 
emas. Bu gaplar o‘y xayolimga ham kelmagan. Ko‘ngil qolish va xafagarchilik neligini bilib oldim...
Inson zoti biror ayb uchun bundan ortiq malomatga qolishi mumkinmi? Axir uyimizda bunday 
qo‘pol, qattiq gapirilmas, otam bunga yo‘l qo‘ymas edilar.
Mehribon oanjonim menga bu tarzda muomala qilgan emas, boshimga shunday kunlar kelishini 
xayolimga ham keltirmagandim. Qiziq, bizning uyda ham kelin bo‘lsa unga qanday muomala qilgan 
bo‘lardik-a? Inson zulmni boshidan kechirgani, tanigani uchun ham shunday zolim bo‘larmikan yo? 
Aslida har bir qaynona ham kelin bo‘lib ko‘rgan-ku axir. Xo‘sh, nega endi mushketti? O‘zi tortgan 
zulm alamini birovdan olmoq kerak? Yigirma besh yil keyingi hayotimni xayolan tasavvur qilaman. 
Sochlarim oqargan, o‘g‘lim uylangan. Kelin xizmatda. Qahva tayyorlab oldimga qo‘yadi. Mening 
qo‘llarim titraydi, qahvani to‘kib yuboraman. Ustiga-ustak kelinga jahl qilaman. Baqiraman: «Biroz 
nari qo‘ysang bo‘lmasmidi? «Ko‘nglini og‘ritaman. Aybsiz kelin, mening achchiq zahar gaplarimga 
chidolmaydi, yig‘laydi. Unga rahm qilish o‘rniga, jahl qilaman: 
— Yig‘la, yig‘la, bir paytlar meni ham yig‘latganlar. Men boshimdan o‘tkazdim bu ko‘rgulikni. 
Sen ham totib ko‘r. Bunisi hali holva, boshimdan o‘tgan azoblarni senga ham torttirmasam, Kazbon 
otimni boshqa qo‘yaman. Qahva to‘kishni ko‘rsataman hali senga...
«Imillama, Kazbon ovqat kechga qolmasin».
Qaynonam ovozidan cho‘chib o‘zimga keldim. Yeng shimarib darhol ovqatni pishira boshladim. 
Haligi xayolim ko‘z o‘ngimdan ketmadi. Yo, Alloh men ham nahot shunday insofsiz bo‘lsam. Agar 
shunday qaynona bo‘ladigan bo‘lsam, o‘sha kunga yetkazmay meni jonimni ol, Rabbim, — deya duo 
qildim.
Bu safar bir noxushlik bo‘lmasin deya e’tibor berib pishirdim ovqatni. Kechqurun dasturxonga 
tortilganida negadir yana kuygan hid kelgandek bo‘ldi. Erim bir ikki qoshiq ovqat yegandan keyin 
menga: 
— Kazbon, ovqatda kuyik hidi bormi, qaragin-a? — dedi. Inkor eta olmadim. Chunki hidni men 
ham sezgan edim.
— Ha biroz kuygan shekilli, — dedim noiloj. Gapga qaynonam aralashdi: 
— Shunaqasi ham bo‘lib turadi, kelin hali o‘rganmagan. O‘rganib ketadi. Keyingiz safar e’tibor 
beradi. E, bolam, biz ham shunaqa edik. Yangi kelin bo‘lib tushganimda necha martalab 
kuydirganman...
Onasining gaplaridan erimning kayfiyati chog‘ bo‘lgan edi. Kulimsirab so‘radi: 
— Ona, siz ham ovqatni kuydirgnamisiz?
— Albatta, o‘g‘lim, — dedi qaynonam va menga qarab: 
— Hali yangi kelinsan. Baland pastni yaxshi bilmaysan. Xohlaysanmi, yo‘qmi bunday aks hollar 
sodir bo‘ladi. Bir kuni o‘choqqa ovqat qo‘yib qo‘shni xonaga o‘tdim. Bir payt burnimga kuygan 
narsani hidi urilgandek bo‘ldi. Bu nima ekan-a? Qo‘shnilardan birortasi o‘choqqa ovqat qo‘yganu 
unutgan. Qozondagi ovqat esa chasir-chusur kuymoqda degan xayolga bordim. Tashqariga chiqdim, 
hid ozaydi. Birdan ovqat qo‘yganim esimga tushdi. Va boshimdan bir paqir qaynoq suv quygandek 
bo‘ldi. Yugurdim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, ovqat kuyib jizg‘anak bo‘libdi. Eshik yopiq bo‘lgani uchun 
hid tashqariga chiqmagan. Shundagi ovqatga suv quymaganim esimga tushdi. Biroq g‘isht qopildan 
ko‘chgan edi. Darhol onamga: «Shu-shu narsalarni olib keling, deya xabar yubordim. Hech ham 
unutmayman, onam aytib yuborgan narsalarimni o‘zlari yugurib olib keldilar. «Tinchlikmi, qizim». 
Ovqatni kuydirib qo‘yganimni aytdim. Onam yeng shimarib ovqat tayorlashga kirishdi. Men qozon 
tagidagi kuyganlarni qirib tozaladim. Ularni boqqa ko‘mayotgan mahalim qaynonam keldilar. Hech 
narsani sezmadi.


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling