Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
17 ko‘rdim. Qo‘shnilar tomoshaga chiqishgan ekan. Aqlim o‘zimga qaytgandek bo‘ldi. Shu yerda gapni kesdim: — Inshaalloh, yayrab kiyolmassiz, — deya boshqadan yuva boshladim... Ishim bitgach xonamga kirib yotdim. Ko‘pdan beri bunday rohat qilib uxlamagandim. Ertalab jonim kirib uyg‘ondim. Endi jim turishdan foydan yo‘q edi. G‘avg‘o bo‘larmikan? Albatta, g‘avg‘osiz kunni o‘zi yo‘q. Qaynonamni hurmat qilishim kerakmi? Aslo! Hech qachon! Chunki u hurmatga loyiq emas. Arzimas narsalarga g‘avg‘o ko‘taruvchi bu ayolni hurmat qilishga ne hojat? Kechqurun erim keib uyda nimalardir bo‘lib o‘tganini sezdi. So‘radi, hech narsa bo‘lgani yo‘q, biroz behuzurlik, dedim. Ishonmadi, yana so‘radi. Keyin aytdim: — Endi chidolmayman. Kular yuzim so‘ldi. Har kuni ming turli so‘z eshitdim. Yeb-ichganim zahar bo‘ldi. Men ham insonman. Meni bu yerga faqat qahru g‘azab ko‘rsin deb olib keldingizmi? Bu so‘zlarni eshitib erimni qovog‘i osildi. — Nega bunday gapiryapsan, Kazbon? Axir onam sendan shikoyat etgan emas. Har doim yaxshiligingan so‘zlaydilar. Nega o‘shanda hech narsa demading? Senga har kuni yomonlik qilgan kishi kelib menga maqtaydimi? Boshqa bunday holni ko‘rmayin. Bor, endi qo‘llarini borib o‘p. Yana shunday qiladigan bo‘lsang, u yog‘ini yaxshi bilasan, boshqa gapim yo‘q! — dedi va bu masala shu tariqa yopildi. Erim haqli deya o‘yladim. Bugungach o‘zini meni yaxshi ko‘rgandek ko‘rsatgan qaynonam hammasini shunday kunga tayyorlab yurgan ekan. Ovqat kuygan kunda tug‘ilgan savolga javob endi topildi. Kechki ovqat mahalida ham qaynonamning qovog‘i soliq edi. Ovqatlanib bo‘lgach: — O‘g‘lim, kel yonimga o‘tir. Gaplashib olaylik, — dedi. Erim yoniga o‘tirdi. «Xo‘p, ona», dedi. Qaynonam meni boshdan oyoq ko‘zdan kechirgach, unga qaradi: — Xotiningdan shikoyatim bor o‘g‘lim. Mana bu yerimga keldi (bo‘g‘ziga ishora qildi). Bugungacha hech narsa demadim, faqat yaxshiligini aytdim. Yaqinda ota uyidan kelgan, ham yosh, o‘rganib ketar dedim. Mayda-chuyda qusurlarini senga aytmadim. Kechirimli bo‘ldim. Ammo endi ortiq chidolmayman. Kelin zahrini ko‘tara olmayman. Bunga majbur ham emasman. Kelin qaynonaga bunday muomala qilmaydi. Men ona hisobidaman, axir. Bugungacha yaxshi muomala qildim, foydasi yo‘q. Yoshim ulug‘. Ulug‘larga hurmat qani? Qaynonaga hurmat-izzat shumi? Qaynonam yana nimalar dedi bilmadim. Uyatdan yer yorilmadi. Qizardim. Bu qadar hayosiz gapirgan kishining o‘zida hayo bor deyish mushkul. Ortiq chidab turolmadim. Qo‘llarimni yuzimga bosib tashqariga otildim. Kechasi erimdan yana gap eshitdim. Men qaynonamga dushman bo‘lish uchun bu uyga kelmagandim. U haqida hech bir yomon xayolga bormagandim. Istardimki, u menga do‘stona quchoq ochsin, men ham unga chin dildan xizmat qilay. Ammo, bo‘lmadi. Bir-birimizga ming yillik dushmanlardek bo‘ldik. Boshqalar qanday bilmadim, ammo men omadsiz ekanman, singlim. Oradan oylar o‘tdi. Men ham tilimga erk berdim. U nima desa men ham gap qaytardim. Bir kunimiz ham janjalsiz o‘tmadi. Hech bo‘lmasa yoshini hurmatidan tilimni tiyay dedim, qo‘limdan kelmadi. Bu ahvol yana qancha davom etadi, bilmadim singlim... Kazbon hikoyasi Aminaning ko‘ngil osmoniga ma’yuslik bulutlarini haydadi. Nahotki mening ham hayotim qaynona zulmi ko‘lankasida o‘tsa! Uch kun... shu uch kun ichida Amina nimalarni o‘ylamadi. Kelin bo‘lib boradigan oilani, o‘g‘lining ismi Mustafo ekanini biladi, lekin ular yaxshi yomon degan fikrga borolmadi, chunki ularni tanimas, yaxshi bilmas edi. Xufton namozini odatdagidan ertaroq o‘qib xonasiga kirdi. Chiroqni o‘chirdi, derazani ochdi. Chuqur o‘yga toldi, o‘ylari beqaror bo‘ldi. Dam- badam xayoliga Mustafo ismi taqalib, zehn qorong‘uligidan o‘zi tanimagan yigitni quvib chiqarmoqchi bo‘ldi. Lekin baribir ko‘z oldiga kelishgan bir yigitning g‘ira-shira qiyofasi namoyon bo‘laverdi. Keyin bo‘lajak qaynonaning ismi Munavvar ekanini esladi. Bu ism unga avvalroq bo‘lib o‘tgan bir hodisani eslatdi. O‘shanda onasi hasta edi. Doktorlar ilojini topolmagan bir xastalik. Amina onasining sog‘ kunlarini eslolmaydi. Yilning bir burchida yillarcha ingrab yotgan bir bemor. Bolaligidan qolgan eng teran, eng chuqur, unutilmas xotira. Aminaning onasi xasta. Qachon xonasiga kirsa yotgan holda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling