Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
18 ko‘radi, doimo ingraydi. Shu bois u boshqalardan ziyodaroq sevardi onasini. Aminaning ko‘nglida bir yara, bir dard bor edi. Bu dard kasalvand onasining qizini bir bor bag‘riga bosib onalik mehri bilan suyub, sochlarini silamagani tufayli paydo bo‘lgan dard edi... Go‘dagiga o‘z qo‘li bilan non tutmagan, xastalikdan boshi chiqmagan onaning farzandi ko‘nglida jarohat bor edi... Bir kuni otasi uyga xursand kirib keldi. Amina bu holni anglay olmadi. So‘rab bilarman deb qo‘ydi, o‘zicha. Faqat otasi avvalroq juda bilimdon bir doktor borligini aytdi. Onasini shifoxonaga olib borishmoqchi edi. Amina yig‘ladi, iztirob chekdi, bormasin dedi. Faqat tuzalishiga ishontirishgach rozi bo‘ldi. Shifoxonaga og‘ir ahvolda tushgan onasi bir oyda oyoqqa turdi. U yerda onasi oppoq halat kiygan, ma’sum chehrali farishtaday bir ayol hamshiralik qilar edi. Uning ismi Munavvar edi. Balki uni hozir taniy olmas. Ammo Aminaning ko‘nglida yaxshi xotiralar, go‘zal taassurotlar qoldirgandi. Har gal bu ismni eshitishi bilan ko‘nglini minnatdorlik va hurmat tuyg‘ulari egallaydi. Bir kuni kelib o‘sha xonimga xizmat qilishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan edi. Ajabo o‘sha Munavvar xonimmikan yo? Lekin bu dunyoda Munavvar ismli ayol bittagina emasdir? Kim bilsin... O‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘layotgan qanchadan-qancha Munavvarlar bordir bu shahri azimda. Shu zaylda qancha vaqt o‘tganini bilmadi. Faqat qoboqlariga tushgan yuk uxlash lozimligini anglatib turar, turib yotog‘iga kirdi. Tilovat va duolar qildi. Bu ishni xayrli bo‘lishini Alloh taolodan so‘radi... III Juda issiq bir kun. Odamni lohas qiluvchi havo. Amina bog‘da kuymanadi. Charchagan, holdan toygan, tomoqlari qurigan. Oh, qani suv bo‘lsa, qona-qona ichsa? Suv so‘ray deb atrofga qaradi, hech kim yo‘q. Noiloj sabr etishni lozim ko‘rdi. Qimirlashga harakat qildi. Bo‘lmadi. Oyoqlari bog‘langandek. Onasi yodiga tushdi. «Onajon, suv bering», deya baqirdi. Javob bo‘lmadi. Hech kim ko‘rinmadi. Yana shu hol takrorlandi. Nima qilsam ekan deb o‘ylanib yotganida, o‘ng tarafida bir ayol ko‘rindi. Yuz-qo‘lidan boshqa joylari yopiq bir xonim. Yuzlaridan nur yog‘iladi. Aminaga yaqin keldi va suv to‘la piyolani uzatdi. Amina uni darhol olib oxirigacha ichdi. Boshini ko‘tardi: — Xola, Alloh rozi bo‘lsin, tashakkur, — dedi. Ayol javob berdi: — Menga emas, suvni yaratganga shukr et, bolam! Amina Allohga shukr etdi. Ayol boshqa gapirmadi va chiqib ketdi. Bu pokiza, nuryuzli xonimning ortidan qarab qolarkan, azon eshitildi. Amina ko‘zlarini ochdi. Tong namoziga yaqin ko‘rilgan tushlar xayrli bo‘ladi, deya eshitgandi. Turib tahorat oldi, namozini o‘qidi. Uzundan-uzun o‘y surdi. Chanqaganda notanish bir ayol unga muzday berdi — bu yaxshilik alomati. Onasi o‘rniga g‘amxo‘rlik qilgan notanish ayol — boradigan joyida rohat ko‘rishiga ishorat edi. Aminaning aqli shunday derdi. Ammo hislari-chi? * * * Oradan uch kun o‘tdi... Amina ovqat pishirish bilan mashg‘ul. Onasi qo‘lidagi yopinchiqqa yamoq solmoqda. Aminaga berilgan muhlatni ohirgi kuni. Bugun o‘sha masala hal bo‘ladi. Amina javob aytishi lozim. Ketish yoki qolish tanlanadi. Mushkul ish, qiyin ahvol bu. Amina yoshidagilar uchun mashaqqatli kechishi tabiiy, chunki bu masalaga ilk duch kelishi. Hattoki onasi bo‘lsa ham, turmushga chiqish istagini bildirish — og‘ir ish. Ko‘rgan tushi xayrli va ezgu ishga ishorat bo‘lsa-da uyini tark etmoq oson emas. Uch kun ichida Amina og‘ir o‘y ichida qoldi. Uy ashyolariga, qo‘ylariga xuddi vidolashayotgandek qaradi. Ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiydi, bo‘g‘ziga nimadir tiqildi. Ba’zan onasidan, sizlarni joningizga tegdimmi, deya ich-ichidan so‘ragisi keladi. Faqat onasining: «Bu Allohning qonuni, qizim. Uni o‘zgartirmoq hech kimni qo‘lidan kelmas», degani yodiga tushib mehr muhabbat bilan avaylab o‘stirgan ota-onasi haqida shunday o‘ylagani uchun o‘zidan xafa bo‘ladi. Ayriliq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling