Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
— Ha, ona.
— Shu kishi sovchi bo‘lib, Mustafo degan jiyaniga seni so‘rab kelibdi, qizim...
Amina bunday taklifni kutmagani uchun dovdirab qoldi. Yuzi hayodan qirmizi tus oldi. Tili tutilib
yerga qardi. Bir muddat shu zaylda jim o‘tirdi. Uning javob bermaganini ko‘rgan onasi sochlarini 
tuzata turib, ilova etdi: 
— Nima bo‘ldi senga Amina? Xafa bo‘ldingmi, qizim? Bu barchaning boshida bor gap. Bu 
Allohning bir qonuni-ki, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Hech kim bunga qarshi borolmaydi. Otangning 
aytishicha, pokiza, axloqli, odobli, oliyjanob yigit emish. Onasining onasi Munavvar, otasi avvalroq 
vafot etgan ekan. Yana 11 yoshli o‘g‘li ham bor emish. O‘ylab ko‘r. Uch kun ichida menga javobingni 
aytgin, qizim.
* * * 
Mahmud og‘aning oydek qizi Amina o‘zicha kelin bo‘lishiga hali uch-to‘rt yil borligini chamalab 
qo‘ygandiyu, lekin onasining nogoh taklifi uni shoshirib qo‘ydi, hayajonlantirdi, o‘ylantirib qo‘ydi. 
Yoshi o‘n yettida edi. Yigirma yoshga qadar hali fursatim bor degan qanoat bilan o‘zini ovutib yurardi. 
Yana to‘g‘risini istasangiz, Amina hatto turmushga chiqmaslikka ham rozi edi. Nechun deysizmi?
Atrofda bunday xayol-xulosaga olib keluvchi misollar ko‘p edi. U hech bir qaynona va kelin o‘zaro 
turmushlaridan mamnun ekanliklarini eshitgan emas. Xonadon siri ko‘chaga chiqmasin 
deguvchilarning til uchida: «Yaxshimiz, binoyidek yashab yuribmiz», desalar ham, ularning gap 
ohanglaridan «Chiqisha olmayapmiz, ammo nachora», degan ma’noni uqish qiyin emas edi. Ikki xotin 
uchrashib qolishsa, qaynonasi yoki kelinidan shikoyat qiladi. Yoki mahalla ko‘ydagi shunday 
baxtsizlardan gap ochadi. Oddiy bir misol: to‘rt eshik naridagi qo‘shning kelini Kazbon. Uning 
aytishicha eri bozordan kelganda kutib olishga uyalgan. Qaynonasi darhol: 
— O‘g‘limni kutib olmaysizmi? Nimaga turibsiz? Sizni kim uchun olib keldim? — deya arazlagan 
emish. Ikki kun o‘tganidan keyin uyida bir mehmon borligida, bog‘ eshigidan kirayotgan erini kutib 
olish uchun borayotsa, qaynonasi: 
— Qizim ayb bo‘ladi. El yurt bor-a, deya mehmon oldida izza qilgan emish.
Bunday aqldan, mantiq va insoniylikdan yiroq hodisalarni tinglash Aminaning ko‘nglini xira qilar, 
turmushga chiqish istagini sekin asta yo‘qqa chiqarib borardi. Yana Kazbon aytishicha, biroz 
e’tiborsizligi tufayli pishirayotgan taomi tagiga olib kuyadi. Qaynona ovi o‘ngidan kelgan qoplondek 
unga tashlandi. Axir kelin ko‘r bo‘lmasa, o‘g‘li otdek ishlab topgan narsalarni isrof etadimi? Beli 
og‘rib pul topmaganda... Ustiga ustak o‘tin ham ko‘p, istaganingcha kuydir, yoq...
Qaynonam birpas to‘ng‘illagach, menga qarab shunday dedi: 
— Allohdan qo‘rqing, qizim, boshqa narsa demayman. U mening o‘g‘lim bo‘lsa, sizning eringiz.
— Ona bilmay qolibman. Atay kuydirmadim-ku...
— Albatta, bilmay kuydirasiz. Qanday topilayotganini, qanday ter to‘kilayotganini bilmaganingiz 
uchun, kuydirsangiz ham zararini sezmaysiz. Agar ota uyida shu ishni qilsangiz nima bo‘ladi? Ehtimol 
hech narsa... tarbiyaga qaraydi-da. Bo‘y o‘sgani bilan ish bitmaydi. Terakda ham bo‘y bor, natija - 
meva yo‘q...
Qaynonam arzimagan bahonani topib avjiga chiqardi. Ovqatni bilmasdan kuydirib qo‘yganim 
uchun shunchalik qilishi shartmi? Shunga xafa qilish shartmi? Shumi insoniylik? Qaysi axloq kitobida 
bitilgan bu? O‘zimni aybli sanab: 
— Ona, boshqa takrorlanmaydi. E’tiborli bo‘laman, desam, javobi hammasidan oshib tushdi. Ikki 
soatcha javradiyu, tag‘in nima deydi deng: 
— Yaxshiyam bugun birovga ozor berilmaydigan muborak kun. Yo‘qsa ko‘nglingizni xufton 
qilardim. Shukr eting. Yana bir bor shunday ish tutadigan bo‘lsangiz, o‘zingizdan ko‘ring. Qozonning 
qopqog‘ini shunday eringizni oldida ochaman!...


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling