Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
qahva ichsa bo‘ladi. Piyolani bo‘shatar ekan ko‘nglida bir savol tug‘ildi.
— Daftarga yozilgan savobning bu yetimlarga qanday aloqasi bor? Bu savob ularning qornini 
to‘yg‘izadimi yo xursand qiladimi? Yo‘qsa ustiga bir kiyim kiydiradimi? Bechora Yusuf, sen nomayi 
a’molingga yozilgan savobda darhol xursand bo‘lding. Yetimlar-chi? Ularning ko‘z yoshlari tinadimi?
Ha, masala g‘oyat muhim. Mabodo bu faqat o‘ziga aloqador bo‘lsa ish osongina ko‘char edi. 
Afsuski, bunday emas. Yusuf afandi o‘zining shirin o‘ylaridan o‘zi uyalib ketdi. «Ey, xudoyim, menga 
to‘g‘ri o‘ylashni to‘g‘ri yo‘ldan yurishni nasib etgin». Bu orada xotini kirib keldi. Hozirgina xayolidan 
o‘tgan fikrlarni so‘zladi, xotini boshini qimirlatib, uning gaplarini tasdiqladi: 
— Afandi ko‘p o‘ylanmang, yetimlarning onasi bor, muammo hal bo‘ladi. Mana mening uchta 
ko‘ylagim bor, bittasini beraylik. Inshaalloh, xursand bo‘ladi. Ehtimol o‘zi kiyar yoki bolalariga kiyim 
qilib berar.
Oradan jinday fursat o‘tib xotini ichkaridan yangi bir ko‘ylak bilan ro‘mol olib chiqdi. Yaxshilab 
o‘rab erining qo‘liga berdi. Shu payt muazzin xufton namoziga azon aytdi. Yusuf afandi: «Yo, Alloh» 
deb o‘rnidan turdi. Jome’da namozini ado etgach, xotini bergan tugunchani olib, tim qorong‘u 
ko‘chaga oydin niyat bilan chiqdi.
* * * 
Tong g‘ira-shira yorishgan damlar... Harobroq uyning kichik bog‘i o‘z bag‘rida uy bekasi uchun 
kutilmagan sovg‘a saqlardi. Tong namoziga uyg‘ongan uy bekasining lablari bir muddat qimirlab turdi. 
So‘ng ko‘zlari otasiz uxlashga endi-endi ko‘nikayotgan uch go‘dagiga tushdi. Ezildi. Jimgina yotoqdan 
chiqdi. Farzandlariga rizq so‘rab, ularni parishon qilmaslikni tilab Allohga duolar qildi. Ko‘zlarida 
paydo bo‘lgan ikki tomchi yoshni sidirib hovliga chiqdi. Yuzlariga urilgan sarin shamol uyqusini 
haydadi. Duolar qilib, tahorat olgach, o‘rnidan yurarkan devor tubidagi qoraygan narsaga ko‘zi tushdi. 
Nima ekan u? Qarasa bog‘langan tuguncha. Ochib ko‘rdi. Yangi, pokiza ko‘ylak, bitta ro‘mol. Bir zum 
nima qilishini bilmay qoldi. Kim qo‘ydi ekan? Olsammi, yo‘qmi? So‘ng bildirmay yaxshilik 
qiluvchilarning ishi deya olib ichkariga kirdi. Namoz o‘qidi. Qur’oni karimni ochdi. Eri o‘lganidan 
beri har tong «Yosin» o‘qishni odat qilgan edi. Uning ruhi o‘qigan o‘qigan Qur’on savobi bilan huzur 
topishini o‘ylab, tilovatga kirishdi. Qaysi biri oldin o‘lsa, tirik qolgani o‘lgunicha unga bag‘ishlab 
Qur’on o‘qishni, unutmasdan duolar qilishni eri bilan ahdlashishgan edi. Bu o‘sha va’daga vafo edi. 
O‘qidi. Qur’oni karimni yopdi. O‘pib ko‘zlariga surdi. Kelin bo‘lib tushganida tikkan jildning ichiga 
soldi va joyiga ildi...
Ertalab soat sakkizlarda eshik taqqiladi. Usmon og‘aning xotini kelgan edi. Kenja o‘g‘lini o‘zlariga 
olish taklifi...
Ona yuragini ta’riflab bo‘lmas darajada qattiq iztiroblar to‘ldirgan edi. Bir baxona bilan tashqariga 
chiqdi. O‘g‘lini bag‘riga bosdi. Hidladi, o‘pdi, takror quchdi. Bir yoqda ko‘z yoshlarini artar, bir 
tarafdan: 
— Go‘dagim, bolam, yetim farzandim, — deya sekin ingrar, bola esa nimalar bo‘layotganini 
anglamasdi.
— Ona, yig‘lamnag, yig‘lamang ona, — deya boshladi. Ovozidagi titroqdan uning ham yig‘lab 
yuborishini anglagan ona, o‘zini tutdi, bolasini ezilishini xohlamadi. Dardini ichiga yutib, ko‘zlarini 
artdi va ichkariga kirdi. Nima deb boshlashni bilmasdi: 
— Bolamni olib ketishga keldingizmi? — demoqchi edi, aytolmadi. So‘zni mehmon xonimdan 
kutdi. Usmon og‘aning xotini yengilgina yo‘talib: 
— Qizim, bugun bolani olib ketmoqchi edim, — dedi. Shu mahal onaning yuragi dahshatli 
darajada ura boshladi. O‘rtanishi yuzida zuhur etdi.
— Biroq, og‘angiz kechasi kelib, fikridan qaytganini aytdi. «Balki yetim haqqiga yetarlicha rioya 
qilolmasmiz», dedi. «Savob olaman deya gunohga qolmaylik, qizimga ayt xafa bo‘lmasin», dedi.


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling