Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
urug‘larini isnodga qoldirsa-chi? Dinga, iymonga, hamiyyatga dushman dog‘ bo‘lsa amallarini 
anglamasa ne qilardingiz? Hayvonlardek maqsadsiz tilsiz jonivorlardek beparvo yurish bular tabiatiga 
noloyiqdir. Menimcha bular ba’zi bezori yoshlarga aralashmadan to‘g‘ri yo‘l tutmoqdalar. Oramizda 
bularday azamatlarning ko‘paygani yaxshi-da! 
Usmon og‘a uning gaplarini tasdiqladi: 
— Juda o‘rinli zarur gapni aytdingiz. Shularga o‘xshash odobli o‘g‘lim edi, yana Allohdan nima 
istardim? Qonlari qaynagan kuch qavvatlari to‘lib toshgan bir paytda quchoq ochib turgan munkirga 
berilmasdan, ibodatida etsa, otasi bobosi, tengdoshlarining jiddiyatiga erishsa, koshki zamonaviy 
yoshlarimiz shularday hech bo‘lmasa, shularning yarmicha bo‘lsa?
Usmon og‘a so‘zini tugatarkan achinib, afsuslanganday boshini chayqab qo‘ydi-da, Yusuf afandiga 
qaradi: 
— Afandim, siz har holda bir yaxshilikni niyat qildingiz.
So‘ng choy tashuvchiga sal ovozini ko‘tarib: 
— Bolam..., — dedi va qo‘li bilan bu yoqqa kel deb imladi.
— Sen bizga uchta qahva keltir, hov anavi ikki azamatga ikkita choy olib bor. Bizdan ekanini 
aytma.
* * * 
Yusuf afandining uyi. Kechki taom payti... Uy bekasi nazarida Yusuf afandi biroz ma’yusdek 
ko‘rindi.
— Afandi, bugun biroz xafa ko‘rinasiz? Biron narsadan xafamisiz?
— Ha, xonim, bugun biroz xafa bo‘ldim.
— Bir gap bo‘ldimi? Yaxshilikka bo‘lsin ishqilib.
— Bo‘ldi. Do‘stlarimizdan Usmon og‘a bor-u, shu kishi bir yetimni asramoqchi...
— Hafa bo‘lganingizga qarang. Buni nimasiga qayg‘urasiz?
— Sen shoshilma xonim. Men ham bir yetimga yordam berilayotgani uchun xafa bo‘lyapman 
demadim-u. Oladigan yetimi uch aka-ukaning biri ekan. Otalari yaqinda vafot etibdi. Usmon og‘a 
birini olmoqchi, boshqa ikkisi shunday qolar ekan. Hammasi onasining bag‘rida bo‘lsin, siz 
tashqaridan yordam bering, dedim. Qabul qildi. Mahmud og‘a ham unga yordam bermoqchi. Faqat bu 
yaxshilikka men ham qo‘shilayin, bu savobga men ham sherik bo‘layin deyolmadim. O‘yladim, 
o‘zimiz tirnog‘imizning kirini so‘rib o‘tirgan bo‘lsak, ularga qanday qilib yordam beramiz
xayronman? Sharoitmiz bemalol bo‘lsa, biz ham yetimni boshini silab, ko‘nglini olsak xursand qilsak, 
xonim.
Xonim unga tasalli berdi: 
— Afandi, siz ham bir yaxshilik qilgansiz. Biri sevinib, boshqalari boshini egib qolishining oldini 
olgansiz. Yaxshilik o‘rniga, yaxshilik qiluvchilarni to‘suvchilardan bo‘lganingizda dodimizni kimga 
aytardik! Xudo saqlasin. To‘g‘ri, qo‘limiz uzun bo‘lsa qani edi, biz ham bu ishga qo‘shilsak... Ko‘ngil 
istaydi, ammo nachora. Bobom aytardi, bir xayrli ishni bajarmoq istab, imkoni bo‘lmasa, shu niyati 
uchun ham savob olarkan. Endi duo qilaylik, Alloh ishimizni o‘nglasin, niyatlarimizning ro‘yobga 
chiqishiga madadkor bo‘lsin.
Yusuf afandi bu so‘zlardan mamnun bo‘ldi. Imkoni bo‘lsa, Usmon va Mahmud og‘alarga sheriklik 
qilardi. Ayni paytda yaxshilik etgani kabi savobga sazovar bo‘lish tushunchasi uni sevintirdi. Yaqinda 
imom aytgan gapni yaxshilab eslashga harakat qildi: «Agar biror kishi daryo sohiliga yo‘lovchilar dam 
olganda otlarini bog‘lab qo‘yish uchun bir qoziq qoqib qo‘ysa, Alloh taolo shu sababli unga savob 
beradi. Undan keyin yana bir kishi kelib odamlar surinib yiqilmasinlar deya shu qoziqni sug‘urib 
tashlasa, unga ham xuddi shunday savob beriladi. Niyatning ahamiyati muhimdir».
Xotini bir piyola qahva keltirgunicha shularni o‘ylab quvondi, ko‘ngli taskin topdi. Endi bemalol 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling