Saylanma.
Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
53
Qiyos topilgaydir o‘tgan umrga:
Oltinga aylangan yaxshilar xoki,
7
Bir dono bazmining guvohi bo‘ldim,
Shodumon davrada o‘ynadim, kuldim.
Bazmining boisin so‘rasam, dedi:
- Bugun men nodondan qochib qutuldi
8
Azaliy
haq gapni yashirmoq nechun
Zavol yo‘q eng asl iste’dod uchun.
Agarda koinot tegirmon bo‘lib,
Olamni yanchsa ham, qolgay u butun.
9
Eski alifboni dilga qilsang jo,
Mana bu hikmatni unutma aslo:
Egri niyatiyu yuvuqsiz qo‘lni
Sira yoqtirmaydi o‘sha alifbo.
10
Xalqim
deb yugurar hovuchlab jonin,
Xalqiga bag‘ishlar shuhratin-shonin.
Lekin shu chopishda keta-ketguncha,
Tozalab boradi xalqning hamyonin.
1988
ENG QULAY JAVOB
- Bilaman,
dunyoning bor baland-pasti,
Bularsiz yuksalish bo‘lmagay asti.
Lekin, ey faylasuf, menga javob ber,
Nechun yaxshilikning qisqadir dasti.
Xayoling behuda gap bilan banddir.
Eng oddiy jumboq ham senga kamanddir.
Mayli, qulog‘ingga aytay,
ey shoir,
Chunki yomonlikning qo‘li balanddir.
1988
Do'stlaringiz bilan baham: