Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- GURUHBOZ Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com
XATOLARING KERAK ULARGA
Shundaylar bor, senga lutf aylab, Do‘stman, deya qo‘lin tutarlar. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 45 Lekin har zum qadaming poylab, Xato qilishingni kutarlar. Xato qilsang, ularga bayram, Yo‘qsa, zahru zaqqum yutarlar. Mayli, jindek, zarra bo‘lsa ham, Xato qilishingni kutarlar. Xatolaring kerak ularga, Shox-novdangni darhol butarlar. Tag‘in kunni ulab tunlarga, Xato qilishingni kutarlar. Axtarurlar hamisha illat, Yetti pushting go‘rin titarlar. Faqat unma, ulg‘ayma faqat, Xato qilishingni kutarlar. Ular senga bir umr yo‘ldosh, Sodiq hamroh kabi o‘tarlar. Qabring uzra egsalar ham bosh, Xato qilishingni kutarlar. 1987 SOBITLIK O’chib borayotir qanchalar kalom, Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom Dunyoda faqat bir sobit suxan bor: U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom. 1987 KO’RDIM Soddadil odamni juda kam ko‘rdim, Borin ham shikasta, ko‘zin nam ko‘rdim Dunyoda firibgar ko‘p ekan, lekin, Ularning barchasin shod-xurram ko‘rdi 1987 EL QO’LLASA El qo‘llasa, azizim, omon bo‘lsak, aja Qo‘llamasa - rang-ro‘yi somon bo‘lsak, Elni bizdan qizg‘anib so‘z aytguvchi zo Ular uchun bir umr yomon bo‘lsak, ajabm 1987 GURUHBOZ Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 46 Bitta o‘zi pashshani ham yiqolmaydi, U joyga ham bitta o‘zi chiqolmaydi. Qayga borsa atrofiga sherik to‘plar, Yo‘qolsa ham bitta o‘zi yo‘qolmaydi... 1987 * * * Yiroq bo‘l hasratdan, mungdan, ko‘zyoshdan, Sha’ningga otilgan ta’nadan, toshdan. Mag‘rur tursang agar, mag‘rur degaylar, Mutelik izlarlar fe’li yovvoshdan. Yupanch topoldingmi, dunyoga kelib, Ustoz yo shogirddan yoki tengdoshdan. Qashqir to‘dasida qolgan bir otsan, Tuyog‘ing sinmasa basdir, bardoshdan. Faqat muhabbatga topingil, ey qalb, Sen mehr ko‘rgaysan o‘shal quyoshdan. Axir bobolar ham demishlar qadim: Muhabbat yaratgan dunyoni boshdan. 1987 * * * Bahor kelayotir, Toza, musaffo. Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol. Daralar qo‘ynida zangor bir havo, Tumanli shahr ichra yotmoqlik malol. Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u Oniy umri bilan sollanar chechak. Bahor - eng pokiza shabbodadir bu, Bahor - eng toza bir shamoldir demak. Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni, Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim. Go‘dak nafasidek yupatar yuzni Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim. Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob, Mayli o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin. Azizim, umringda havo bo‘lsin sof, Umring shamollari muattar bo‘lsin... 1987 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling