Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- INSON HURMATI
- OYBEK HAQIDA QO’SHIQ
- AHMAD ZOIRNI TINGLAB...
SIZNI UCHRATGUNCHA
Qay fursat men sizni ko‘rdim banogoh Endi zarra hijron dilimni g‘ashlar. Buncha yarashmasa o‘zingizga, oh, Munis tabassumu ma’yus qarashlar. Hech kimni hayratga solmas hech qachon Mening yoningizda yo‘g‘im yo borim. Yo falak, shuncha yil kezibman sarson Sizni uchratguncha, erka dilbarim... 1986 INSON HURMATI Soqoli ko‘ksiga tushsa ham garchand, Inson atalmagay masalan, serka. Odamlik hurmati shunchalar baland, Uni uraberma har nafas yerga. Buguncha emaklab yurgan shu jujuq, Ertan kashf etadi balki dunyolar. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 40 Tiriklik sen bilan barham topmas, yo’q Hamisha oqadi oqqan daryolar. Itqit jaholatni, aqlga yuz tut, Bunchalar e’tiqod qo‘yma jabrga. Bir kuni ko‘z yumsang, seni ham el-yur Boshida ko‘tarib eltar qabrga. 1986 OYBEK HAQIDA QO’SHIQ Qalbi pok mardona elning, Sen aziz farzandisan. Ganju mulkka bergisiz el, Gavhari, dilbandisan. Har kalimang ma’rifatning Ufqida oydek to‘lib, El aro topding sharaf sen, Ustoz Oybek bo‘lib. Shan hayoting odamiylik Xayru soflikdan nishon, Chaqnadi she’ringda nurli E’tiqod birlan imon. Goh Navoiy suhbatingda, Goh Torobiy, Yo‘lchi goh, Sen sevikli davrim o‘g‘li Begumon, beishtiboh. Xizmatingdan, hikmatingdan Elu yurt mangu rizo, O’chmagay, noming asrlar So‘ngidan bergay sado. 1986 AHMAD ZOIRNI TINGLAB... Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz So‘zlayin ezgulik, shafqat otidan. To barpo bo‘libdi ko‘hna bu jahon, Karvonlar oh chekar yovlar zotidan. Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz Ona Sharq sehri bor jihozlaringda. Senda yig‘lab borar Sa’diy navjuvon Rudakiy mehri bor bayozlaringda. Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz Chashmi zilol bo‘lib dardingni olay. Yo bir yaproq misol bo‘lay soyabon, So‘ngra xazon yanglig‘ yo‘lingda qolay. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 41 Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz Umidli bu jahon g‘amga bo‘lmas g‘arq. Izingdan termulib qolmay to nolon, Qumliklar bag‘rida g‘oyib bo‘lma, Sharq. 1987 ISM HAQIDA Xayolimga kelar goh g‘alat bir gap, Har uni el aro so‘ylab yurmasman. Bilmadim ne bois, bilmam ne sabab, Ismimni birovga ravo ko‘rmasman. Ulug‘ otdoshlarim maqomi yuksak, Men shogird erurman garchand alarga. Har nechuk, bir gapni aytmog‘im kerak: Oson bo‘lmagan hech Abdullalarga. 1987 HAZIL Ellikda odamlar qirol bo‘lishgan, Qirol bo‘lmaganlar qarol bo‘lishgan. Aravakash bo‘lgan uquvsizlari, Shu yoshda boyigan zargarning bari. Shoirlar shu yoshda dovrug‘ qozongan, Yonsa - so‘nggi muhlat - oshiq ham yongan, Oh, do‘stim, bizlar-chi, nimani ko‘rdik, Ellikka shunchaki lallayib kirdik. 1987 UQTIRISH Unga uqtirdilar, Oqni qora, deb, Chunki bir qorani, Oqlash lozim edi. Unga uqtirdilar Toqni bu - juft, deb, Chunki bitta juftni Toqlash lozim edi. Unga uqtirdilar Qing‘ir to‘g‘ri, deb, Chunki bir qing‘irni Yoqlash lozim edi. 1987 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling