Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
54
Hozir mehr bulog‘i tindi,
Bu holni ham irimga yo‘ying.
Qizlaringiz tug‘ilsa endi,
Nomlarini Mehrixon qo‘ying.
1988
TOQAT
Bozordan tutoqib qaytar uyga chol,
Go‘sht qayda? Yog‘ qani? Va’da so‘zdami?
Kampiri xo‘rsinib yupatar darhol:
- O’kinmang, taqchillik faqat bizdami?
Yonboshlab
gazeta varaqlaydi chol,
To‘polon chiqibdi zavod, Vuzdami.
Kampiri yupatar surgancha xayol:
- O’ylamang, janjal ham faqat bizdami?
Oqshom televizor ko‘rayotib chol
Birdan sapchib tushar. Esi o‘zdami?
- Davlatga tosh otdi kimdir bemalol
Kampiri yupatar: faqat bizdami?!
Toqatim toq bo‘ldi,
deydi endi chol,
Toqat yurakdami? Toqat ko‘zdami?
Kampiri yer chizib shivirlar behol:
Chidang-da, toqat ham faqat bizdami?!
1988
GO’ZALLIKNI YO’QLASH
Yuzlaringda ajin, sochlaringda oq,
Yelkangdan yuk bo‘lib bosibdi yillar.
Quralay ko‘zlarda tubsiz bir charchoq,
Bekor gap, kim desa: yoshdir ko‘ngillar.
Bir vaqtlar
nomingni eshitgan zahot
Yonardik o‘t ketgan kabi to‘qayga.
O, hissiz tabiat, shafqatsiz hayot,
Shunday go‘zallikni bekitding qayga?
1988
TASKIN
Atir
hidi bilan borma mozorga,
Bormagin u tomon kiyinib bashang.
Alam qilar yotgan har bir xoksorga,
Ularning xo‘rligi oshadi, bilsang.
Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Axir ko‘ngillari
ularning yarim,
Axir, aslo o‘lmas hayot degan o‘y.
Degil:. Havas qilmang, birodarlarim
Bir
kun yoningizga kelurman, deb qo‘y.
1988
BU YO’LLAR
Bu yo‘llar xayoldek bilmas intiho,
Shoshilar o‘zining manzilotiga.
Bu yo‘llar eltadi na Makka, na yo
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga.
Bu yo‘llar
dunyoni tinmay aylanib,
Intilar sirli bir ko‘ngil qulfiga.
Axiyri tasmadek qolar boylanib
Seningdek go‘zalning qora zulfiga.
1988
Do'stlaringiz bilan baham: