Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’G‘LIM ILHOMJONGA
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 BAXTLI ODAM Tashvishga chulg‘anib qoldi bu yurak, Tashvishlar ko‘paydi haddan ziyoda. Beshigida yotgan go‘dakdan bo‘lak, Tugal baxtli odam yo‘qdir dunyoda. 1987 MARD BO’LSANG Qadimdan bir gapni uqdirar hayot: Mard bo‘lsang, o‘z to‘g‘ri yo‘lingdan qolma. O’ladigan bo‘lsang o‘z go‘ringda yot, Birovning mozorin egallab olma. 1987 TAASSUROT Tabiat kimga ko‘p yo oz beribdi, Kimgadir xalacho‘p yo soz beribdi, Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga Tengi yo‘q shohona ovoz beribdi. 1987 * * * Har gal ayyomlarni aylarman tavob Garchand biri moddiy, o‘zgasi sarob Sho‘rlik ona zamin birlikka zor-ku Unga talpinish ham, demak, zo‘r savob. 1987 * * * Oqshomdan boshlangay odatda tonglar Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar Boshing egma sira, xoksor banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. 1987 * * * May asli pokdomon dilga arzirlik, Zahmatkash, mehnatkash elga arzirlik Bayram-ku, har kuni kelavermaydi. Lekin zavqi qolar yilga arzirlik! 1987 UMR Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 50 Inson tug‘iladi asli belibos, Bir parcha et bo‘lib kelar jahonga, Libosu hashamdan bo‘lgay u xalos, Ketar chog‘ida ham so‘nggi makonga. Lekin o‘rtadagi umr-chi, umr... O’chmas tamg‘a bo‘lib qolgay to abad. Balki yog‘ar unga rahmat degan nur, Balki ko‘mar uni malomat, nafrat. 1988 O’G‘LIM ILHOMJONGA Umr o‘tayotir, Hushyor bo‘l, bolam, Endi qaqshayotir otang asabi. Malol kelayotir hatto baytlar ham Omoch tortayotgan qo‘sh ho‘kiz kabi. Tashqarida sekin qoraymoqda kuz, Barglarni zil havo kelmoqda bosib Tomay-tomay degan tomchiday yulduz Mening ruhiyamga g‘oyat munosib. Nimani ko‘rdim men yorug‘ dunyoda, Nahot shuncha og‘ir tiriklik ishi. Dardim yetmaganday, undan ziyoda Jajji opalaring cheksiz tashvishi Yolg‘izlik, nadomat, og‘riq, xusumat Umr yo‘llarimni burjga tiqdilar. Taqirda o‘stirgan edim bir daraxt Mevamni terdilar, so‘ngra yiqdilar Charchoq yengayotir, unutma bolam, Ehtiyot boq endi o‘ngu hushimga. Orom olsam agar, niyat qil har dam Yorug‘ kunlar kirsin mening tushimga. 1988 MALAK Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni, Nechun xayolimni aylading sarson. Endi men bilmasman borar yerimni, Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon. Seni ko‘rgandayman tushimda faqat, Uchib o‘tgandaysan misoli yulduz. Samoviy mo‘’jiza, ilohiy tal’at, Tengi yo‘q bir malak, qoshlari qunduz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling