Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


Download 281.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/84
Sana14.07.2023
Hajmi281.28 Kb.
#1660215
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
Bog'liq
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

KO’ZGU PARCHALARI 
Ko‘zgu parchalari yo‘lakda yotar, 
Unsiz sharpalari ruhimga botar. 
Yuzlarim aks etar bir parchasida
Ko‘zlarim aks etar bir parchasida. 
Birida osmon aks etsa agar, 
Birida qushlarning raqsi jilvagar. 
Olamning yaxlit bir suvratin ammo, 
Namoyon etolmas bu ko‘zgu aslo. 
Xilqat uning uchun but bo‘lmas mangu, 
Axir, parcha-parcha singan ko‘zgu bu. 
Meni ma’zur tutgin, muhtaram Inson
Suvrating chizolmay turibman hayron. 
Bir kun fazilating olsam qalamga, 
Bir kun qabihliging yoygum olamga. 
Bir kun ko‘z yoshlaring qog‘ozimdadir, 
Bir kun zaharxandang ovozimdadir. 
Bir kun o‘tmishingdan faryod solurman, 
Bir kun iqbolingdan o‘yga tolurman. 
Sening bo‘y-bastingni ko‘rsatmoq uchun, 
Ko‘zgu kerak axir yaxlit va butun. 
Shoir yuragi-chi, olamda yakkash 
O’sha chil-chil singan ko‘zguga o‘xshash. 
1985 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
MENGA HAYOTNI BER 
Sen mening dardimga qilibsan havas, 
Havasing kelibdi shifoxonamga. 
Demishsan: - Yor unga omad har nafas, 
Ayricha iltifot bor bu odamga.... 
Sen-ku, yovqur Inson, sog‘ va salomat, 
Tog‘larni yiqadi purkkan nafasing. 
Bilmadim, yuz bermish qanday adovat, 
Zaqqum dorularga kelmish havasing. 
Menga odam fe’li ayondir bir oz
Oshnoman men uning ginalariga. 
Ajabo, bor ekan sendek ishqiboz, 
Doktorning tig‘iyu ninalariga. 
Ruhimda osoyish, dilimda charog‘, 
Shifokor ahliga o‘qurman tahsin. 
Lekin xitob aylay senga ushbu chog‘: 
Olgin, dardlarimning olgin barchasin! 
Oydin palatalar sengadir tortiq, 
Shiftga boqqaningcha qomating kergil. 
Menga bu hashamlar kerakmas ortiq
Menga o‘z kulbai xonamni bergil. 
Jarroh nashtari ham sengadir nisor, 
Senga, tabobatning jami malhami. 
Menga-chi, bir umr baxsh etsin mador, 
Munis do‘stlarimning mehr olami. 
Darddan arimasin vujuding hech bir
Yo‘ldosh niyatingga yetishgin shitob. 
Menga mashaqqatli tiriklikni ber, 
Menga bo‘la qolsin mangu shu azob. 
Shoir yashamaydi aslo bealam 
Va biron kimsaga istamas balo. 
Lekin o‘zgalarning kulfatiga ham
Hasad qilganlarga shu tilak ravo... 
1985 

Download 281.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling