Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- DIL OG‘RIG‘I
www.ziyouz.com kutubxonasi
100 Bobolar kechmishin hargiz faromush aylamang, do‘stlar, Haqiqat tongi otganda ani tush aylamang, do‘stlar, Agar kim e’tiqodsizdur, ani xush aylamang, do‘stlar, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas. Diyorim O’zbekistondur, ki andin iftixorim bor, Demakkim, hur adolatlig‘, davlati barqarorim bor, Onamdek mehribon, munis Vatan bor, g‘amguzorim bor, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas. Vatan, sen hur, yo‘ling shonli, qadamni tashlagin shaxdam, Faxr-la boqg‘ay Abdullo, ko‘zida shodligidan nam Panohingni tilab Haqdin dilida iltijo har dam, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas. 1994 BUYUKLIK Osmonu falakda mo’jaz yulduz - tosh Mindi o‘z tabiiy tayyorasiga. Rosa bo‘shliqlarda daydigach bebosh, Urildi Mushtariy sayyorasiga. Mushtariy degani oftob misoli Fazo karvonida muhtasham nordir. Ne kechdi u sho‘rlik yulduzning holi, Vazni tog‘ qoshida zig‘ircha bordir. Buyuklik qudratin sezmay yo sezib, O’zi izlab topmish so‘nggi marrani. Mushtariy samoda milyard yil kezib, Axir axtarmagan o‘sha zarrani. Taajjub qilaman, buyuklik asli, Tanlagan yo‘lidan burilmas ekan. Zarra buyuklikka urilgay, ammo, Buyuklik zarraga urilmas ekan. 1994 DIL OG‘RIG‘I Qo‘l og‘rig‘i bosilsa Dil og‘rig‘i boshlanar. Olis xotiralardan Ko‘ngil tag‘in g‘ashlanar. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 101 Sokin o‘tgan bir damni, Eslolmayman, yo Rabbim. Taqdir qo‘lida yoydek Egilib borar qaddim. Yaxshi bilan yomonni Yetolmayin farqiga, Faqat yo‘l izlab o‘tdim, Muhabbatning arkiga. Bir qarasam, paykondek Umr uchib ketmishdir. Bilmadim, u chaqin - o‘q Qay manzilga yetmishdir. Qaydadir intilganim . Muhabbatim qayonda, Balki men bu yonda-yu, Qalbim esa u yonda. Inson umri shul ekan . Yo‘li to‘la nadomat. Gar vaslingga yetkazsa Kela qolgil, qiyomat. Hayotimning ma’nosin Bir nafasga qaytib ber. Mayli, so‘ngra barchasin Doston qilib aytib ber. Mushkul ekan bu qadar Ezgulikka yetishmoq. Hayot-ku, bir chistondir, Muhabbat ham topishmoq. Qo‘l og‘rig‘i bosilsa Dil og‘rig‘i boshlanar. Olis xotiralardan Ko‘ngil tag‘in g‘ashlanar. 1994 VIJDON Jahon shoirlari vijdon haqida Azaldan ming-minglab baytlar yozmishlar. Vijdon-ku, aslida sobit aqida, Kimlardir bu yo‘ldan goho ozmishlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling